Reja: Soliq tizimining mohiyati va soliqlarning guruhlanishi Soliq to’lovchilarning huquqlari va majburiyatlari O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uni takomillashtirish yo’llari Tayanch iboralar


Download 21.21 Kb.
bet2/5
Sana30.03.2023
Hajmi21.21 Kb.
#1309247
1   2   3   4   5
Bog'liq
SOLIQLARNING FUNKSIYALARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH YO

Oborotdan olinadigan soliqlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona boji va yer qa‘ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo’yicha ilgarigidek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki yuklab yuborilgan mahsulotlar qiymati bilan o’lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to’lovi ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning foydasiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo korxonalarining yalpi daromadidan olinadigan soliq kiradi. Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i ham kiradi.
Mol-mulk kiymatidan olinadigan soliqlarga yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining yagona yer solig’i va yuridik (noqishloq xo’jalik) va jismoniy shaxslarning yer soliqlarini kiritish mumkin.
Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri (bilvosita) va to’g’ri (bevosita) soliqlarga bo’linadi. To’g’ri soliqlarni to’g’ridan-to’g’ri soliq to’lovchilarning o’zi to’laydi, ya‘ni soliqning huquqiy to’lovchisi ham, haqiqiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. Bu soliqlar tarkibiga barcha daromaddan to’lanadigan soliqlar va mol-mulk (resurs) soliqlari kiradi.
To’g’ri soliqlarda to’g’ridan-to’g’ri daromaddan soliq to’langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko’p qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari oshirilsa, korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari kamaya boradi. Demak, bu guruh tarkibiga kiruvchi soliqlarning stavkalari iqtisodiy rivojlanish bilan bevosita bog’liqdir.
Egri soliqlarning huquqiy to’lovchilari mahsulot (ish, xizmat)ni yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin, soliq og’irligi haqiqatan ham tovar (ish, xizmat)ni iste‘mol qiluvchilar, ya‘ni egri soliqlarning barchasi bevosita iste‘molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga qo’shimcha ravishda qo’yiladi.
Egri soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular Respublikada ishlab chiqarilgan tovarlar respublikadan tashqariga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlarning serob bo’lishiga yordam beradi hamda inflyatsiya darajasini (muomaladagi ortiqcha pul massasini) birmuncha jilovlab turadi.

Download 21.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling