Reja: Sport-barkamol avlodni tarbiyalashning muhim vositasi


Download 47.78 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi47.78 Kb.
#220485
  1   2   3   4   5

Reja:

  1. Sport-barkamol avlodni tarbiyalashning muhim vositasi

  2. Bolalar sportini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari

  3. O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya, sportni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari

  4. Uch bosqichli (“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, va “Universiada”) ta‘lim-tarbiya tizimining joriy etilishi

  5. O’zbekiston-kurash Vatani

XULOSA

Sport-barkamol avlodni tarbiyalashning muhim vositasi.

O’zbekistonda mustaqillik yillarida har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish jarayonida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida g’amho’rlik ko’rsatilmoqda. Biz uchun asosiy ham, oqibatida ham jismoniy madaniyat yaratildan ommaviy sport muhimroqmi yohud ba‘zan katta biznes manbaiga aylanib keladigan “katta” sportmi? Sportni sanoat darajasiga ko’tarish shartmi. Jismoniy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatning bir qismi, inson sihat-salomatligini mustahkamlash va jismoniy qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohali. Jismoniy tarbiya esa har tomonlama chiniqtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Boshqacha aytganda, o’zaro tafavut qiluvchi turli hodisalar. Lekin, qizig’i shundaki, ular bir-birisiz yashay olmaydi. Chunki jismoniy madaniyatga jismoniy tarbiya orqali erishiladi.

Jahon madaniyati, fan texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichi insoniy tafakkurining yuksak parvozi, fikr inqilobi bilan chambarchas bog’liq sog’lom tanda-sog’ aql, -deydi dono xalqimiz. Aqliy kamolot sari intilgan jamiyat jismoniy yuksalish orqali ham o’z maqsadiga erishadi. Bu esa jismoniy madaniyatni rivojlantirish naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini beldiradi. Shu jihatdan olib qaraganda, bugun mamlakatimizda Prezidentimiz farmoni bilan bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining tuzilishidan, “Sport bu mening hayotim”, “Sport orqali yuksaklikka parvoz qilamiz” kabi shiorlarning o’rtaga tashlanishidan ko’zlagan maqsad yanada yaqqolroq ko’rinadi.

Har bir millatning madaniylik darajasi uning sog’lomligi, jismoniy kamolot darajasi bilan ham belgilanishi esdan chiqarmaslik zarur. Ma‘naviy va jismoniy madaniyati mutonosib ravishda taraqqiy topgan xalqlarni, millatlarni yuksak madaniyat hisoblari, deb atash mumkin. Demak, kamolot cho’qqisiga eltuvchi to’g’ri va yaqin yo’l xalq o’yinlari, boshqacha ifodalanganda, ommaviy sportdan boshlanadi.

Jismoniy madaniyatni ko’tarish muayyan moddiy, ijtimoiy-siyosiy, pedagogik va tabiiy sport-sharoitlarning mavjudligiga har jihatdan bog’liq. Tarixdan yaxshi ayonki, mustamlakachilik asorati, sohta erkinlik xalqning milliy madaniyatiga putir yetkazishi bilan birga, uning jismoniy madaniyati taraqqiyotiga ham jiddiy ziyon keltiradi. Jismoniy tarbiyaga bo’lgan e‘tibor, g’amho’rlikning kun sayin oshib borishi fikrimizning yorqin dalilidir. Ma‘lumki, jismoniy tarbiya yoshlarni tarbiyalashning biologik omillariga, sharoitlaridan kelib chiquvchi biologik tabiatiga asoslanadi. Jismoniy tarbiya mazmuni jismoniy kamolot, jismoniy holat diognostikasi, jismoniy tarbiya madaniyati, sport ishlari, jismoniy ma‘lumot tushunchalarida o’z ifodasini topadi. Jismoniy kamolot yosh avlod ikki a‘zolarining o’zgarishi, o’sishidir. Birinchi navbatta yurak va o’lka, shuningdek nevr va harakat tizimi, tana shaklining o’zgarishi, teri-muskul tizimi og’irligi, tananing mukammal rivojlanishidir. Pedagogik tushunchada jismoniy kamolat deganda insondagi jismoniy ma‘lumoning tushunchalarida o’sishi borasidagi o’zgarishlar, yani adabiyotdan murakkabga, pastdan yuqoriga, nomukammallikdan mukammallikka tomon bo’lgan o’zgarishlar tushuniladi.

O’quvchining jismoniy kamolotlari uchun sharoit yaratish va pedagogik boshqarish jismoniy tarbiyaning vazifasidir. Jismoniy tarbiya tizimida jarayoniy kamolot diognostikasi muhim o’rin tutadi. Jismoniy kamolot jismoniy tarbiya tarbiya saviyasi, fan tili bilan aytilganda, jismoniy tarbiyasamaradorligi ko’rsatkichidir.

Maxsus usul va jismoniy texnika asosida o’quvchilarning sog’liqlarini, har bir individual shaxs kamoloti saviyasini tadqiq etish: belgilangan norma undan uzoqlashish ko’rsatkichlarinioldindan belgilash negizida jismoniy tarbiya uchun doimiy ko’rsatkichaniqlanadi. Jismoniy yetuklik deganda badanning tashqi ko’rinishidagi garmoniya, go’zallik shakli, jismoniy sifatlarning yuqori darajadagi kamoloti tushunisladi. Agar diognostika o’quvchilarning yoki biron-bir o’quvchining jismoniy va tibbiy ko’rsatkichlari pasayib ketayotganligini ko’rsatsa, demak, zudlik bilan jismoniy tarbiyadagi mavjud tizimni o’rgatish lozim. Shuning uchun ham maktablarda, bilim yurtlarida individual yoki guruhli differentsial tartibdagi jismoniy tarbiyani tashkil etishni yo’lga quyish kerak.

Jismoniy madaniyat jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Shu bilan birgalikda, jismoniy madaniyat inson va jamiat umumiy madaniyatining ham ajralmas qismi. Jismoniy madaniyat mazmuniga quyidagilar kiradi:



  1. Inson a‘zolarining tuzilishi va ularning funksional kamolati. Ichki a‘zolar, nerv va harakat, suyak muskul tizimi, badanning uyg’unligi va ularning funksional faoliyatini boshqarish.

  2. O’quvchining sog’lomligini mustaxkamlash.

  3. Gigena qoidalarga ko’nikish.

  4. O’quvchilarning har tomonlama mohirligini o’stirish.

  5. Bo’lajak ishchi-mehnatkashlarning jismoniy va fiziologik jihatlarini ahamiyati jihatidan shakllantirish, ish qobiliyatlarini oshirish.

  6. O’quvchilarning jinsiy va yosh xususiyatlari uchun sharoit yaratish.

  7. O’quvchilarning iroda, chidamlilik, qat‘iyyanintizom, do’stlik hissini kamol toptirish.

  8. Shaxsiy jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash.

Ko’rinib turibdiki, jismoniy tarbiya mazmuni benihoya kengdir. Bu vosita yoshlarimizning tushmur tarzi, jismoniy madaniyat va sport asosida mazmunli shakllanishini ta‘minlaydi. Ilg’or pedagogik tajribalarning va o’quvchilar jasoalarningturmush tarzi va dasturiga aylangandir. Ayniqsa jismoniy tarbiya darslari, sport va jismoniy tarbiyatarg’iboti, ishlab chiqish ta‘limi texnologiyasi va ishlab chiqarish amaliyoti borasidagi yutuqlarini rag’batlantirishda, o’quvchilarning uzoq vaqtgacha ish qobiliyatlarini turishda, yoshlarimishning jismoniy va fiziologik sifatlarini kasb mazmuniga bog’lash borasidagi jarayonlardan beqiyos ahamiyatga egadir.

Jismoniy madaniyat-sport ishlari yoki oddiy sport sho’balari, klublari, guruhlar yoki ommaviy musobaqalar va hokazolarda namayon bo’ladi. Jismoniy tarbiya bo’yicha o’quvchilar bilan yakka tarzda ishlash natijasida o’zaro bo’shashib qolgan, jismoniy tarbiya kamchiligi bor, darsdan ozod qilingan bolalarning sog’liqlarini tiklash ishlari olib boriladi. Bundan tashqari, jismoniy qobiliyatli bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olib ham individual mashg’ulotlar yo’lga qo’yiladi. Ayrim qobiliyatlari bolalar, maktab va boshqa o’quv yurtlarida o’qish bilan birga ommaviy sport ishlarida ishtirok etib, yuksak natijalarni qo’lga kiritiladi, xatto o’rta mahsus yoki oliy ma‘lumot ham olishlari mumkin.

Mamlakatimiz rahbari O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tomonidan 2008 yil avgust oyidan buyon o’tgan vaqt maboynida mamlakatimizda, ayniqsa, qishloq joylarda sport infratuzilmasini barpo etish hamda bolalarni sportga ommaviy jalb qilish borsida amalga oshirilgan ishlar bolalar sporti inshoatlarini zarur jixoz va anjomlar bilan ta‘minlash, ularni respublikamizda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish hamda qishloq joylarda bolalar sportini rivojlantirishda mahalliy hokimlik organlarining ro’li va mas‘uliyatini atroflicha tahlil etishdan iborat ekanini ta‘kidladi.

Jamg’arma endi tuzilgan kezlarda uning hayotimizda tutajak katta o’rniga unchalik ishonmaganlar ham bo’lgan edi, dedi Prezidentimiz. Lekin o’tgan vaqt maboynida Jamg’arma o’z oldida qo’ygan maqsad va vazifalarning ahamiyatini nafaqat joylarda sportni rivojlantirishning timsolida, balki muayyan ijtimoiy muammolarni al etish, yoki avlodni komil insonlar etib tarbiyalash, farzandlarimizning imon-irodalani mustahkalash, mustaqil dunyoqarashini shakllantirish, ularning ongi shuurida Vatanga sadoqat va el-yurtga mehr muruvvatlar tuyg’ularini qaror toptirishdek yuksak maqsadlarimizni ro’yobga chiqarishda ko’maklashish bilan ham isbotlab turibdi.

Shu bilan birga, bolalar sportini rivojlantirish dasturini bajarishda muayyan kamchiliklar ham mavjud. Sport inshoatlarini qurish bo’yicha tender savdolarini o’tkazishda pudratchi tashkilotlarni moddiy-texnika ta‘minoti moliyaviy holatiga yetarlicha e‘tibor berilmaydi. Ayni viloyatlardagi yanada buyurtmachi qurilish tashkilotlari sport inshoatlarini topshirish muddatini asossiz cho’zib, sifatini qoniqarsiz bajarmoqda. Ba‘zi hollarda yangi sport maskanlari to’la quvvat bilan ishlamayapti va sport jihozlaridan samarali foydalanishmayapti.

Ommaviy sport turlari uchun zarur jihozlari, ayniqsa, fudbol va valibol turlarini, shuningdek, yugurish yo’laklari va sport maydonlari sun‘iy qoplamalarni o’zimizda ishlab chiqarish haligacha to’la yo’lga qo’yilmaydi. Bolalar sporti inshoatlarini har bir sport maskanining asl maqsad va yo’nalishidan kelib chiqib ish ko’rish lozim. Ya‘ni, profetsional sportchi yoshlarni tayyorlaydigan sport zallarida profetsional mahoratini oshiradigan sport anjomlari o’rnatilishi zarur. Umumiy o’rta ta‘lim maktablari sport maskanlarini esa bolalarga mos sport anjomlarini bilan jihozlash lozim.

Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzishdan asosiy maqsad-istiqlolning ilk yillaridayoq belgilab olingan buyuk maqsad-muddaolarimizga, qurayotgan jamiyatga munosib, ham jismonan, ham ma‘nan sog’lom, hech kimdan kam bo’lmagan avlodni tarbiyalashdir, deb takidladi yurtboshimiz.

Har tomonlama havasga loyiq komil avlodni tarbiyalamay turib, ezgu niyatlarimizni amalga oshirishimiz qiyin. Mazkur jamg’arma orqali, avvalo, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, farzandlarimizni salbiy ta‘sirlardan asrash, sportni ommaviy, umumxalq harakatiga aylantirish darkor. Masalaning mahiyatini ana shu tarzda chuqur anglash uchun, dast avval, bugungi ahvolga to’g’ri, holis baho berish lozim.

Yurtboshimiz qishloq maktablarida sportni rivojlantirish, qizlarning sport bilan shug’ullanishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, bolalar sporti murabbiylarini, hususan, xotin-qiz murabbiylarimizni tayyorlash kabi dolzarb masalalarga ham alohida e‘tibor qaratdi. Bu masalalarni samarali hal etish borasida mutasaddi rahbarlar bolalar sportini rivojlantirish nainki ijtimoiy, balki davlat ahamiyatiga molik siyosiy masala ekanini teran anglab olmog’i darkor.

Har bir rahbarning asosiy vazifasi mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatni uning ustuvor yo’nalishlarini, strategik maqsadlarini to’g’ri tushinish, odamlarimizning, hususan, yoshlarimizning ertangi kunini o’ylash, buning uchun munosib shart-sharoit yaratib berishdan iborat.

Bolalar sportini rivojlantirish borasida boshlangan ishlarimiz o’zini oqladi, dedi Prezidentimiz. Biz hech kimdan kam bo’lmagan avlodni voyaga yetkazish maqsadida bu ishga qo’l o’rganamiz. O’tgan qisqa davrda bu borada muayyan yutuqlarga erishdek. Bu tashabbusimiz, hayrli ishimiz o’z mevasini bermoqda. Zero bugan joylarda sportga qiziqish izchil kuchayib bormoqda.


Download 47.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling