Reja: Sirt aktiv moddalarning sinflanishi va umumiy tavsifi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana08.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1177596
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-ma\'ruza 9-20

hosil qilish kritik konsentratsiyasi (MKK) deyiladi.


Sovunning kir yuvish ta`siri bir qator kolloid-kimyoviy jarayonlar 
natijasidir. Yuviluvchi modda sirti – kir yuvish vositasi orasida o‘zaro ta`sirini 
oshishiga aralashtirish, chayqatish, harorat va shunga o‘xshash tadbirlar yordam 
beradi. Sovun eritmalari ta`sirida uglevodorodlarning suvdagi eruvchanligi ortadi, 
ya`ni sovun molekulalari uglevodorod molekulalari bilan ta`sirlashuvi natijada 
misellalar kelib chiqadi. Ionogen guruhlar ana shu misellalar tomonidan 
adsorbsiyalanib, uglevodorod zvenolari orasiga o‘rnashadi va sistemani barqaror 
holatiga olib keltiradi. Bunda solyubilizasiya jarayoni sodir bo‘ladi. Demak, 
moddalarning sirt aktiv moddalar misellalarida erish hodisasi solyubilizasiya 
deyiladi. 
Ma’lumki, Dyukle-Traube qoidasiga binoan, SAM radikalining bitta 
guruhiga ortishi sirt aktivligini taxminan 3,2 marta orttiradi. Bu quyi 
molekulyar SAM larga tegishli qoida. Biroq, biroq molekulyar massasi nisbatan 
katta bo‘lgan kolloid SAM larda ham uglerodlar soni ortganda sirt aktivligi 
kamroq darajada bo‘lsa ham ortib boradi. 
Sirt aktivlikdan tashqari SAM larning yana bir muhim xususiyati gidrofil-
lipofil balansi (GLB) hisoblanadi. Qutbli guruhning gidrofil xossalari bilan qutbsiz 
uglevodorod radikalining lipofil (lipos – yog‘) xossasining nisbati GLB soni bilan 
tavsiflanadi. GLB soni turli SAM larning mitsella hosil qilish va emulsiyalarni 
barqarorlashtirish xususiyatini solishtirish orqali aniqlanadi. 
SAM suv–moy yoki moy–suv turidagi barqaror emulsiyani hosil qilish 
qobiliyati GLB ni aniqlash imkonini beradi (19.1 rasm). 
19.1 rasm. Moy–suv (a) va suv–moy (b) barqaror emulsiyasi
1

1
go.mail.ru/search_images?fr=main&q=коллоидная%20химия&frm=web


Suv va moyning emulsiyasi hosil bo‘lishida SAM ikki suyuq faza chegara 
sirtida adsorbsiyalanadi. SAM molekulasining gidrofil qismi suv fazasiga 
yo‘nalgan, uzun gidrofob radikali moy fazasiga yo‘nalgan. SAM chegara sirtini 
to‘liq o‘rab olgani holda sirt energiyasini kamaytiradi va zarrachalarni bir-biriga 
qo‘shilib yiriklashishiga to‘sqinlik qiladi. Shu tariqa termodinamik va kinetik 
barqaror emulsiya hosil bo‘ladi. 
GLB ni hisoblash uchun shartli ravishda natriy oleatnikini 18, 
trietanoaminnikini 12, olein kislotanikini 1 deb qabul qilingan. Gidrofillik qancha 
ko‘p bo‘lsa, GLB shuncha katta bo‘ladi, uning qiymati 1 dan 40 gacha o‘zgaradi. 
Suv va moyning ma’lum emulgator va tekshirilayotgan SAM bilan standart 
emulsiyasi tayyorlanadi. Emulsiyani 24 soat ushlab turib, eng barqaror emulsiyani 
tanlab quyidagicha GLB hisoblanadi: 
bu yerda 
– barqaror standart emulsiya hosil qiluvchi SAM ning GLB soni, 
– ma’lum bo‘lgan emulgator miqdori va 
soni, 
– tekshirilayotgan 
SAM miqdori va 
soni. 
GLB sonini aniqlashning boshqa usullari ham bor. GLB sonining fizik 
ma’nosi shundaki, u SAM molekulasini moy fazasidagi adsorbsiya ishini suv 
fazasidagi adsorbsiya ishiga nisbatini bildiradi. Moyning suvdagi barqaror 
emulsiyasirni hosil qilish uchun GLB soni 10 dan 16 gacha, suvning moydagi 
emulsiyasini hosil qilishuchun esa GLB soni 3 dan 5 gacha bo‘lishligi tavsiya 
etiladi. 
Yarim kolloid sistemalar. Yarim kolloid sistemalarning mikrogeterogenligi 
ularning o‘ziga xos belgilaridan hisoblanadi, bu xossalar asosan kolloid 
eritmalarning chin eritmalaridan farq qilishidir. Biroq, bir vaqtning o‘zida zol 
holatida ham chin eritma holatida yoki gel (iviq) holatida bo‘ladigan sitemalar ham 
bor. Bunday sistemalar qaytar termodinamik muvozanat holatida turadi. Yarim 
kolloid deb ataladigan bunday sistemalarga: sovun va yuvuvchi vositalar 
eritmalari, ba`zan bo‘yqlar, oshlovchi moddlar kiradi. 
Yarim kolloid eritmalar sistemalarda chin eritma, zol va gel muvozanat 
holatida turadi (chin eritma-zol-gel). Kolloid holatda yarim kolloid hosil qilish 
uchun haroratni kamaytirish yoki dispers fazaning konsentrasiyasini oshirish zarur. 
Molekulalararo tortilish kuchlari tufayli suvli eritmalarda uglevodrod zanjirlari 


assosiyalangan molekulalrga birlashib, molekulyar massasi 12000- 22000 bo‘lgan 
sferik va plastinkasimon misellalar hosil qiladi. 
MKK chin eritmaning taxminan 90% kolloid sistemaga to‘la o‘tishiga mos 
keladigan konsentrasiyadir. Ba`zi bir eritmalarning masalan, gomogen sistemaning 
geterogen sistemaga o‘tishi yorug‘lik yoyilishining kuchayishiga ko‘ra kolloid-
kimyoviy xossalarining o‘zgarishi bo‘yicha misellaning hosil bo‘lishi to‘g‘risida 
fikirlash mumkin. Shuning uchun eritmaning qator konsentrasiyasi uchun 
loyqalanish qiymatini tajriba yo‘li bilan aniqlab, koordinatalarda egri 
chiziq tuziladi, hamda egri chiziqning keskin ko‘tarish bo‘yicha MKK topiladi. 
MKK ni osmometrik usul bilan aniqlash mumkin. Misella hosil bo‘lishning
kritik konsentrasiyasini solyubilizasiya usul bilan ham aniqlanadi. 
Agar suvli konsentrlangan sirt aktiv modda eritmasiga suvda erimaydigan 
organik modda qo‘shilsa (aromatik uglevodorodlar, ba`zi bo‘yoqlar va boshqalar) 
vaqt o‘tishi bilan tiniq, yoyilmaydigan eritma hosil bo‘ladi. Bunda sirt aktiv 
moddaning misellalarda erish hodisasi, ya`ni solyubilizasiya yoki kolloid erish 
sodir bo‘ladi. Solyubilizasiyalangan modda miqdorini yarim kolloid eritmaning 
konsentrasiyasiga bog‘liqligini aniqlab, tajriba yo‘li bilan MKK ni topish mumkin. 
Solyubilizasiya polimerlarni emulsiya holatida olishda, bo‘yivchi eritmalarni 
barqarorlashtirishda, farmasevtika, poligrafiya, oziq-ovqat sanoatida va boshqa 
maqsadlarda keng ko‘lamda ishlatiladi. 
19.3. Mikrogeterogen sistemalar.
Zollarga nisbatan dag‘alroq bo‘lgan dispers sistemalar mikrogeterogen 
sistemalar deyiladi. Ulardagi zarrchalarning o‘lchami 10
-7
dan 10
-4
metrgacha 
bo‘ladi. Ko‘pincha bu zarrachalarni oddiy optik mikroskop yordamida ko‘rish 
mumkin, shuning uchun ham mikrogeterogen deb nomlangan. Mikrogeterogen 
sistemalarga gazsimon dispersion muhitli (aerozol, kukun) va suyuq dispersion 
muhitli (ko‘pik, suspenziya, emulsiya) sistemalar kiradi. Ularning xossalari asosan 
adsorbsiya, xo‘llanish, adgeziya kabi sirt hodisalari bilan belgilanadi. SHu bilan 
birga ularning har biriga tegishli bo‘lgan o‘ziga xos xossalarini o‘rganish katta 
nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling