Reja: Sirt aktiv moddalarning sinflanishi va umumiy tavsifi
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
15-ma\'ruza 9-20
15-ma’ruza. Dispers sistemalarning ayrim sinflari Reja: 1. Sirt aktiv moddalarning sinflanishi va umumiy tavsifi. 2. SAMlarning mitselyar eritmalari. Mitsella hosil bo‘lish kritik konsentratsiyasi. Solyubilizatsiya. 3. Mikrogeterogen sistemalar. 4. Yuqori molekulyar birikmalarning eritmalari – kolloid eritmalar sifatida 5. Dispers sistemalarning struktur-mexanik xossalari. Tayanch so’z va iboralar: sirt aktiv mоddalar, misеlyar eritmalar, misеlla хоsil bo’lish kritik kоnsеntrasiyasi, sоlyubilizasiya, mikrоgеtеrоgеn sistеmalar, yuqоri mоlеkulyar birikmalar. 1. Sirt aktiv moddalarning sinflanishi va umumiy tavsifi. Organik moddalarning ko‘pchiligi sirt aktiv moddalar hisoblanadi. Molekulasining tarkibida gidrofil va oleofil qismlarning mavjudligi barcha SAM larga xos jihatidir. Sirt aktiv moddalar suvdagi eritmalarda disotsiyalanish qobiliyatiga qarab ionogen va noionogen sirt aktiv moddalarga bo‘linadi. Ionogen sirt aktiv moddalar kation sirt aktiv, anion sirt aktiv va amfoter (amfolit) sirt aktiv moddalarga ajaratiladi. Kation sirt artiv moddalar suvda disotsiyalansa, sirt aktiv kationlar hosil bo‘ladi. Ularga birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi alifatik va aramatik aminlarning tuzlari kiradi. Ular yaxshi koagulyant sifatida suvni tozalash va qurilish ishlarida, bakteritsid, fungitsid, dezinfeksiyalovchi, korroziya ingibitorlari sifatida qo‘llaniladi. Anion sirt aktiv moddalar suvda anionlar hosil qiladi. Ularga kiradi: a) karbon kislotalar va ularning tuzlari: – natriy sterat (sovun), – natriy oliyat, – natriy palmetat; b) alkilsulfatlar ; c) alkillarilsulfonatlar ; d) boshqa funksional guruh tutuvchi moddalar, masalan, fosfatlar, tiosulfatlar. SAM sifatida fraksiyali sintetik yog‘ kislotalarining tuzlari keng qo‘llaniladi. Qo‘llanish sohasiga ko‘ra ular turli kationlar birga olinadi. Ishqoriy metallarning tuzlari suvli eritmalarda qo‘llanilsa, ikki va uch zaryadli kationlarning tuzlari uglevodorodlar muhitida qo‘llaniladi. Biroq, kislotali muhitda va ba’zi ionlar ishtirokida yog‘ kislotalari suvda erimaydigan tuzlarni hosil qiladi. Bu jihatdan alkilsulfatlar va alkilarilsulfonatlar kislotali va tuzli muhitda ham qo‘llanilishi mumkin. Amfoter sirt aktiv moddalarga tarkibida ikkita funksional guruhi bo‘lib, ulardan biri kislota xossasiga va ikkinchisi asos xossasiga ega. Bular muhit (pH) ga qarab kation sirt aktiv yoki anion sirt aktiv bo‘la oladi. Masalan, ularga tarkibida –NH 2 , va –COOH guruhlari bor bo‘lgan moddalar kiradi. Noionogen SAM lar eritmalarda ionlarga dissotsilanmaydi. Ularni etilen oksidiga spirtlarni, karbon kislotalarni, aminlarni, alkilfenol va boshqa birikmalarni biriktirib hosil qilinadi. Masalan, oksietillangan alkilspirt quyidagi formulaga ega: Noionogen SAM ning uglevodorod radikali 6 tadan 18 tagacha uglerod atomlariga ega bo‘lib, ning qiymati yuzlargacha yetishi mumkin. Odatda, SAM turli uzunlikdagi polioksietilen zanjiriga ega bo‘lgan gomologlardan iborat bo‘ladi, shu zpnjir uning gidrofil xususiyatini ta’minlaydi. Zanjir uzunligin o‘zgartirib, SAM ning kolloid-kimyoviy xossalarini boshqarish mumkin. OP markali alkilfenol efirlarining sirt aktiv moddasi yaxshi yuvish xususiyatiga ega. Biroq aromatik guruhi bo‘lganligi uchun uning biologik parchalanishi qiyin, shu jihatdan so‘nggi yillarda qo‘llanilishi cheklangan. Alkil zanjirli noinogen SAM lar oson ibologik emiriladi. Barcha difil sirt aktiv moddalar chin eritma hosil qiluvchi va kolloid eritma hosil qiluvchi turlarga bo‘linadi. Birinchi guruhga uncha katta bo‘lmagan radikalli moddalar kiradi. Ular namlovchi, xo‘llovchi, ko‘pirtiruvchi, flokulyant, dispergator va h.k. sifatida qo‘llaniladi. Mitsellyar eritma hosil qiluvchi kolloid sirt aktiv moddalar alohida ahamiyatga ega. 2. SAMlarning mitselyar eritmalari. Mitsella hosil bo‘lish kritik konsentratsiyasi. Solyubilizatsiya. Kolloid SAM larning asosiy o‘ziga xosligi shundan iboratki, ular termodinamik barqaror (liofil) geterogen dispers sistema hosil qila oladi. Ular juda yuqori sirt aktivlikaka ega ekanligi bilan bir qatorda mitsella hosil qilish xususiyatiga ega. Misella hosil qiluvchi sirt aktiv moddalar chin eritmalar va kolloid eritmalar o‘rtasidagi vaziyatni egallaydi. Misella hosil qiluvchi moddalarga sovun va har xil kukunlar misol bo‘la oladi. SAM larning o‘z-o‘zidan mitsella – liofil kolloid eritma hosil qilishi uchun yetarli bo‘lgan konsentratsiyasi mitsella Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling