Reja: Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari 2
Download 27.34 Kb.
|
SOLIQ AXBOROT TIZIMLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Axborot tizimlarining tuzilishi
Axborot tizimilarining vazifasi. Axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta’sir ko‘rsatish — qaror qabul qilish deb ataladi. Qarorning shakllanish jarayoni esa — qaror qabul qilish jarayoni deb yuritiladi. Avtomatlashtirilmaga Tashkilotni boshqarish doirasida mehnat taqsimotiga muvofiq qabul qilinadigan qarorlar boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi.
Qaror qabul qilish jarayonini ta’minlash, ya’ni aynan, kerakli axborotni kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish — tashkilot axborot tizimining asosiy vazifalaridan biridir. Shu bois ham qaror mohiyati, uni qabul qilish jarayoni, qaror qabul qilishning barbod bo‘lishi tashkilotning axborot tizimi faoliyatiga, u yerda qo‘llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta’sir qiladi va hatto axborot tizimining butun boshli sinfi — qaror qabul qilish tizimini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Tashkilotni boshqarishning yuqorida ko‘rib chiqilgan tizimi albatta, unga kibernetik nuqtai nazardan yondashuviga ko‘ra belgilangan. Agar boshqaruv tizimi haqida ayrim mavhumliklarsiz gapiradigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilganlardan tashqari tashkilotning boshqaruv tizimiga uning tashkiliy tarkibi, xodimlar, vazifani bajarish choralarini ko‘rish, tashkilotning ichki madaniyati va hokazo omillar ta’sir ko‘rsatadi. Xo‘sh, ta’sir ko‘rsatish nima degani? Bu axborot tizimida qanday axborot mavjudligi, u qanday saqlanishi, qay yo‘sinda qayta ishlanishi, ushbu tizim qanday ishlashi va hokazolarni oldindan belgilashni anglatadi. 3. Axborot tizimlarining tuzilishi Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minlovchi va funksional qismlarga ega (1-rasm). Ta’minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va lingvistik ta’minotdan iborat bo‘ladi. Axborot ta’minoti — tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotni tasniflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikatsiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo‘yicha loyiha qarorlarining, shuningdek, ma’lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir. U ko‘rsatkichlarni, ma’lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjatlarning unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o‘z ichiga oladi. Download 27.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling