Reja: Statistikaning paydo bo`lishi va rivojlanishi Statistika haqida tushuncha Statistika fanining predmeti va usullari. Statistika fanining tarmoqlari va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning tutgan o`rni va
Download 98.71 Kb.
|
abbos111
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Statistik ko’rsatkichlar tizimi
Qonuniyat deyilgada ko`pincha hodisalardagi takrorlanish, ketma-ketlik, izchillik va tartib tushuniladi.
Hozirgi zamon fani namoyandalari ob`ektiv borliqning ikki turdagi qonuniyatlari to`g’risida fikr yurtadilar: dinamik va statistik qonuniyatlar. Faqat alohida hodisalarda ro`y beradigan qonuniyatlar dinamik qonuniyatlar deb ataladi. Ommaviy ma`lumotalrni umumlashtirish yo`li bilan aniqlanadigan qonuniyatlar esa statistik qonuniyatlar deyiladi. Statistik ko`rsatkich – aniq sharoitda sodir bo`lgan voqea va hodisaning miqdorini, hajmini, qiymatini ifodalaydi. Ko`rsatkichlar tizimi esa bir-biri bilan o`zaro bog’langan yaxlit tizim bo`lib, hodisa va voqealarni bir butunligicha tavsiflaydi. Statistik ko’rsatkich – bu kategoriya bo’lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik ko’rsatkichlar hajmiy va hisoblangan ko’rsatkichlarga bo’linadi. Ular reja, hududiy, haqiqiy, bashoratlangan ko’rsatkichlar shaklida bo’lishi mumkin. Statistik ko’rsatkichlarni statistik ma’lumotlar bilan chalkashtirmaslik kerak. Statistik ma’lumotlar bu statistik ko’rsatkichlarni aniq raqamdagi ifodasidir. 4. Statistik ko’rsatkichlar tizimi – bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan statistik ko’rsatkichlar yig’indisidir. Statistik ko’rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni barcha pog’onalarini o’zida qamrab oladi. Agarda ko’rsatkichlar mamlakat, hudud, tarmoq darajasida hisoblansa, ular makrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. Agarda korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. Har qanday fan o`z ob`ektini ma`lum usullar yordamida o`rganadi. Barcha fanlar uchun umumiy usul – dialektik usuldir. CHunki bu usul ijtimoiy hodisalarni rivojlanish jarayonida, o`zaro bog’langan holda o`rganishni taqozo etadi. Ijtimoiy hodisa va jarayonlarda sodir bo`ladigan barcha o`zgarishlarning tub sababi ularning o`zaro ta`sirida bo`lishidandir. Masalan, odam moddiy ishlab chiqarish orqali tabiat bilan bog’langan. Bu bog’lanishning shakli – insoniyatning yaxshi yashashi uchun zarur va shart bo`lgan mehnatdir. Mehnat jarayonida kishilarning iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari tarkib topadi, shu munosabatlar asosida ularning boshqa aloqalari – siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, etnik aloqalari ham vujudga keladi. Demak, hodisalarni kuzatayotganda ulardagi tomonlarni alohidalikda, bir-biridan ajralgan holda emas, balki shu hodisaga taalluqli barcha tomonlarni, aloqalarni birgalikda olib o`rganish zarur. Aloqalarni bilish juda katta ahamiyatga ega, odamlar bu aloqalarni bilib olib, ob`ektiv dunyoning qonunlarini kashf etadilar. Statistika dialektikaning qonun-qoidalariga asoslanib o`zining xususiy usullarini yaratgan. Ular quyidagilardan iborat: ommaviy statistik kuzatish; kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash; t urli umumlashtiruvchi ko`rsatkichlarni (masalan, mutlaq va nisbiy miqdor, o`rtacha iqdor, indeks, dinamik ko`rsatkichlar va hokazo) hisoblash; Download 98.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling