Reja: Subyektda investitsiyalarni boshqarishning umumiy asoslari
Investitsiya risklarining turlari va ularni boshqarish
Download 44.2 Kb.
|
Investitsiyalarni boshqarishning mohiyati
4.Investitsiya risklarining turlari va ularni boshqarish.
Loyihaviy risklar- bular investitsion loyihalarni amalga oshirshiga tahdid soluvchi va ularning samaraligini pasaytiruvchi risklarning yig‘indisidir. Risklarni tasniflashda turli xil tuzishlar va aspektlar mavjuddir: loyihaviy imkoniyatning bosqich va foydalariga ko‘ra; LF ishtirokchilarining risk omilariga ta’sir darajasi; risklardan himoyalanish imkoniyatlari nuqtasi nazariga ko‘ra; 1) Sug‘urtalangan 2) Sug‘urtalanmagan. LK larni qo‘yidagi turlari bo‘lish mumkin: Loyiha ishtirokchilarining riski; Loyiha yuqori qiymatligi riski; Loyihaning bevaqt to‘xtatilish riski; Ish va obektning past sifatlik riski; Konstruktor va texnologik risklar; Ishlab chiqarish riski; Boshqaruvchilik riski; Ortiqchalik riski; Moliyaviy risk; Davlatlararo risk; Ma’muriy risk; Huquqiy risk; Fors-Major riski; Har biriga alohida izoh berib chiqamiz: I. Loyiha ishtirokchilarining riski; loyiha ishtirokchilaridan birining olgan majburiyatini o‘z vaqtida bajarmasligidir. Natijada butun boshli loyiha samarasiz bo‘lishi mumkin. Bu riskning oldini olish loyiha menejeri xavf ostida bo‘ladi: loyiha ishtirokchilarini sinchkovlik bilan tanlash; ishtirokchilar o‘rtasidagi shartnomalarda ko‘rsatilgan qoida buzilishlariga jarimalarni ko‘rib chiqish; vaziyatga ko‘ra ishtirokchilarni o‘zgartirish choralarini muntazam ko‘zatish; loyiha ishtirokchilarini loyihaviy risklarni sug‘urtalashga majbur etish; imkoniyatga qarab buysunuvchi kompaniya uchun kompaniyadan majburiyat talab qilish; II Yuqori qiymatlik riski; Bu risking elementlari: loyihalashtirishdagi xatolik, navbatdagi resurslardan samarali foydalana olmasligidir, loyihaning amalga oshirilish shartlaridagi o‘zgarishlar ( narxning oshishi, soliq darajasining ko‘tarilishi ) bo‘lishi mumkin . Ko‘p uchraydigan risklardan biridir. III Bevaqt tuxtatilish riski(Pelay risk): Bu riskning sabablariga loyihalashtirishdagi xatolik, majburiyatlarga amal qilmaslik, tashqi shartlarning o‘zgarishi (loyihani ekologik sabablarga ko‘ra yopilishini talab etish, qog‘ozbozlik) kabilarni keltirish mumkin. IV Konstruktorlik va texnologik risklar. Konstruktorlik riski– loyihani qurilish fazasidagi texnologiyasi-ning mavjud emasligidir. Texnologik riski– obyektdan foydalanishda texno-iqtisodiy parametrlardan chekinish rejimidir. V Ishlab chiqarish riski– Ishlab chiqarish jarayonidagi vujudga kelgan to‘qnashuvlar riski. Ishlab chiqarish ritmini buzilishi va xatto tulik to‘xtab qolish bilan xarakterlanadi. Turlari: geologik risk- qazib olish miqdoridagi zahiralarning noaniq belgilanishidir. ekologiya risk- ekologiya standartlarining buzilishi natijasida davlatga tulangan xarajatlarni olib ketish. VI Boshqaruvchilik riski Ishlab chiqarish riskining turi bo‘lib, boshqaruv personalidagi tajriba va daraja yetishmasligi bilan harakterlanadi. VII Ortiqchalik riski Bu risk loyihaviy mahsulotni sotilish miqdori va narxining tushishi bilan bog‘liqdir. Bu risk bozor konyukturasining o‘zgarishi deb ham ataladi. VIII Moliyaviy risk Bu riskning asosiy turlari loyihaviy faoliyat bilan bog‘liqdir: kredit riski; valyuta riski; foiz stavkasining o‘zgarishi riski; qayta moliyalash riski. Kredit riski – bu loyihalaydigan kampaniyaning bank oldidagi to‘lov majburiyatini qisman yoki umuman bajarmasligidir. Valyuta riski – bu loyihaviy mahsulotning sotilishidan kelib tushgan valyutaning kredit valyutasi bilan mos kelmasligidir. Hukumat milliy valyutada sotishni talab etsa, xatar to‘g‘iladi. Foiz stavkasini o‘zgartirish riski – bu risk kredit resurslarining suzib yuruvchi kursida foydalanishda kelib chiqadi. +ayta moliyalash riski – tashabbuskor bank sanoatdagi turli qiyinchiliklarni hisobga olish va o‘zi majbur bo‘lib qolish mumkin. IX Davlatlararo risk – tashqi loyihaviy riskka aloqadordir. Unga ko‘ra davlvt siyosati yoki loyiha amal qiladigan xududdagi holatning o‘zgarishi mumkin. X Ma’muriy risk – bu tashqi razryadga tegishlidir unga ko‘ra loyihani amalga oshirish yo‘lida kerak bo‘ladigan barcha turdagi letsenziyalarni davlatdan va xalqaro miqyosda olinishi ko‘zda tutiladi. Ba’zi rivojlanayotgan davlatlarda bu holat korrupsiya bilan ham bog‘likdir XII Huquqiy risk. Loyihalarni amalga oshirishda amal qiladigan milliy qonunchilik va xalqaro huquqiy meyorlar bilan bog‘liqdir. +onunlarni mustahkam emasligi, tez o‘zgaruvchanligi bilan bu risk kelib chiqadi. XIII Fors –Mojor riski . Tashqi (ekzogen) darajasidagi risk turlariga kirib, yer qimirlash, ofatlar, yong‘inlar, tufonlar shular jumlasidandir. Bunga yana tabiiy bulmagan qayta kurish, revolyutsiya kabi holatlar ham kiradi. Loyihani boshqarish– bu sintetik intizom bo‘lib, iqtisosdiy va profesional bilimlar tuplamidir . Download 44.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling