Reja: Sport-barkamol avlodni tarbiyalashning muhim vositasi
Bolalar sportini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari
Download 47.78 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- To’rtinchidan
1.2. Bolalar sportini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari.
Respublikamizda bolalar sportini rivojlantirishning ilmiy nazariy asoslari, asosiy yo’nalishlari Prezidentimiz asarlari va nutqlarida, shu sohaga oid prezident qaror va farmonlarida kadrlar tayyorlash milliy dasturida, “Sog’lom avlod dasturi”da, “Jismoniy tarbiya va sport dasturlari”dagi, qonunda va boshqa xujjatlarda yorqin ko’rsatib berdi. Respublikada “Jismoniy tarbiya to’g’risida” Qonunning qabul qilinish, “Sog’lom avlod uchun” ordenning ta‘sis etilishi, “Respublikada Fudbolni rivojlantirish to’g’risida” chiqarilgan Prezident farmoni, Tennisni rivojlantirish maqsadida “O’zbekiston Prezidentining xalqaro kubogi” tashkil etilishi sportni takomillashtirishda ilk poydevorlar bo’ldi. Yurtimizdagi sport inshoatlarini jahon standartlariga moslab qurish va ta‘mirlash umumxalq ishiga aylantirilgan. Vatanimizning sha‘nini munosib himoya qila oladigan sog’lom, baquvvat, irodali, chiniqqan, mahoratli sportchilarni tarbiyalash (tayyorlash) maktablarini yaratish xaqida g’amho’rlik qilinmoqda. Sportchilarimizning jahonning barcha musobaqalarida munosib qatnashishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilib, ijodiy sog’lom muhit barpo etish. Jismoniy tarbiya jarayonida sog’lomlashtirishgina emas, balki, ta‘lim tarbiya vazifalari ham amalga oshirildi. Maktabdan tashqari ta‘lim muassasalarida ommaviy sport musobaqalari qatori maxsus mashg’ulotlar ham o’tkazish lozim. Bunda xududiy va etnik, ijtimoiy, madaniy omillarni hisobga olish muhimdir. Sinfdan tashqari mashg’ulot shakllariga quyidagilar kiradi: gigina gimnastikasi, chiniqtirish, salomatlik daqiqalari (soati) harakat uchun tanaffus, sayr qilish, kuni uzaytirilgan guruhlar uchun jismoniy tarbiya soati, sport to’garaklari, salomatlik va sport kunlari, jismoniy tarbiya bayramlari, sog’lomlashtirish lagerlari, sport turlari bo’yicha maktab sesiyalari, maktabda sport musobaqalari va boshqalar. Maktabdan tashqari mashg’ulotlar shakllari-o’smirlar va bolalar sport maktablari, turistik-sayohat ba‘zalari, o’quvchilar uyi va saroylaridagi sport sesiyalari, bolalar dam olish bog’i, yashab turgan hududlaridagi sport sesiyalari, jismoniy sog’lomlashtirish kombinatlari, (Maktablaro) o’quvchilarning tuman, sharoiti viloyat va Respublikada sport musobaqalari kabilardir. Hozirgi paytda eng muhim jarayon milliy an‘analarimiz va O’zbekiston jug’rofiy-iqlim xususiyatlarini o’z ichiga olgan mazmunan boy sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni amalga oshirishdir. O’zaro bilim olish muhim yo’nalish hisoblanadi. Agarda u muntazam ravishda o’tkazib turilsa, kutilgan natijalarni beradi. O’zaro o’rganish yoki bilim olishni tashkil etishda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari faqat dars jarayonida emas, balki darsdan tashqari vaziyatlarda ham zaruriyatga aylangan taqdirdagina o’quvchilar olgan bilimini har kungi odatga aylantiradi, odat jismoniy tarbiya mashg’ulotlari joydagi va zarur degan e‘tiborga aylanadi. Ayniqsa etiqotli barqaror axloqiy meyyorlariga aylanadi. Ayniqsa O’zbekistonning sportdagi iftixorlari bilan tanishtirib borish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining asosiy mavzu sifatida shakllanishiga tor ma‘noda qaramaslik lozim. Chunki u turmush tarzining asosiy qismi, millat salomatligini ta‘minlovchi tizimdir. Shuni unutmaslik kerakki, o’quvchilarning o’zlariga maqul bo’lgan sport sesiyalariga doimo qatnashishi, musobaqalarda ishtirok etishi sportning yuqori pag’onalari sari qo’yiladigan ilk maqsadli qadamdir. Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy tarbiya va sportga doir ishlarning sifati qanday darajaga bo’lishi, bolalar va o’smirlar sport maktabida o’quvchilarni ko’proq jalb qilishga bog’liq. Bu esa Respublikamiz sportining kelajagini ham belgilaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy-sog’lomlashtirish faoliyatining yana bir jixati maktab, oila, jamoat tashkilotlari va tarbiyaviy jarayonga aloqasi bo’lgan barcha shaxslarning o’zaro hamjixatlikda ishlash tizimini tashkil etishdir. Bu sohada “Sog’lomjon polvonlar” sport festivali, “Quvnoq startlar” o’yini, “O’quvchilar spartakiadasi”ga keng o’rin berish kerak. Bolalar sporti ob‘ektlaridan foydalanish samaradorligini baholashning eng muhim mezonlari etib quyidagilar belgilandi. Maktab yoshdagi bolalar o’rtasida kasallikka chalinish ancha kamaydi. Ularning faolligi va jismoniy madaniyati oshdi. Shu bilan birga, tekshirish yakunlariga ko’ra, biz qancha jiddiy nuqson va kamchiliklarni aniqladik. Foydalanishga topshirilgan bolalar sporti ob‘ektlardan hali yetarlicha samarali foydalanishmayapti, mavjud imkoniyatlar to’liq ishga solinmayapti. Eskirgan sport anjomlari va uskunalarini yangilash hamda almashtirish o’z vaqtida ta‘minlamayapti. Barpo etilgan suzish havzalari imkoniyatlaridan past darajada foydalanilmayapti. Bolalar sporti ob‘ektlarini trenerlar, ayniqsa, xotin-qiz trenerlar bilan ta‘minlash ishlari olib borilmayapti. Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida shunday hollar mavjud. O’quvchi-yoshlarni sport bilan muntazam shug’ullanuvchilarga, avvalo, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida keng jalb etish bo’yicha tushuntirish ishlari sust olib borilmoqda. Qizlarni, ayniqsa, qishloq joylarda sport bilan shug’ullanishga jalb etish borasida ishlar hali-hamon qoniqarsiz ahvoldi. Bolalar sporti ob‘ektlaridan foydalanish samaradorligini baholashning eng muhim mezonlari etib qo’yidagilar belgilangan.
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi, ayniqsa, bolalar sportini yanada rivojlantirish, har bir shahar va qishloqda zamonaviy talablarga javob beradigan. Zarur anjomlar bilan jihozlangan sport maydonchalari, inshoat va majmualarini barpo etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarimiz o’zining ijobiy samarasini bermoqda. Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, istiqlol yillarida yurtimizda 1 ming 200 dan ziyod yangi sport inshoati barpo etilib, ularning mingdan ortig’i qishloq joylarda qurildi. Bu esa 260 ming nafardan ziyod bolalarning sportning ko’plab turlari bilan muntazam shug’ullanishi uchun imkoniyat yaratdi. Qiz bolalarni, eng avvalo, qishloq qizlarini sport bilan shug’ullanishiga jalb etishda joriy yillarda sezilarli natijalarga erishdi. “Sport hayotidan hech kim chetda qolmasligi kerak” degan shiordan kelib chiqqan holda, kam ta‘minlangan oilalarning 120 ming nafar qizlar uchun 3 milyard 500 million so’mlik sport keyim va jihozlari harid qilindi. Yana bir muhim holatga e‘tiboringizni qaratmoqchiman. Mamlakatimizda badiiy gimnastikani rivojlantirish dasturi qabul qilingach, sportning ushbu nafis turi bilan shug’ullanadigan qizlar soni shu yilning o’zida 6-7 barobar, ayrim viloyatlarda esa 10-12 barobar ortdi. SHu ma‘noda, bu yil o’tkazilgan 42 ta xalqaro musobaqalarda yurtimizdan ishtirok etgan 500 nafardan ziyod yosh sportchilarning uchdan bir qismini qizlar tashkil etgani ayniqsa e‘tiborlidir. Ma‘lumki, shu yil yozda Singapurda bo’lib o’tgan birinchi o’smirlar Olimpiya o’yinlarida sportchi yoshlarimiz munosib qatnashib, 9 ta medalni qo’lga kiritdi. Yuqori zikr etilgan Osiyo o’yinlarida esa O’zbekiston sportchilari nafaqat qit‘amiz, balki dunyo miqyosida ham tan olingan qudratli davlatlarning vakillari bilan kuchli bellashuvlarda 11 ta oltin, 22 ta kumush, 23 ta bronza medalni qo’lga keritdi, umumjamoa hisobiga 8-o’rinni egallab, kuchli o’nlikdan joy olishga erishdi. Bugungi fursatdan foydalanib, xalqaro maydonlarda Vatanimiz shon-shuxratini butun dunyoga tarannum etayotgan istidodli yosh sportchilarimiz ayrimlarining tilga olishdan mamnunman. Ko’zga ko’ringan sportchilarimizdan Rishat Sobirov, Rustam Qosimjonov, Vladimir To’ychiev, Vadim Men‘kov, Dilshod Mansurov, Yuliya Tarasov, Artur Toymazov, Elshod Rasulov, Svetlana Radzivil, Serik Mirbekov, Gerasin Kuchnev, Sergey Borzov, Aleksey Bobojonov, Vyatcheslov Gorn, Aleksey Machalov kabi yoshlarimiz Osiyo o’yinlarida oltin medal sohibi bo’ldilar. Ayniqsa, Toshkent davlat jismoniy tarkibi institutining talabasi, Kanoeva eshkak eshish bo’yicha ikki karra jahon chempiyoni Vadim Minkov xalqimizning haqiqiy iftihoriga aylandi. Bu iste‘dodli sportchimiz 2010 yilda o’z yunalishi bo’yicha dunyoning eng yaxshi sportchisi deb tan olindi. Bularning barchasi, o’znavbatida, O’zbekiston terma jamoasining 2012 yili Londinda o’tadigan olimpiya o’yinlarida muvoffaqiyatli eshtirok etishga bo’lgan ishonchimizni yanada mustahkamlaydi. Futbol bo’yicha Osiyo chempeonatida ajoyib o’yin namayish etgan O’zbekiston O’smirlar terma jamosi kelgusi yili Meksikada bo’lib o’tadigan jahon chempionatida ham o’z mahoratini ko’rsatishga ishonamiz. Argentinada bo’lib o’tgan amputant-nogironlar futbol bo’yicha chempionatida ikkinchi maratoba chempion unvoniga sazovor bo’lgan O’zbekiston terma jamoasi a‘zosi haqiqiy jasorat va fidoiylik ko’rsatib, o’zlarining metin irodasini namoyish etadi. SHular haqida gapirar ekanman, o’z hayotini sportga bag’ishlab, jahon va qit‘a musobaqalarida O’zbekiston bayrog’ini baland ko’tarib kelayotgan barcha mard va jasur sportchilarimizga chuqur minnatdorchilik bildirb, katta g’urur va iftixor bilan ularga yangi-yangi zafarlar tilashga ruhsat bergaymiz. Download 47.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling