Reja: Sharqda notiqlik san'ati
Download 0.79 Mb.
|
Sharq olimlari nutqi madaniyati va notiqlik togrisida
Reja:1. Sharqda notiqlik san'ati2. Sharqda voizlar oldidagi talablar3. Sharqning mashhur notiqlari. taniqli voizlar: Koshifiy, Mehnagiy, Kaykovus, Riyoziy hayoti va faoliyati.4. Navoiyninh notiqlik va nutq madaniyatiga oid asarlari, fikrlariO`zbek tiliga davlat maqomi berilgandan so`ng nutq madaniyatiga bo`lgan e`tibor yanada kuchaydi. Bugungi kun tilshunosligining eng dolzarb masalalaridan biri ham nutq madaniyati asoslari fanini yuksak pog’onaga ko`tarish, uni rivojlantirishdir. Amaliy jihatdan bu fan nutqning xilma-xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan sifatida to`g’ri va chiroyli nutq tuzish yo`llarini o`rgatadi. Shuningdek, chiroyli nutq tuzish qonuniyatlari, sirlari, til, til normalari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo`lgan kamchiliklar va xatolar, nutqiy asarlarning ko`rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi.
Alisher Navoiy ham til kishilarning o`zaro aloqa vositasi, u insonni hayvondan ajratuvchi asosiy belgilardan biri deb ta`riflaydi. O`zbekiston istiqlolining eng buyuk ne`matlaridan biri sifatida ham til mustaqilligini ko`rsatish mumkin. Zero, til mustaqilligisiz erkin va ozod davlatning o`zini ham tasavvur etish mumkin emas. Shu ma`noda tilimiz jozibasi, uning inson hayotida tutgan o`rni beqiyos, muomala madaniyati nutq odobi haqida bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishni ko’zda tutadi. Nutq madaniyati inson umummadaniyatining bir qismidir. Kishi o`z nutqi, fikrlashi orqali qobiliyatini, dunyoqarashini, atrofidagi voqea-hodisalarga bo`lgan o`z munosabatini nomoyon qiladi. Nutq madaniyatini egallash tilning uslubiy (stilistik) me`yorlarini puxta bilish bilan bog’liq Nutq madaniyati- bu fikrlarni til-vositalari bilan to`g’ri, aniq va ta`sirchan qilib bera olishdir. Keng ma`noda esa nutq madaniyati nutqiy ta`sirchanlikni, ijodiy yorqinlikni, o`tkirlik va ifodalilikni bildiradi. Nutq madaniyati tushunchasi ikki xildir. Nutqning adabiy til me`yorlariga mos kelishi darajasi. Tilshunoslik fanining bir bo`limi, ya`ni adabiy tilni yanada takomillashtirish, me`yorlash bilan shug’ullanuvchi soha. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling