Reja: Statistikaning paydo bo`lishi va rivojlanishi Statistika haqida tushuncha Statistika fanining predmeti va usullari. Statistika fanining tarmoqlari va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning tutgan o`rni va


Statistika fanining predmeti va usuli


Download 98.71 Kb.
bet4/10
Sana08.11.2023
Hajmi98.71 Kb.
#1755642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
abbos111

3. Statistika fanining predmeti va usuli.
Ommaviy-ijtimoiy hodisalar deyilganda quyidagilar tushuniladi:
Birinchidan, iqtisodiy hodisalar tushuniladi. eng avvalo bu erda moddiy ne`mat ishlab chiqarish ko`zda tutiladi. Statistika iqtisodiy hodisalar miqdorini, ijtimoiy taraqqiyot negizi – iqtisodiy qonun va qonuniyatlarni aniq vaqt va joy sharoitida qanday miqdoriy bog’lanish va nisbatlarda yuzaga chiqayotganligini o`rganadi. Bu o`rinda u ishlab chiqarishni uning ikki tomoni – ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarini bir butunligida olib tekshiradi.
Ikkinchidan, madaniy va ta`lim-tarbiya sohasidagi hodisalar tushuniladi. Statistika ularni ham miqdor jihatdan o`rganadi. Jumladan, u madaniy-ma`rifiy munosabatlarning, o`quv yurtlarining, maktab, bog’cha, kutubxona va hokazolarning rivojlanishini o`rganadi.
Uchinchidan, siyosiy va mafkuraviy hodisalar tushuniladi. Barcha bo`lib o`tgan va bo`layotgan qurultoylar, plenumlar, sessiyalar, saylovlar, ulardagi qatnashchilarning soni, ovozlarning taqsimlanishi (ish tashlash­lar, namoyishlar) kabilar ana shunday hodisalar turkumiga kiradi.
To`rtinchidan, tabiiy hodislar tushuniladi. Tabiiy ofatlar, ya`ni zilzila, suv toshqinlari, do`l yog’ishi, yong’in, portlash kabi hodisalar statistika fanining o`rganish ob`ekti hisoblanadi.
Statistika o’z predmetini quyidagi kategoriyalar yordamida o’rganadi:
Statistik to’plam – bu umumiy bog’liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi
bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi ob’ekt yoki hodisalarning
yig’indisidir. Masalan, korxonalar soni, aktsiyadorlik jamiyatlari soni, oilalar soni
va h.k. To’plamlar bir jinsli (o’xshash, bir xil bo’lgan) va turli jinsli bo’lishi
mumkin.
O’rganilayotgan ob’ektning belgilari to’plamning hamma birliklari uchun
umumiy bo’lsa to’plam bir jinsli deyiladi. Masalan, xususiy firmalarni o’rganishda,
eng avvalo, ulardan ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi va shug’ullanmaydigan
korxonalarni ajratish kerak. Bu erdan ikkita yangi to’plam paydo bo’ladi. Bu
to’plamlarga kirgan har bir korxona to’plam birligi hisoblanadi.To’plam birliklari bir holatda bir jinsli, shu birliklar boshqa holatda bir jinsli
bo’lmasligi mumkin. Masalan, ish haqi nuqtai nazaridan davlat (yoki nodavlat)
korxonalarida band bo’lgan ayollar-ishchilar to’plami bir jinslidir. Aholini takror
ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, aniqrog’i tug’ilish masalasidan qarasak bu
to’plam bir xil emas, chunki ayollarning ayrim yoshdagilari endi bola tug’a olmaydi.
Belgi - bu to’plam birligining sifatiy xususiyatidir. O’rganilayotgan
to’plam birligini ifodalash xarakteriga qarab belgilar miqdoriy, atributiv va
alternativ belgilarga bo’linadi.Miqdoriy ifodaga ega bo’lgan belgilar miqdoriy belgilar deyiladi. Masalan,ish staji, mehnat haqi, kishi yoshi va h.k. Miqdoriy ifodaga ega bo’lmagan belgilar atributiv belgilar deyiladi. Masalan, professor, biznesmen, barmen, bankir va h.k. Agarda belgida, mohiyati bo’yicha teskari variant mavjud bo’lsa, bunday belgilar alternativ belgilar deyiladi. Masalan, har bir kishi turmush qurgan va qurmagan bo’lishi mumkin, do’kondagi tovar iste’molga yaroqli va yaroqsiz bo’lishi mumkin. Bunday belgilar bo’yicha ma’lumot to’planayotganda, odatda, savolga ha yoki yo’q deb javob beriladi.
Statistik o’rganishning farqli xususiyati, unda faqat o’zgaruvchan
(tebranuvchi, farqlanuvchi) belgilar o’rganiladi, ya’ni belgilar bir-biridan
farqlanadi. Bu farqlanish statistikada variatsiya deb ataladi. Masalan, menejer
ishini olaylik. Uning ishi natijasiga firmadagi umumiy sharoitlar va uning faqat
o’ziga bog’liq omillar (uning ma’lumoti, ishchanligi, ishni tashkil qila bilishi va
h.k.) ta’sir qiladi. Birinchi omil firmadagi hamma menejerlar uchun bir xil,
ikkinchi omil esa har bir menejer uchun alohida tasnifga ega. Bu omillar bir-biri
bilan qo’shilib, pirovard natijada ishchining ish natijasini har xil bo’lishiga olib
keladi. Bunday belgilar variatsion belgilar deb ham ataladi.Agarda, o’rganilayotgan belgining o’zgarishi turli davrlarga to’g’ri kelsa (oy, yil) bunday o’zgarish statistikada variatsiya emas, dinamika deyiladi.
Ma`lumki, tabiat va jamiyatda uchraydigan har qanday hodisa o`zining sifat va miqdor tomoniga ega.

  • Sifat deyilganda hodisaning ichki qiyofasi va aniqligi, uning rivojlanish qonuni va qonuniyatlari bilan bevosita bog’liq bo`lgan tub mohiyati tushuniladi.

  • Miqdor deyilganda hodisaning u yoki bu xususiyati va belgisining yuzaga chiqish me`yori, soni va darajasida ifodalangan uning tashqi qiyofasi, aniqligi tushuniladi.

Quyidagi tushunchalar ham statistika fani va uning usuli bilan chambarchas bog’liqdir.

  • Qonun va qonuniyatlar. Qonun – bu ikki hodisa o`rtasidagi ichki va zaruriy bog’lanishdir.


  • Download 98.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling