Reja: Sonlarning tuzulishiga ko’ra turlari


Download 26.65 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi26.65 Kb.
#1478023
1   2   3   4   5
Bog'liq
SON SO’Z TURKUMINING LEKSIK – GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Sonlarning otlashishi Son birikkan ot tushib qolganda son otlashadi va otga xos barcha vazifalarni bajara oladi: To’qqizida bo’lmagan aql to’qsonida ham bo’lmas. To’qqiz yoshida bo’lmagan aql to’qson yoshida ham bo’lmas. Esga oling! Sonlar otlashganda metonimiya usulida ma’no ko’chgan hisoblanadi: O’ninchida o’qiyman (o’ninchi sinf nazarda tutilgan). Birni kessang, o’nni ek (daraxt nazarda tutilgan).

Sonning otlashishiga doir mashq. 1. Uchalamiz beshalasiga qarshi maydonga chiqdik. 2. Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar, to’rtovlon tugal bo’lsa, ko’kdagini indirar. 3. O’n beshinchida boraman. 4. Shahar markaziga 16 boradi. 5. To’rtinchi, to’rtinchi, beshinchiga javob bering. 6. O’shanda yanvarning o’n beshi edi. 7. Bobur ko’chasi, 56 da turaman. 8. Marhumning yettisi o’tkazildi. 9. Birni bersang otangga, mingni olasan bolangdan.




Sintaktik vazifalari.
Son—predmetning son-sanog’ini va tartibini bildirib, qancha? necha? nechanchi kabi so’roqlardan biriga javob bo’ladigan mustaqil so’zlardir: beshta, birinchi. Sonlar predmetning aniq miqdoriy belgisini bildiradi. Qiyoslang: bola keldi (miqdor noma’lum), bolalar keldi (birdan ortiq, lekin noma’lum), ikkita bola keldi (miqdor aniq). Sonlar ko’plik shaklini otlashganda oladi: besh baholarim ko’p--beshlarim (otlashgan) ko’p. Sonlar o’zidan oldin belgi bildiruvchi so’zni olmaydi: ikkita shirin non--shirin ikkita non (noto’g’ri)
Sonlarning otlashishi Son birikkan ot tushib qolganda son otlashadi va otga xos barcha vazifalarni bajara oladi: To’qqizida bo’lmagan aql to’qsonida ham bo’lmas. To’qqiz yoshida bo’lmagan aql to’qson yoshida ham bo’lmas. Esga oling! Sonlar otlashganda metonimiya usulida ma’no ko’chgan hisoblanadi: O’ninchida o’qiyman (o’ninchi sinf nazarda tutilgan). Birni kessang, o’nni ek (daraxt nazarda tutilgan).

Download 26.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling