Reja: Statistikaning paydo bo`lishi va rivojlanishi Statistika haqida tushuncha Statistika fanining predmeti va usullari. Statistika fanining tarmoqlari va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning tutgan o`rni va


Download 98.71 Kb.
bet9/10
Sana08.11.2023
Hajmi98.71 Kb.
#1755642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
abbos111

Operativ-texnika hisobi korxona ishi ustidan operativ boshqarishni tashkil etish uchun xizmat qiladi. Korxona ma`muriyatini korxona va ayrim ishlab chiqarish bo`limlarining (ish joyi, tsex va hokazo) ishi va holati haqidagi ma`lumotlar bilan ta`minlab turish – bu hisobning asosiy vazifasidir. Operativ hisobga misol qilib ishchilarning ishga chiqishini qayd qiluvchi kundalik tabel’ hisobi, ish joylaria xom ashyo va materiallarning mavjudligi haqida kundalik hisob, mahsulotlarni ishlab chiqarish kundalik hisoblarni olish mumkin. Bu hisob ko`pincha natural o`lchov birliklarida olib boriladi.
Buxgalteriya hisobi korxonaning moddiy va pul resurslari harakatini hisobga oladi. U korxona mulkini qo`riqlashdagi muhim quroldir. Buxgalteriya hisobining xususiyati shundaki, u boshlang’ich hujjatlarga asoslanib, korxonaning moddiy va moliyaviy resurslaridagi har bir o`zgarishni pulda hisoblab, ikki yoqlama yozuv yo`li bilan hisobda qayd qiladi. Buxgalteriya hisobi korxonaning xo`jalik faoliyati natijalarini aniqlash va xo`jalik hisobini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Uning eng umumlashgan pirovard natijasi buxgalteriya balansidir.
Statistik hisob xalq xo`jaligi miqyosidagi hisob bo`lib, undagi sodirbo`ladigan hodisa va jarayonlarni umumlashtiradi va tegishli qonuniyatlarni aniqlaydi. U quyidagi tomonlari bilan yuqoridagi hisoblardan tubdan farq qiladi:

Qisqacha xulosalar
Statistika deganda ilk bor mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvolini sonlar va iboralar yordamida izohlash tartibi haqidagi fan tushunilgan bo`lsa ham, hozirgi kunda bu so`z ko`p ma`noda qo`llaniladi: Statistika-bu: 1)turmush, jamiyat hayoti haqidagi aniq sonlar, ko`rsatkichlar to`plami; 2) mazkur ma`lumotlarni to`plash, ishlash, umumlashtirish, saqlash va etkazib berish bilan bog’liq bo`lgan faoliyat sohasi; 3) ommaviy jarayonning ustidan ko`p kuzatishlar o`tkazish natijasida olingan umumlashtiruvchi mezonlar, ko`rsatkichlar;4)ilm-fanning maxsus sohasi. Statistika fani ommaviy hodisa va jarayonlarni o`rganadi, ularda namoyon bo`ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlaydi, ularning me`yorini belgilaydi. U o`z uslubiyatiga ega va ommaviy jarayonni o`rganish uslubi sifatida moddiy dunyo va ilm-fanning hamma sohalarida qo`llanadi. Ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy, ommaviy hodisalarni bilishda, idrok qilishda statistika beqiyos katta rol o`ynaydi. Bu sohada olib borilgan tekshirish va kuzatishlarni umumlashtirish natijasida statistika fan sohasi tarzida shakllanganligi va taraqqiy etib kelayotganligi bejiz emas. Uning uslubiyati barkamol topishida matematika va boshqa aniq fanlar hissasini ham inkor etib bo`lmaydi.

Download 98.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling