Reja: Shlyuzlarda boyitish


Shlyuzlarning texnologik parametrlari va ishlash tartibi


Download 26.07 Kb.
bet2/2
Sana18.02.2023
Hajmi26.07 Kb.
#1213008
1   2
Bog'liq
Reja

Shlyuzlarning texnologik parametrlari va ishlash tartibi
Shlyuzlarning asosiy texnologik parametrlari: qattiq zarralaming
bo'tanadagi miqdori (zichligi), oqimining chuqurligi, shlyuzning qiyalik
burchagi, shlyuz tubining turi, shlyuzning kengligi. Ular boyitilayotgan
mahsulotning xossalariga qarab tanlanadi.
Bu param etrlar ishlab chiqarish unumdorligi, ajralish va boyitmaning
sifati kabi boyitish ko'rsatkichlami belgilaydi.
Chuqur to‘ldiriluvchi shlyuzlar qalinligi 40—50 mm li taxta (doska)
dan to‘g‘riburchakli kesimli qilib tayyorlangan tarnovchadan iborat.
Shlyuzlaming uzunligi 150—180 m, kengligi 0,9-1,8 m, chuqurligi
(balandligi) esa 0,75 dan - 0,9 m gacha boiadi. Shlyuzning qiyalik
burchagi 2-3°. Shlyuz tubiga trafaret to‘shaladi. Ko‘pincha, trafaretlar
orasida cho‘kuvchi mayda ogir minerallami ushlab qolish uchun butun
shlyuz tubi bo'ylab trafaret ostidan junli mato joylashtiriladi.
Mayda zarrali mahsulotni boyitish uchun sayoz toidiriluvchi
shlyuzlardan foydalaniladi. Bunday shlyuzlar tubiga kigiz, dag‘al tukli
movut, karderoy, velvet kabi qoplamalar to‘shaladi.
Shlyuzlaming solishtirma ishlab chiqarish quwati mahsulotning
yirikligi, boyitmaning chiqishi va junli qoplamaning turiga qarab 2 dan
30 t/m2 sutkani tashkil qiladi.
Shlyuzlarda boyitishga sarflanadigan suv keng chegarada o'zgaradi.
Mayda mahsulotni boyitishda va qiyalik burchagi katta boiganda
sarflanadigan suv miqdori har 1 m3 ruda uchun 3—10 m3. 200—300
mm yiriklikdagi rudani boyitishda suv sarfi keskin ortib ketadi. 1 m3
ruda uchun 100 m3 gacha suv sarflanadi.
Vintli separatorlarda boyitish xuddi shlyuzlarda boyitishdagidek
ketadi, lekin bu usulda boyitishda ogirlik kuchi bilan bir qatorda,
kattaligi ogirlik kuchidan bir necha barobar katta boigan markazdan
qochma kuch ham qoilaniladi.
Shuning uchun mineral zarralarning zichligiga qarab ajralishi
tezroq ketadi va apparatning oichamini sezilarli darajada kichraytirish
mumkin. Vintli separator vertikal yukka ega qo‘zg‘almas vintsimon
burama tarnovchadan iborat. Bunday apparatlar kamyob, nodir
metallar tub konlari va sochma konlari rudalarini hamda fosforitli,
xromitli rudalami boyitishda ishlatiladi.
ВоЧапа tarnovchaning yuqori qismiga beriladi. Tarnovcha bo‘ylab
harakatlanayotganda mineral zarralar suv oqimi, ishqalanish kuchi,
ogirlik kuchi va markazdan qochma kuchlaming ta’siriga uchraydi. Bu
kuchlaming birgalikdagi ta’siri natijasida mahsulot zichligiga qarab
taqsimlanadi: yengil minerallar tashqi yon devor tomon siljib,
spiralsimon trayektoriya bo‘ylab pastga siljiydi: og‘ ir zarralar esa shunday
trayektoriya bo‘yicha tarnovchaning tubi bo‘ylab harakatlanadi.
Separatorning yuqori o‘ramlaridan ajratuvchilar yordamida
boyitma, o‘rta o‘ramlardan oraliq mahsulot, chiqindi esa tamovchaning
oxiridagi quyi o‘ramlaridan chiqarib olinadi.
Vintli separatorlar ishiga quyidagi konstruktiv va texnologik
parametrlar ta’sir qiladi: vintsimon tamovchaning diametri va qadami,
o‘ramlar soni, tarnovcha ko‘ndalang kesimining yon tomonidan
ko‘rinishi (profil), ajratkichlar soni, ulami o‘matish joyi, mineral
zarralaming o'lchami va shakli, bo‘tanadagi qattiq zarralaming miqdori,
sarflanadigan suv miqdori va hokazo.
Separatorning diametri berilgan ishlab chiqarish unumdorligiga,
ajratiladigan minerallaming yirikligi va zichligiga bog'liq. Sanoatda
ishlatiladigan separatorlar tarnovchasining diametri 600 dan 1500
mm gacha bo'ladi.
Vintsimon tamovchaning qadami uni gorizontal tekislikka nisbatan
qiyalik burchagini belgilaydi. Boyitilayotgan mahsulot qancha mayda
bo‘lsa, tamovchaning nisbiy qadami shuncha kichik bo‘lishi kerak.
Odatda, u 0 ,4 -0 ,6 ga teng.

Tarnovchaning o‘ramlari soni boyitilayotgan mahsulotning fizik


xossalariga bogiiq va yirikligidagi farq kamayishi bilan ortib boradi.
Sanoat separatorlarida o‘ramlar soni 4—6 tani tashkil qiladi.
Ajratkichlar soni va ularni o'rnatish joyi har qaysi aniq hoi uchun
tajriba yoii bilan aniqlanadi. Odatda, tarnovchaning har qaysi o'rami
ajratkich bilan ta’minlanadi.
Oicham i 4 mm dan 0,25 mm gacha boigan mahsulot vintli
separatorlarda samarali boyitiladi. Bundan mayda zarralar yomonroq
boyitiladi. Dastlabki mahsulot tarkibida loy va mayin shlamlaming boiishi
vintli separatorlarda ajralishning keskin buzilishiga olib keladi.
Vintli separatorlarda boyitishda, agar ogir mineral zarralari yassi
plastinka, yengil mineral zarralari esa dumaloq shaklda boisa eng yaxshi
natijalarga erishiladi. Yassi plastinka shaklidagi zarralar siljishning
ishqalanish kuchlari ta’sirida tarnovchaning ichki yon devorida ushlanib
qolinib, boyitmaga ketadi, yengil minerallarning dumaloq shakldagi
zarralari esa tarnovning tashqi yon devori bo'ylab harakatlanadi va
chiqindiga ajraladi.
Vintli separatorlarga berilayotgan bo'tana tarkibidagi qattiq zarralarning massa miqdori 25—30 % da ushlab turiladi.
Ishlab chiqarish unumdorligi esa separatorning oicham i va boyitilayotgan rudaning xossasiga qarab 2 dan 30 t/soat.
Vintli separatorlar sodda tuzilishga ega, ularni ishlatish qulay, ularda
elektr energiya sarflanmaydi va kam joy egallaydi.
Oichami 4 mm dan 0,15 mm gacha boigan ogir minerallar (oltin,
ilmenit, kassiterit va hokazo) boyitilganda 97% ga qadar yuqori ajralishga
erishish mumkin. Biroq minerallarning oichami 4 mm dan ortsa yoki
0,15 mm dan kamaysa, vintli separatorlarda boyitish samarasi keskin
kamayadi.
Download 26.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling