Reja: Statistikaning paydo bo`lishi va rivojlanishi Statistika haqida tushuncha Statistika fanining predmeti va usullari. Statistika fanining tarmoqlari va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning tutgan o`rni va


Statistika fan sifatida XVII asrda Angliyada paydo bo'lga


Download 98.71 Kb.
bet2/10
Sana08.11.2023
Hajmi98.71 Kb.
#1755642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
abbos111

Statistika fan sifatida XVII asrda Angliyada paydo bo'lgan. Siyosiy arifmetika maktabining namoyondalari Jon Graunt (1620-1674) va Uilyam Petti (1623-1687) statistika asoschilari hisoblanadilar. Chunki birinchi bo'lib ijtimoiy-iqtisodiy tekshirishlarda statistikani qo'Hash fikri U. Pettida tug' ilgan edi.
U. Petti o'z asarlarida ("Soliqlar va yig'imlar", 1662-yil.; "Donolarga so'z", 1664-yil; "Siyosiy arifmetika", 1676-yil) o'z tengdoshlarini qiziqtirgan sotsial va iqtisodiy savollarga miqdoriy hisob-kitoblarga suyangan holdajavob berishga harakat qiladi.
U. Pettining yaqin do'sti, fabrikant, Lord, London shahrining hokimi
J.Graunt birinchi bo'lib o'lish to'g'risidagi ma'lumotlar jadvalini tuzdi .
U tug'ilish masalalarini o'rgandi, birinchi bo'Jib o'g'il bolalar va qizlar
tllg'ilishi o'rtasidagi doimiy nisbatni ochdi (14112), Angliya aholisining
sonini (6,5 min. kishi), London ahoIisining soni 460 ming kishi , shulardan
qurol olib yuradigani (harbiy xizmatga yaroqlilari) 81 ming kishi ekanligini aniqladi, aholi migratsiyasini o'rgandi . Bulardan tashqari, u ommaviy miqdoriy hodisalarga taaIluqli ayrim statistik qonllniyatlarni aniqladi.
Siyosiy arifmetika maktabi bilan deyarli bir paytda Germaniyada tasviriy maktab (fan) ham paydo bo'ladi. Bu maktab asoschilari G. Konring
(1606-1681) va G. Axenvaldir. 1660-yilda G. Konring yangi soha (fan) bo'yicha ma'ruza kursini tashkil qiladi ("Davlatshunoslik" - "Staatskunde"). Bu fan - G. Konringning fikricha, har bir davlatda diqqatga sazovor bo'lgan faktlar (ro'y bergan
hodisa va voqealar) haqida so'zlab beruvchi fandir. Yangi fan o'z oldiga
davlat holatini ta'riftash, tasvirlash yoki rO'yxatga olishni vazifa qilib
qo'ydi. Asosiy maqsad, boshqaruvchi sinf vakillarini alohida davlatlarda boshqaruv metodlari va ularning boyligi bilan tanishtirishdan iborat edi. Bu tamoyil, G. Konringni Germaniyada juda mashhur va dongdor ma'ruzachiga aylantirdi. 1749-yilda Gettigenda xalqaro huquq va statistika professori G. Axenval C'Oavlatshunoslik" fanini nazariyachilari orasida eng ko' zga ko' ringan olimlardan bir "davlatshunoslik" fanining "Statistika" (Iotincha "Status" so'zidan olingan bo'lib, hodisalaming holatini, ahvolini bildiradi. "Status" so'zi negizida italyancha '·Stato" - davlat, amaliy siyosat va "Statista"- davlat arbobi, davlatni biluvchi so' zlari yotadi) deb atagan.
Ilmiy statistikaning rivojlanishi bilan bir qatorda statistika amaliyoti
ham paydo bo'la boshlaydi. Hayot tobora qiyinlashib borganligi sababli,
davlatlar statistik organlarni tuzishga majbur bo' ladilar. Birinchi davlat
statistika organi 1756-yilda Shvetsiyada tashkil qilingan. Fransiyada 1772-yildan butun mamlakat bo'yicha aholining harakatlari to'g'risida hisobotlar tuzish boshlanadi va 1801 yilda Fransiya ichki ishlar vazirligida statistik byuro tashkil qilinadi. Angliyada 1801 yilda aholi ro'yxati o'tkazilib, 30-yillarda sanoat vazirligi qoshida statistika departamenti barpo etiladi.





Download 98.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling