Reja: Shovqin va uni inson organizmiga ta‘siri, manbalari
Download 64 Kb.
|
Shovqin haqida tushuncha shovqin manbalari inson organizmiga shovqinning tasiri.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar: fauna, flora, Detsibal, «magnit b o’ ronlari», LEP, sanzona
Shovqin haqida tushuncha shovqin manbalari inson organizmiga shovqinning tasiri. Reja: 1. Shovqin va uni inson organizmiga ta‘siri, manbalari. 2. Elektromagnit ifloslanishlar va uni insonga ta‘siri, manbalari. 3. Shovqin va elektromagnit ifloslanishlarning oldini olish. 4. Titrash, ultratovush va infratovushlardan himoyalanish. Tayanch iboralar: fauna, flora, Detsibal, «magnit bo’ronlari», LEP, sanzona. 1.Shovqin va uni inson organizmiga ta‘siri, manbalari. Zamonaviy tsivilizatsiyani shovqinsiz tasavvur qilish qiyin. Biz shu shovqin sharoitida ishlaymiz, yashaymiz va dam olamiz. Shovqin katta-katta shaharlarning murakkab muammolaridan biridir. U nafaqat insonga, fauna va floralarga ham ta‘sir qiladi. Allaqachon ma‘lum bўlgan doimiy shovqinlarning insonga zararli ta‘sir qilishi va xavfi mavjud bo’lib, u avvalo insonning eshitish organlarini izdan chiqaradi. Shovqinlarning xarakteriga qarab insonlarga turlicha ta‘sir qiladi, ba‘zilarning asab sistemasini izdan chiqarsa, ba‘zilarga ruhiy ta‘sir qiladi, qon bosimini oshirib yuboradi, ya‘ni xolesterin miqdorini o’zgartiradi, buyrak faoliyatini buzadi, oshqozon faoliyatini ham buzadi hamda oshqozon yaralarini hosil qilib kuchli og’riq paydo qiladi. Quyida Kanadalik olimlar tadqiqotining natijalarini jadvalda keltiramiz:
Frantsiya atrof-muhitni himoya qilish vazirligining 1982 yilgi ma‘lumotiga ko’ra ishlab chiqarishda shovqin o’sha yil uchun 11% ish joyida baxtsiz hodisaga, 20% odam asab kasalliklari tufayli kasalxonalarga yotqizilgan. Ma‘lumki shovqin A shkalasi bo’yicha detsiballarda (DB) ulchanadi. Insonning eshitish qobiliyati 17 Gertsdan (Gts) (infratovushlar) 20000 Gerts (ultratovushlar) gacha bo’lgan to’lqinlarni qabul qiladi. Bu tovushlar past yoki baland bo’lsa inson qabul qilmaydi. Inson uchun odatdagi normal tovushlar 50-2000 Gts hisoblanadi. Bundan past bo’lsa past tovushlar, baland bo’lsa shovqinli tovushlar hisoblanadi. Masalan, televizorning 70 DB tovushi kuchli tovush hisoblanadi; otboyny molotok (bolg’a) ning 120 DB tovushi juda kuchli; agar shovqin 130 DB ga yetsa og’riq beruvchi shovqin hisoblanadi. Undan ham balandi esa eshitish organlarini ishdan chiqaradi. Agar tovush 180 DB yetsa metalni yemira boshlaydi, 190 DB bo’lsa metall konstruktsiyalaridagi zaklyopkalar uchib keta boshlaydi. Boshqa kuzatishlar natijasiga ko’ra me‘yoridan oshiq (78-85 DB) shovqin bo’lsa ish unumdorligi 1% ga kamayar ekan. Mutaxassis olimlarning fikricha shovqin nafaqat insonga balki hayvon va o’simliklarga ham juda salbiy ta‘sir ko’rsatar ekan. O’simliklarning o’sishiga va hosiliga ta‘sir qiladi. Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling