Im muassasasi sharoitida ta`


Download 72.18 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi72.18 Kb.
#1408910
Bog'liq
GULANDOZ


Amaliy mashg`ulot: Maktabgacha pedagogikaning obyekti, maqsad vazifalari. Murabbiylik va tarbiyachilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o`rni. Hozirgi jamiyatda murabbiy va tarbiyachilarga qo`yilgan talab va vazifalar.

Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta ’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta iim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Maktabgacha pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, ularga ta iim berish muammolarini o ‘rganadi. Maktabgacha pedagogika tug‘ilgandan to yetti yoshgacha boigan bolalarga har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganadi va maktabgacha ta`lim muassasasi sharoitida ta`lim -tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, uslub va vositalar hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan shart-sharoitlami ishlab chiqadi. U maktabgacha ta`lim muassasalari, oila va maktab ishidagi izchillikni ta’minlaydi hamda bolalarni maktab ta`limiga tayyorlaydi.
Maktabgacha pedagogika fanining maqsadi: Maktabgacha pedagogika fani bo‘lajak tarbiyachilarni ta'limtarbiya qonuniyatlari bilan yaqindan tanishtirish. Shuningdek, u maktabgacha ta’limga qo‘yilgan Davlat talablari, tamoyillari, mazmuni va tarbiyachining shakllantirishni pedagogik asoslarini o‘rgatadi. Maktabgacha pedagogika fanining vazifalari: - Bo'lajak tarbiyachi oldiga qo‘yiladigan maqsad va vazifalar O'zbekiston istiqboli va istiqloli uchun barkamol avlodni tarbiyalashning dastabki bosqichi: - maktabgacha pedagogikaning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, ta'iimiytarbiyaviy jihatlarini, hamda kasbiga bo‘lgan munosabatni tarbiyalash. Tarbiyachining kasbiy xususiyati va unga qo‘yilgan talablar: - maktabgacha pedagogika kursini maqsadi: bo'lajak tarbiyachi, pedagogik kollej o’qituvchilariga maktabgacha pedagogika fanini nazariy milliy asoslari bilan qurollantiradi; - O‘qitish jarayonida mutaxassislik bo‘yicha mahorat, tashkiliy metodik malaka, bolalarni jonajon yurtimizni sevish, asrab-avaylash ruhida tarbiyalash jarayonida bilimlarini amalda tadbiq qila bilish qobiliyatini rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohotlaming muvaffaqiyati, eng avvalo, odamlaming o‘z ishlariga mas’uliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamlakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan ishlami qila olishlariga bog‘liq. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi), birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan, mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va mas’uliyatli vazifalami bajaradi. Tarbiyachining qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo‘qki, uning ustozi bo‘lmasa. Hukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘li gul kosibmi, qo‘yingki, barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini charog‘on etib turuvchi yo‘lboshchisi bo‘ladi. Ustozning eng buyuk burchi xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalami tarbiyalash uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va hamkasblarining ishdagi o‘sishiga ko‘maklashishda yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi, tabiat va jamiyat qonunlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo‘lishi kerak. Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Farmoniga binoan 1-oktabr xalq ta’limi xodimlari — o‘qituvchi va murabbiylar kuni deb e’lon qilindi. Bu voqea davlatimizning o‘qituvchilami jamiyatda tutgan о‘rni naqadar yuksak baholashidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagogik ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg‘or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o‘qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o‘qituvchi», «Katta o‘qituvchi», «Metodist-tarbiyachi», «Xalq maorifi a’lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika bo‘yicha deputatlar saylanishi ham ularga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.
Tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Predmetni va uning nazariyasini chuqur o'rganishi bolalami ilmga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Bu pedagog-tarbiyachining obro‘sini ko‘taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlardan, talablardan biri bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalami kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy pedagog-tarbiyachi bo‘la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, tarbiyachilik kasbiga loqayd odam haqiqiy pedagog-tarbiyachi bo‘la olmaydi. Bolalami sevish pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. O‘qituvchi, tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolalarga chinakam ma’naviy murabbiy bo‘lishga imkon beradi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog‘liqdir. Pedagogik qobiliyatlar — pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyatlar tarkibiga pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyat jarayonida, shuningdek, uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat — yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san’atidir.

Pedagogik qobiliyatlar




Bolalarni sevish pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. O‘qituvchi, tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolalarga chinakam ma’naviy murabbiy bo‘lishga imkon beradi.

Download 72.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling