Reja: Siyosiy tizim tushunchasi Siyosiy tizim turlari Totalitarizm 4 Avtoritarizm Demokratiya Siyosiy tizim tushunchasi
Download 87.5 Kb.
|
siyosiy tizim 17
Demokratiya
Hozirgi davrning butun murakkabligi va ziddiyatlariga qaramay uning siyosiy sohasidagi umumiy yo'nalish-demokratiya ekani shubhasiz. U haqda ko'p gapirishadi, ko'p yozishadi, qarorlarning to'g'riligini u bilan asoslashadi, siyosiy faoliyatning uslublari, vositalari, maqsadlarini ro'y berayotgan jarayonlarning uning nomi bilan izohlashadi. Yangi tashkilot, harakatlar, shu jumladan, milliy harakatlar ham demokratik liboslarga burkanadi. Inqirozdan chiqishning yagona yo'li-ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlashtirish va jozibali ideal-demokratik jamiyatdir, degan fikr qayta-qayta takrorlanadi. Demokratiya-xalq hokimiyati sifatida tarjima qilinadi. Bu ma'noda, yoki “boshqaruvda to'g'ridan – to'g'ri ishtirok” ma'nosida demokratiyani qabila – urug'chilik jamiyatlaridayoq uchratish mumkin. Politologlar xalq hokimiyatining mukammal shaklini Yunonistonning shahar-davlatlari bilan bog'laydilar. Ijtimoiy jamiyatdagi o'z - o'zini boshqaruv demokratik edi: har bir qabila a'zosining jamoa hayotida ishtiroki tabiiy ravishda belgilanar edi. Bu davr jamoa va uning a'zolari manfaatlari bir - biriga mos tushar, hozirgi ma'nodagi siyosat yo'q edi. Qadimgi demokratiya jamoa a'zolarining jamoa ishlarida to'g'ridan – to'g'ri ishtirokiga asoslangan. Demokratiyaning bu elementlari hamma xalqlarda uchraydi. Xususan, akademik Bartoldning "eski turklarda... demokratiya turi mavjud edi", - degan xulosasi mavjud. Siyosatning murakkablashib borishi, ya'ni ko'plab manfaatlarning ajralib chiqishi bilan hukmronlik itoat munosabatlari qaror topdi. Hokimiyat pogonaviy tus oldi. Yunon davlatchiligi tarixi ana shu munosabatlarning (avtoritar) mazmunini yangi, demokratik ma'no bilan to'ldirdi. "Hokim – oq suyak - zodagonlar - demos (xalq)" pog'onaviy hukmronlik tartibi o'rnini'" xalq yig'ini - (chek, saylash, rotatsiya asosida) tayinlanuvchi lavozim egalari- yetakchi munosabatlari egalladi. Yog'in - xokimiyatni tayinlovchiga aylandi, ya'ni oliy hukmron ustidan hukmronlikka ega bo'ldi, ya'ni xalq - hokimiyatning manbaiga aylandi. Shunday qilib, antik davrdayoq demokratiya rivojida ikki yo'nalish belgilandi: birinchisi, o'z –o'zini boshqaruvchi demokratiya, ya'ni fuqarolarning to'g'ridan- to'g'ri ishtirokini nazarda tutuvchi tartib. Bu tartib u yoki bu tarzda barcha jamiyatlarda amal qiladi, xususan, bizning tariximizda ham boshqaruv elementi tarzida mavjud bo'lib kelgan. Ikkinchisi, umumxalq demokratiyasi. U fuqarolarning tengligi, burchlar, qonun oldida javob berish va qonun asosida hukm yuritish tamoyilariga asoslanadi. Hozirgi vaqtda demokratiya – xalqni hokimiyat manbai, deb e'tirof etuvchi, fuqarolar tengligi, ozchilik huquqlarini himoyalovchi, davlatning asosiy organlari - saylovlar natijasida shakllanuvchi siyosiy jamiyat tizimi, sifatida tushuniladi. Demokratiyaning jamiyat hayotini tashkil etish usuli sifatidagi eng muhim afzalliklari u mavjud boshqa boshqaruv usullariga nisbatan hokimiyatni cheklash, uning barqarorligini saqlash va uni bir qo'ldan ikkinchisiga o'tishi mexanizmlarini atroflicha ishlab chiqqanligidir. Mana shu xususiyatlari, hamda jamiyatdagi ixtiloflarni tinch yo'l bilan muhokama, yon bosish, kelishuv orqali hal qilishga asoslanganligi - bugungi kunda ko'p mamlakatlar uchun demokratiyani jozibali va ma'qul rivojlanish yo'liga aylantirmoqda. Download 87.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling