Reja: Siyosiy tizim tushunchasi Siyosiy tizim turlari Totalitarizm 4 Avtoritarizm Demokratiya Siyosiy tizim tushunchasi


Download 29.38 Kb.
bet4/8
Sana24.12.2022
Hajmi29.38 Kb.
#1063220
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
falsafa

Avtoritarizm
Avtoritarizmning dastlabki ma'nosi – avtoritet va an'anaga asoslangan kattalar hokimiyatini hurmat qilish. U jamoa manfaatlarining shaxs manfaatlaridan ustunligiga asoslanadi.
Avtoritarizmning shakllari absolyut monarxiya, diktatura, posttotalitar rejimlardir. Avtoritar rahbarlar qo'rqitish, qirg'in, zo'rlikni qurol qilib olishlari, hamda shu bilan birga, ommaning ishonchini qozonishga, qonunga suyanishga v.h. vositalarga ham murojaat qilishlari mumkin. Tarixdagi barcha avtoritar tartibotlar hukumronlikning an'anaviy va xarizmatik turlariga asoslangandir. Totalitar tartib yemirilgandan so'ng, tashkil topgan davlatlarning ko'pchiligida avtoritar rejimlar amal qiladi. Uning zaif va kuchli tomonlarini yaxshi bilish lozim. Avtoritarizm zaif tomonlarini: siyosatning ayrim shaxs yoki guruh irodasiga to'laligicha bog'liqligi: fuqarolarning siyosiy hayotda chetlanganligi; butun jamiyatning siyosiy o'yinlar, avantyuralar qurboni bo'lish potensial xavfining doimiy mavjudligi; umid, O'rta asrlardagidek, podsho, rahbar, yetakchining adolati, zakovatiga bog'liqligi tashkil etadi. Shu bilan birga, avtoritar tuzumlarning bir qator ijobiy tomonlari ham borki, ular, ayniqsa, o'tish davrini boshidan kechirayotgan jamiyatlarda o'z samaradorligini, amalda - ko'rsatadi. Avtoritar hokimiyat — kuchli hokimiyat, shuning uchun, uning jamiyatda tartibi, barqarorlikni ta'minlash qobiliyati bir muncha yuqoriroq. Bu hokimiyat turli kuchlar qarshiligini sindirib jamiyatda tarkibiy o'zgarishlarni tez o'tkaza oladi va butun imkoniyatlarni eng dolzarb muammolarni hal qilishga yo'naltira oladi. Tub islohotlar va o'zgarishlar davrida ana shunday kuchli hokimiyatning mavjud bo'lishi, albatta, afzalroqdir. Avtoritar tartibotlar ichki mohiyatiga ko'ra turlicha bo'lali. Avtoritar tuzumlarning aksariyati zamonaviylashuv yo'lidan boradi.
Hozirgi vaqtda avtoritar tartibotlar demokratiyaga yo'nalganligi bilan xarakterlanadi. Bunday yo'nalgan siyosiy rejimlar jamiyatda bozor munosabatlarini qaror toptirish, o'rta qatlam nufuzini orttirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, qonun ustivorligini ta'mirlash, jamiyatni siyosiy va umumiy, har qanday plyuralizmga tayyorlash vazifalarini bajaradi. Ularning faoliyat davrlari turlicha. Bir necha yuz yillik tarixga ega barqaror monarxiyalardan to bir necha kunlik harbiy diktaturalargacha.

Download 29.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling