Reja: Sirt aktiv moddalarning sinflanishi va umumiy tavsifi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana08.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1177596
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-ma\'ruza 9-20

Ko‘piklar. Bular yuqori konsentrlangan geterogen sistema bo‘lib, dispers 
faza gaz pufakchalaridan iborat, dispersion muhit esa pufakchalar orasida yupqa 
pardani hosil qiladi. Ko‘pikning bo‘nday strukturasi uni yuqori konsentrlangan 
emulsiyalarga yaqinlashtiradi. Biroq, o‘xshashligiga qaramasdan ko‘piklar 
suspenziyalarga nisbatan ancha beqarordir. Gaz–suyuqlik chegarasida sirt 
taranglik kerakli darajada kamaymaydi, yupqa parda katta sirt energiyasiga ega 
bo‘ladi.
Ko‘pik hosil qiluvchilar sifatida turli sirt aktiv moddalar, jumladan, sovunlar, 
yog‘ kislotalari, spirtlar va boshqalar qo‘llaniladi. Ko‘pik hosil qiluvchilar ikki 
turga bo‘linadi: 1) birinchi turdagi – i quyi spirtlar va kislotalar, ular eritma 
hajmida va adsorbsion qavatda molekulyar holatda bo‘ladi. Bunday SAM 
saqlovchi ko‘pik tezda parchalanadi. 2) ikkinchi turdagi – sovunlar, SAM ning 
mitsellyar eritmalari. Bunday SAM lar ishtirokida fazalarning chegara sirtida 


mustaxkam gelsimon parda hosil bo‘ladi, shuning uchun ko‘piklarning 
barqarorligi yuqoriroq bo‘ladi.
Ko‘piklarning barqarorligini struktur-mexanik xossalari, qavatlarning 
adsorbsion-solvatlanish xossalari va ajratuvchi bosim ta’minlaydi. Ko‘piklar 
dispersligi, barqarorligi, karraliliga bilan tavsiflanadi. Ko‘pikning dispersligi 
mikrofotografiyalar asosida turli fraksiyali ko‘piklar sonini hisoblash orqali 
aniqlanadi. Ko‘pikning barqarorligi alohida pufakni hamda pufaklar ustunini 
“erkin yashash” vaqti bo‘yicha topiladi.
19.4. Yuqori molekulyar birikmalarning eritmalari – kolloid eritmalar sifatida 
Ko‘pgina yuqori molekulyar birikmalar (YUMB) odatda erituvchilarda 
yaxshi erib kolloid eritmalarning xossalariga ega bo‘lgan eritmalar hosil qiladi. 
Ularda satx chegarasi bo‘lmaydi. Deyarli hamma kauchuklar benzolda, benzinda 
va boshqa uglevodorodda (qutubsiz suyuqliklarda) eriydi; oqsillarda va boshqa 
YUMB tarkibida ko‘p qutubli guruhlar bor molekulalar qutubli eruvchilarda – suv, 
aseton va boshqalarda eriydi. YUMB ning eritmalari nihoyatda turg‘un bo‘ladi. 
YUMB eritmalarning xossalarini ularning o‘ziga hos xususiyatlari: molekulyar 
massasining kattaligi, demak, ularning molekulyar o‘lchamining kattaligi; 
makromolekulalarning shakli belgilaydi. 
Polimer makromolekulasi eritmada solvatlangan holatda bo‘ladi. Ammo 
shuni ham aytish kerakki, polimer makromolekulasi qiyin solvatlanadi va uning 
solvatlanish darajasi kichik bo‘ladi. Shuning uchun makromolekulaning 
solvatlanishi asosida polimer eritmasiga xos bo‘lgan xususiyatlarni to‘la tushunib 
bo‘lmaydi. Polimerlar eritmasining hamma va har qanday xususiyatlari polimer 
eritmasining makromolekulyar nazariyasi yordamida tushuntiriladi. 
Yuqori molekulyar birikmalarning erishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan 
jarayon bo‘lib, ko‘pincha issiqlik ajralib chiqadi. Jelatinani suvga, kauchukni 
benzolga solinganda tashqaridan hech qanday energiya berilmasa ham polimer 
eritmalari hosil bo‘la beradi. Yuqori molekulyar birikmalar eriyotganda 
stabilizator kerak emas (liofob eritma tayyorlashda stabilizator qo‘shiladi). Polimer 
moddalar eritmasi termodinamik barqaror sistemadir. Bu eritmalar istalgan 
muddatgacha o‘z barqarorligini saqlab qoladi. 
Yuqori molekulyar birikmalar eritmasining asosiy xususiyatlaridan biri 
uning qaytarilishidir. Boshqacha aytganda, eritma muvozanatga har tomonlama 
kela beradi va muvozanat holat muvozanat sodir bo‘lish yo‘liga bog‘liq emas. 


Shuning uchun ham chin eritmalarning muvozanat holati tenglamasini, Gibbsning 
fazalar qoidasini yuqori molekulyar birikma eritmalariga ham qo‘llash mumkin.
Yuqori molekulyar birikmalar eritmasining qaytar xususiyat va muvozanat 
holatga ega ekanligi benzilsellyuloza, nitrotsellyuloza, polivinilxlorid va shu kabi 
bir qator polimer eritmalarida ham kuzatildi. Hamma vaqt eritmaning geterogen 
sohasida o‘zgarmas temperaturada erigmaning turg‘un konsentratsiyasi olinadi. 
Demak, polimer moddalarning erishi past molekulyar moddalarning erishi kabi 
chegarali bo‘ladi va polimer eritmalariga fazalar qoidasi to‘la qo‘llaniladi. 
Shunday qilib, polimer moddalar eritmasi chin eritmadir. 
Yuqori molekulyar birikmalarning eritmalari chin eritma xossalaridan 
tashqari yana kolloid sistemalarga xos bo‘lgan xususiyatlarga ham egadir. Polimer 
moddani u erimaydigan erituvchida kolloid holatgacha disperlash (maydalash) 
yoki 
polimer 
eritmasida 
erituvchini 
almashtirish 
bilan 
assotsilangan 
makromolekulani kolloid zarracha o‘lchamiga kondensirlash (yiriklashtirish) 
orqali kolloid eritma olinadi. Olingan dispers barqaror bo‘lishi uchun sistemaga 
stabilizator (emulgator) qo‘shiladi. Bunday sistemalarga sintetik latekslar misol 
bo‘la oladi. 
Polimerning biror erituvchidagi eritmasini hosil qilish imkoniyati o‘zgarmas 
bosimda Gibbs energiyasining qiymati bilan aniqlanadi. Polimerni erish jarayonida 
ham zarrachalar soni ortadi. Bunda entropiya musbat qiymatga ega bo‘ladi, ya`ni 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling