Reja: Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari 2


Download 27.34 Kb.
bet6/7
Sana14.04.2023
Hajmi27.34 Kb.
#1357726
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SOLIQ AXBOROT TIZIMLARI

4. Funksional alomat tushunchasi
Funksional alomat tizimga tegishli qism tizim vazifasi, uning asosiy maqsadlari va funksiyalarini aniqlaydi. Axborot tizimining strukturasi funksional tizim qismlari to‘plamidan iborat, funksional alomat esa axborot tizimlarini tasniflashda foydalaniladi. Ishlab chiqarish, tijorat obyektlari bo‘yicha xo‘jalik yuritish amaliyotida funksional alomat quyidagi faoliyat turlari bilan bog‘liq: ishlab chiqarish, marketing, moliyaviy, kadrlar. Ishlab chiqarish faoliyati bevosita mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-texnika yangiliklarini yaratish va ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan bog‘liq.
Marketing faoliyati quyidagilardan iborat:
• ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar bozorini tahlil etish, savdo-sotiqni tahlil etish;
• mahsulot realizatsiyasini ta’minlash uchun reklama kampaniyasini tashkil etish;
• moddiy-texnika ta’minotini ratsional (oqilona) tashkil etish.
Moliyaviy faoliyat firmaning buxgalteriya, statistik va operativ axborotlari asosida resurslarni nazorat etish va tahlil qilishni tashkil etish bilan bog‘liq. Kadrlarga oid faoliyat firma uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni tanlash, bu boradagi xizmat hujjatlarini yuritish bilan bog‘liq. Yuqoridagi faoliyatlar mos ravishda axborot tizimlarini umumiy holda quyidagi turlarga ajratish imkonini beradi:
ishlab chiqarish tizimlari;
• marketing tizimlari;
• moliyaviy va hisobga olish tizimlari;
kadrlar tizimi;
• firma faoliyati va uning xususiyatidan kelib chiqqan holda yordamchi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan boshqa turdagi tizimlar turi.
Yirik firmalarda asosiy axborot tizimi funksional vazifalarni bajaruvchi bir necha qismtizimlaridan iborat bo‘ladi. Masalan, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniyaning axborot tizimi quyidagi qism-tizimlardan tashkil topadi: zahiralarni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, mahsulot realizatsiyasini boshqarish, alohida bo‘limlar (buxgalteriya, rejalashtirish, kadrlar va boshqalar) ishini boshqarish va shu kabilar.
1-jadval. Axborot tizimlari funksional alomati.
Axborot tizimining turi u kimlarning manfaatlariga xizmat qilishi va boshqarishning qaysi bo‘giniga tegishliligi bilan bog‘liq.
1-rasmda axborot tizimlari funksional alomatlarga ko‘ra va boshqarish pog‘onasiga taalluqliligi nuqtainazaridan tasniflash variantlaridan biri keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, boshqarish pog‘onasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ushbu pog‘onaga Marketing tizimlari Ishlab chiqarishning tizimlari Moliya va hisobkitob tizimlari Kadrlar tizimlari (inson resurslari) Boshqa tizimlar, masalan, rahbarlikning axborot tizimlari Bozorni o‘rganish va savdoni bashorat qilish. Ish hajmini rejalashtirish va kalendar rejalarni ishlab chiqish. Buyurtmalar portfelini boshqarish. Mehnatresurslari vaulargabo‘lgan ehtiyojtahliliva bashorati. Firma faoliyatiustidan nazorat. Savdo-sotiqni boshqarish. Ishlab chiqarishning operativ nazorati va uni boshqarish. Kredit siyosatini boshqarish. Xodimlar haqidagi yozuvlar arxivini yuritish. Dolzarb muammolarni aniqlash. Narxlarni tahlil qilish va baholash. Uskunalarning ishlashi tahlili. Moliya rejasini tuzish. Kadrlar tayyorlash tahlili va uni rejalashtirish. Boshqaruv va strategik vaziyatlar tahlili. Buyurtmalarni hisobga olish. Yetkazib beruvchilarga buyurtmalarni shakllantiish. Moliyaviy tahlil va bashorat. Strategik yechimlarni ishlab chiqish jarayonini ta’minlash. Mos mutaxassislarning axborot tizimi asosida ish yuritishlari ko‘lami shunchalik kam bo‘ladi. Biroq, boshqaruvchi (menejerlar) tomonidan qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradigan axborot tizimining intellektual imkoniyatlari va murakkablik darajasiga bo‘lgan talablar oshib boradi. Boshqarishning ixtiyoriy bo‘g‘ini har bir funksional tizimlardagi turli kesimlardagi va turli sig‘imlarga ega bo‘lgan axborotlarga ehtiyoj sezadi.

Download 27.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling