Sonning otlashishiga doir mashq. 1. Uchalamiz beshalasiga qarshi maydonga chiqdik. 2. Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar, to’rtovlon tugal bo’lsa, ko’kdagini indirar. 3. O’n beshinchida boraman. 4. Shahar markaziga 16 boradi. 5. To’rtinchi, to’rtinchi, beshinchiga javob bering. 6. O’shanda yanvarning o’n beshi edi. 7. Bobur ko’chasi, 56 da turaman. 8. Marhumning yettisi o’tkazildi. 9. Birni bersang otangga, mingni olasan bolangdan.
Sonlarning sintaktik vazifalari
|
|
|
Sifatlovchi aniqlovchi
|
Daraja-miqdor holi
|
Ot kesim
|
Otga bog’lanadi
|
Fe’lga bog’lanadi
|
Gapning markazi bo’ladi. Odatda gap oxirida keladi
|
Uchta atirgul oldim
|
Qirq marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi
|
Birniki—mingga, mingniki—tumanga.
|
Sonlar otlashganda ot kabi barcha gap bo’lagi (ega, kesim, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol) bo’la oladi. O’ninchilar (ega) hovliga yug’ildi. Ikki karra ikki—to’rt (ot kesim). Toqqizni (vositasiz to’ldiruvchi) uchga (vositali to’ldiruvchi) ko’paytir. Ikkalamizning (qaratqich aniqlovchi) orzumiz—shu. Sakkizda (hol) boshlaymiz.
Uyga vazifa: 1.Tayog’i yo’g’on birni urar, so’zi yo’g’on mingni urar. 2. Bolalar davrani ikki aylanishdi, qo’l berib ko’rishishdi. 3. Kecha tog’ang berib ketgan zog’oradan ikkitasini olib qo’yganman, birgalashib choy ichamiz. 4. Nafis chayqaladi bir tup na’matak… 5. Beshovining ham fikri bir yerdan chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |