Reja: Sirkul va chizg’ich yordamida yasashga doir masalalar haqida tushuncha va yasash postulatlari
Yasashga doir masalalar yechishdagi bosqichlar
Download 23.73 Kb.
|
Sirkul va chizg
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Isbotlash.
Yasashga doir masalalar yechishdagi bosqichlar
Odatda, yasashga doir masalalarni hal qilishda masala yechimini osonlashtirish va to’la yechimini ta’minlash maqsadida yuritiladigan muhokama quyidagi 4 ta bosqichdan iborat: 1. Analiz – tayyorgarlik va masalani o`rganish bosqichi; 2. Yasash – amaliy bosqichi; 3. Isbotlash – sinash bosqichi (yechimni asoslash); 4. Tekshirish – ijodiy bosqich. 1. Analiz. Bu masala yechishning dastlabki tayyorlov bosqichidir. Bu bosqichning asosiy vazifasi masalani yechilishi oldindan ma’lum bo’lgan masalalarga ajratish va masalaning yechilish tartibini aniqlashdan iborat. Bunda, masala yechildi deb faraz qilib, izlanayotgan figura masala talabiga mumkin qadar to’laroq javob beradigan qilib qo’lda taxminan chizib qo’yiladi. So’ngra kerakli geometrik faktlardan foydalanib, so’ralgan va berilgan figura orasidagi bog’lanishlar aniqlanadi va figuraning qaysi elementini qay tartibda yasash mumkinligini belgilanadi. Bunda berilgan va izlanayotgan figuralar orasidagi bog’lanishlarni topishni osonlashtirish maqsadida yordamchi figuradan foydalaniladi. Yordamchi figura shunday bo’lish kerakki, uni berilganlarga asosan yasash va undan izlanayotgan figuraga to’ldirish mumkin bo’lsin. Shu asnoda qo’shimcha figurani va izlanayotgan figurani yasash rejasi tuziladi.Bu ketma – ket yasash jarayoni. 2. Yasash. Masalada so’ralgan figurani yasash uchun kerak bo’lgan asosiy yasashlar P1 P5 postulatlarni hisobga olib ketma-ketligi analiz bosqichida tuzilgan reja asosida, qadam va qadam chizg’ich va sirkul yordamida figura yasaladi. 3. Isbotlash. Bunda yasalgan figura masalada izlangan figura ekanligi isbot qilinadi, ya’ni uni masalada berilgan barcha shartlarga javob berishi isbotlanadi. Isbotlash bosqichida yasashda bajarilgan amallarga va geometriyaning tegishli teoremalariga asoslanadi. Ko`pgina hollarda isbotlash yasash jarayonidan kelib chiqadi. Download 23.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling