Reja Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha


Download 270.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi270.88 Kb.
#1153469
1   2   3   4
Bog'liq
2-Мавру. Статиситика

Kuzatish organi - bu har qanday statistik kuzatishni bevosita tashkil 
qiladigan va o’tkazadigan tashkilotdir. Aholi ro’yxatini o’tkazishda, sobiq ittifoq 
paytida, faqatgina Markaziy statistika boshqarmasi (MSB) kuzatish organi bo’lib 
hisoblanardi. Kuzatish organi bo’lish uchun (kuzatish o’tkazishdan oldin, kuzatish 
paytida va undan keyin) juda katta javobgarlikni bo’yniga ola oladigan va shu ishni 
kami-ko’stsiz bajarishga qurbi etadigan tashkilot bo’lishi kerak. Bu javobgarlik 
o’ta muhim va boshqalardan farq qiladi. Masalan, aholi ro’yxatini o’tkazish organi 
bo’lgan tashkilot ishiga shu mamlakatning xalqi, hukumati va bir qancha nufuzli 
xalqaro tashkilotlar baho beradi. 
Kuzatish vaqti va muddati - deganda statistik kuzatish qachon (qaysi 
vaqtda) va necha kunda amalga oshirilishi tushuniladi. Kuzatish vaqtini tanlash 
muhim masala.Odatda, aholi ro’yxatini o’tkazish uchun qish payti tanlanadi (oxirgi 
ya’ni, 1989 yilgi aholi ro’yxati 12-19 yanvar kunlari o’tkazilgan), chunki bu 
paytda aholini harakati eng pastdir. 
Kritik fursat (moment) - bu hodisa va voqealarning ma’lum bir nuqtaga 
bo’lgan holatidir. Aholi ro’yxati o’tkazilgan 8 kun ichida qancha o’zgarishlar 
bo’ladi: bir tomondan tug’ilish, ikkinchi tomondan o’lish, ko’chib kelish va ketish. 
Shuning uchun ham, kritik payt (moment) belgilanib, faqat o’sha momentga 
bo’lgan aholi soni aniqlanadi.Shu paytga bo’lgan aholi sonini fotosuratga olinadi 
desak ham xato qilmaymiz. 1989 yilgi aholi ro’yxatida 11 yanvardan 12 yanvarga 
o’tar kechasi soat 24
00
kuzatishning kritik payti deb belgilangan edi. Bu degani, 
kechasi soat 23 dan 59 minut o’tganda o’lgan odamga va soat 00dan bir sekund 


keyin tug’ilgan bolaga ro’yxat varaqasi to’ldirilmaydi, agarda teskarisi bo’lganda 
edi ikkalasiga ham ro’yxat varaqasi to’ldirgan bo’lar edik. 
Kuzatish qaerda o’tkazilsa o’sha joy kuzatish joyi deyiladi. 
Statistik kuzatish natijalari uni o’tkazishga qanday tayyorgarlik 
ko’rilganligiga bog’liq.Tayyorgarlik ishlari statistik kuzatish o’tkazishni e’lon 
qilishdan boshlanadi. Birinchi navbatda ro’yxatni aniqlash, so’rov varaqasini 
tuzish, kuzatish o’tkazuvchilarni tanlash va tayyorlash turli-tuman 
yo’riqnomalarni tayyorlash va chop etish, shunday statistik kuzatish o’tkazishni 
zarurligi va mohiyatini xalqga ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish 
kerak. Bu ishlarni qanchalik yuqori darajada tashkil qilsak kuzatish natijalari 
shunchalik yuqori va ishonchli bo’ladi. 
Har qanday statistik kuzatish o’z oldiga faqatgina haqiqatni o’zida aks 
ettiruvchi ma’lumotlarni to’plashni maqsad qilib qo’yadi.Lekin ma’lumki, real 
hayot bilan kuzatish materiallari o’rtasida hamma vaqt farq bor. Bu farq kuzatish 
xatosi deb yuritiladi. 
Statistik kuzatish xatosi o’z navbatida: 
-qayd qilish xatosi; 
-reprezentativ (vakolatli) xatoga bo’linadi. 
Qayd qilish xatolari kuzatish jarayonida faktlarni noto’g’ri aniqlash 
oqibatida paydo bo’ladi. Ular o’z navbatida: 
-tasodifiy; 
-muntazam xatolarga bo’linadi. 



Download 270.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling