Reja: Subyektda investitsiyalarni boshqarishning umumiy asoslari


Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun har xil faoliyat turlarini samarali muvofiqlashtirish zarur. Bu narsaga faqat puxta kalendar rejalashtirish


Download 44.2 Kb.
bet2/6
Sana07.11.2023
Hajmi44.2 Kb.
#1754201
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Investitsiyalarni boshqarishning mohiyati

Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun har xil faoliyat turlarini samarali muvofiqlashtirish zarur. Bu narsaga faqat puxta kalendar rejalashtirish bo‘lgandagina erishish mumkin. Buning uchun turli, masalan, «tanqidiy yul» hamda «loyihani baholash va tahlil qilish usullari ishlab chiqilgan.
+anday usullar tanlanmasin, loyihani joriy qilish jarayonida dastlabki grafikning bajarilishini muntazam ravishda tahlil qilish kerak. Bu ish qurilish ishlarini bajarish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday tafovutlarni aniqlash va ularning xarajatlarga ta’sirini hisobga olish uchun qilinadi. Bundan kelib chiqadiki, taxminiy ko‘rsatkichlarni doimo investitsiya faza davomida yig‘iladigan real investitsiya va ishlab chiqarish xarajatlar bilan taqqoslash kerak. Bu narsa loyiha daromadliligining umumiy ko‘rsatkichidagi oxirgi uzgarishlarni kuzatish va nazorat qilish uchun qilinadi. Bu esa, uz navbatida, qisqa muddatli ssudalar ko‘rsatkichlari va investitsiya loyihasidagi aksiyadorlik ulushining o‘zgartirishini talab qilishi mumkin.

3. Investitsiya bozorini baholash va bashorat qilish


Ko‘plab mamlakatlar xorijiy quyilmalarni jalb etish maqsadida imtiyozli sharoitlarni yaratadi, xususan kapitallarni asrash va zararlarni qoplashni kafolatlaydi, imtiyozli soliq olishni kiritadi va foydani xorijga erkin o‘tkazishga ruxsat beradi, olingan daromadlar va boshqalarni qayta investitsiyalashga sharoitlar yaratadi.
Investorlarni jalb etishdagi ularni eng birinchi urinda kiziktiradigan omillar quyidagilardir: iqtisodiy vaziyat, siyosiy vaziyat, huquqiy soxa, geografik urin, institutsional tashkiliy texnik soha.
Investitsiyalarni moliyalashtirishning shart-sharoitlarini hisobga olib, respublika xududlarida investitsiya hajmini o‘stirish uchun izlanishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
asosiy ishlab chiqarish fondlarining resurslar va muddatlarni inobatga olgan holda qayta ishlab chiqarish dasturini tuzish va amalga oshirishi;
investitsion jarayoni tartibga solishning maqbul mexanizimini tanlash;
o‘z resurslarini topish va kapital quyilmalarning moliyalashtirish manbalarini oqilona nisbatini aniqlash;
xorijiy sheriklar bilan aloqa o‘rnatish va ularning mablag‘larini mintaqa iqtisodiyotiga jalb etish;
kapital quyilmalarning samaradorligini oshirish.
Iqtisodiy usishga erishish uchun nafakat investitsiyaning hajmini ko‘paytirish, balki ularning yunalishini va tuzulmasini to‘g‘ri tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalash uchun shunday ishlab chiqarish turlari va subyektlarni tanlash zarurki, ular tezda o‘zini qoplab, yuqori darajada iqtisodiy va texnologik samara bera olsinlar. Bunday holatda investitsiyaning tezda qaytarilishi va qanchalik samaradorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu investitsion jarayonni jonlantirish uchun turtki berishi, keyinchalik esa investitsiyalash uchun afzal tarmoqlaar va xo‘jalik yuritish subyektlarini tanlashga imkoniyat yaratish mumkin. Investitsiyaning qisqa muddatli siyosati iqtisodiy usishni ta’minlovchi tarmoqlar va subyektlarning ahamiyatini hisobga olib, uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyaga ega bo‘lishi lozim. Tarmoqlarning uchta asosiy guruhi: eksportga layoqatli qazilma sanoat, ilmiy-texnik imkoniyatlariga ega, eskirgan va xali texnik takomillashmagan tarmoqlar mavjud.



Download 44.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling