Reja: Subyektda investitsiyalarni boshqarishning umumiy asoslari


Download 44.2 Kb.
bet1/6
Sana07.11.2023
Hajmi44.2 Kb.
#1754201
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Investitsiyalarni boshqarishning mohiyati


Investitsiyalarni boshqarishning mohiyati
Reja:

  1. Subyektda investitsiyalarni boshqarishning umumiy asoslari.

  2. Investitsiya loyihasi; uning tarkibi va davom etish

  3. bosqichi(10832)1.

  4. Investitsiya bozorini baholash va bashorat qilish.

  5. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish.

  6. Investitsiya risklarini turlari va ularni boshqarish.



1. Subyektda investitsiyalarni boshqarishning umumiy asoslari


Investitsiya jarayonlarini izga solib turishning iqtisodiy asoslarini yaratish, ishlab chiqilgan siyosatni amalga oshirishga imkon tug‘diruvchi shart-sharoitni ta’minlash investitsiya siyosatining muhim vazifalaridan biri bo‘lib, iqtisodiy o‘sishga aynan shu yo‘l bilan erishish mumkin.


Bozor iqtisodiyoti kapital mulkka mo‘ljallanayotgan investitsiyalarning hajmi tegishli moliya aktivlarining daromadliligiga bog‘liq bo‘ladi. Daromad me’yori orqali esa ana shu aktivlarning bahosi investitsiyalarga bo‘lgan talab va taklifga qarab belgilanadi. Davlatning pul va kredit siyosati orqali investitsiyaga bo‘lgan talab va taklifning nisbati hamda uning tarkibiy tuzilishiga ta’sir kursatishi mumkin. Shunday ekan, bu siyosat turli moliya aktivlaridan olinadigan daromadning hajmiga ham katta ta’sir etadi. U investitsiya tovarlari bozorida investorlarning xatti-harakatining bosh yo‘nalishini, shunga bog‘liq holda investitsiyalar tarkibiy tuzilishini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan iqtisodiyotimizda bir qancha tub o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Iqtisodiyotning barcha sohalarida yangi atamalarimiz aksini topa boshladi. Moliya kredit va pul munosabatlarida ham yangi atama (termin)lar kullanila boshlandi. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish hozirgi bozor sharoitida muhim urin tutadi.
Investitsiyalar mablag‘ sarflamoq, ya’ni lotincha "investor" degan suzdan olingan bo‘lib kapital xarajatlarning hajmi, tarkibi va uning asosiy yunalishlarini anglatadi. Investitsiyalar mamlakatda iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida mamlakatda yoki chet ellarda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga uzoq muddatli kapital kiritish degan ma’noni bildiradi.
Investitsiyalar tashkil etish va moliyalashtirishda respublika xorij investitsiyalarini jalb etish va ichki jamg‘arma manbalarini safarbar etmay turib, ularning uzi faol investitsiya ishlari bilan shug‘ullanmay turib, iqtisodiyotning strukturasini tubdan o‘zgartirish vazifasini hal etish qiyin kechadi.
Investitsiya tashkil etish va moliyalashtirishda asosiy etibor subyektlarning ishlab chiqarishni kengaytirish, binolarni qayta qurish va texnika bilan qurollantirish uchun mablag‘larni qidirib topishni rag‘batlantirishga qaratiladi. Hozirgi paytda kapital sarflarni mablag‘ bilan ta’minlash manba’larini tarkibi o‘zgarmoqda.
Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish davlat tomonidan amalga oshiriladi. Bunda investitsiyalar bo‘yicha amal kilayotgan konunlar albatta hisobga olinadi. O‘zbekistonda investitsiyalar agrosanoat kompleksi, yengil sanoat, kimyo va neftkimyo sanoati, mashinasozlik va meditsina soxalariga yunaltirilmoqda.
Davlat tomonidan investitsiyalarni tashqil etish moliya-kredit siyosatini to‘g‘ri olib borish buning asosida moliyaviy yordamlar, dotatsiya, subsidiya, qarzlar ko‘rinishida ayrim xudud va tarmoqlarning rivoji uchun yunaltirilishi bular hammasi investitsiyalar va moliyaning moddiy asosini tashkil etadi.
Ivestitsiyalarni moliyalashtirishda davlat investitsiya dasturlarini jumladan davlatlararo hududiy dasturlarni davlat budjeti hisobidan va nobudjet mablag‘lar hisobidan amalga oshirish harakatlari orqali ko‘rib chiqiladi.
Investitsiyalarni himoya qilish borasida davlat ayniqsa xorij investitsiyalariga kafolatlar va imtiyozlar berishi lozim.
Obyektlarga investitsiya mablag‘larini yunaltirish bo‘yicha investitsiyalar real va moliyaviy investitsiyalarga bo‘linadi: real investitsiya - sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, va banklarga kapital quyish demakdir; moliyaviy investitsiyalar - qimmatli qog‘ozlar chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq ishlar uchun sarflanadigan mablag‘lardan iborat.
Investitsiyalar qatnashish xususiyatiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi.
- to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar asosan obyekt aniq bo‘lgan ma’lum maqsadni amalga oshirish real bo‘lgan taqdirda yunaltiriladigan mablag‘lardir.
- egri investitsiyalar - bular vositachilar orqali obyektlarga sarflanadi va olingan daromadlar mijozlarning o‘rtasida taqsimlanadi.
Bozor sharoitida investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish yunalishlari O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini barqarorlashtirish subyektlarning ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun bir qancha tadbirlar hamda investitsiya dasturlari va loyxalarini ishlab chiqish lozim. Hozirgi paytda investitsiyalarning tashkil etish va moliyalashtirish investitsiya siyosatining quydagi yo‘nalishlariga asosan amalga oshirilmoqda.
- tashki iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish borasida aniq maqsadni ko‘zlab siyosat o‘tkazish, tovarlarni eksport qilishda xorij investitsiyalari uchun uz daromadlaridan foydalanishlarida birmuncha imtiyozlar tartibini joriy etish.
- xorijiy investitsiyalarining asosan kapital manbalarini respublika iqtisodiyotiga jalb etish uchun huquqiy ijtimoiy iqtisodiy shart sharoitlarini yanada takomillashtirish.
- O‘zbekistonga jahon darajasidagi texnikalar olib keladigan iqtisodiyot strukturasini vujudga keltirishda yordam beradigan xorij investitsiyalariga nisbatan ochiq eshiklar siyosati utkazish.
Hozirgi sharoitda respublikada investitsiya bazasiga rivojlantirish va chukurlashtirish islohatlar strategiyasini muhim sharoiti bo‘lib qoldi.
O‘zbekiston respublikasi bir qancha rivojlangan mamlakatlar bilan qo‘shma korxonalar barpo etmokda. Hamkorlikda ishlab chiqarish mahsulotlar va tovarlar ichki bozorni ta’minlamoqda va eksport kilinmoqda.
Xorij investitsiyalarini jalb etish maqsadida davlat investitsiya loyxalari va dasturlari ishlab chiqilgan.
Bozor sharoitida har bir investitsiya jarayoni ma’lum bir daromadni olish maqsadida amalga oshiriladi.
Subyektlarning investitsiya va investitsion faoliyatining iqtisodiy mazmuni.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy obyektlaridan biri bo‘lib investitsiya hisoblanadi.
Investitsiyaning keng ma’nosini uning keyinchalik maqsadni kuzlab qo‘yilgan kapitalni ifodalaydi.
Investitsiyalar subyektning aktivida buxgalteriya balansining chap tomonida moliyalash manbayi esa, uning ung tomonida (balansning passivida) aks ettiriladi.
Kapital quyilmalar haqiqiy xarajatlar bo‘yicha (investorlar uchun) balansda kursatiladi. Investitsiya faoliyatining obyektlari quyidagilardir, ishlab chiqarish va ishlab chiqarish xizmatlarining yangitdan xosil qilmoqchi va rekonstruksiyalanadigan asosiy organidir, shuningdek xalq xo‘jaligining hamma bo‘limlaridagi mavjud vositalar.
Investitsiya faoliyat yuridik shaxslarning amaliy xarajat majmuini uzida namoyon qiladi.
Investitsiyalar-bu pul mablag‘lari, kreditlar, bank quyilmalari, ulushlar, aksiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar, texnologiya, mashina va uskunalar, litsenziyalar bo‘lib tadbirkorlikning turli sohalarida foyda olish maqsadida obyektlarga qo‘yilgan intellektual boylik va mulkchilik huquqlarini yig‘indisidir.
Investitsiya sohasi tarkibiga qo‘yidagilar kiradi:
1. Kapital qurilish sohasi (unda xalq xo‘jaligi tarmoqlarining asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga investitsiyalar sarflanadi. Bu soha buyurtmachi--investorlar, pudratchilar, loyihachilar, uskuna yetkazib beruvchilar, yakka tartibda va kooperativ o‘y-joy qurilishi bo‘yicha fuqarolar va shu kabi boshqa subyektlarning investitsiya faoliyatini o‘z ichiga oladi).
2. Innovatsiya sohasi (bu sohada ilmiy-texnikaviy mahsulot va intellektual salohiyatlar amalga oshiriladi).
3. Moliya kapitali muomalasi sohasi (bu soha turli shakldagi pul, ssuda va moliya majburiyatlarining harakatlanishini o‘z ichiga oladi).
4. Investitsiya faoliyati sohasi (bu soha subyektlarning mulkiy va mualliflik huquqlarini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi);
Investitsiyalar shakllariga ko‘ra: moliyaviy, moddiy, mulkchilik huquqlari turlariga bo‘linadi.
Moliyaviy investitsiyalarga pul, depozitlar, ulush, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa o‘zoq muddatli qimmatli qog‘ozlar kiradi.
Moddiy turdagi investitsiyalar ikki guruhga: ko‘zg‘aluvchan mulkka va kuchmas mulkka bo‘linadi.
Ko‘zg‘aluvchan mulkka mashina va qurilmalar, hamda boshqa moddiy boyliklar kiradi. Kuchmas mulkka bino, inshoot, kommunikatsiya qurilmalari, ya’ni ko‘p hollarda asosiy fondlarning passiv qismi kiradi.
Investitsiyalarning turli-tuman shakllari bo‘lib, mulkchilik huquqlari hisoblanadi. Bunday turdagi investitsiyalarni to‘plami bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va milliy bozor hususiyatlariga ko‘ra o‘zgarib turadi. Investitsiya to‘plami ichidan birinchi navbatda intellektual boylikka ega bo‘lgan huquqlar, tabiiy resurslar va boshqa turdagi resurslardan foydalanish huquqlari ajralib chiqadi.
Investitsiyalarning intellektul huquqlar turi mualliflik huquqlari, nou-xau va boshqalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Chet el sarmoyadorlari tomonidan institutsion birliklarning ustav kapitaliga ulush sifatida tovar belgilaridan foydalanish huquqini berish, shu xo‘jalik birliklarining sifatli tovar ishlab chiqarishiga olib keladi. Oqibatda, bunday harakat xo‘jalik birliklarining intensiv rivojlanishiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga chet el investitsiyalarining oqib kelishiga olib keladi.
Tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi investitsiyalar yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqini ham beradi.
Yo‘naltirilayotgan sohalariga, qo‘yilma obyektlariga qarab, investitsiya faoliyatining obyektlari qo‘yidagi turkumlarga ajratiladi:
-yangi tashqil qilinadigan va zamonaviylashtiriladigan asosiy fondlar hamda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida aylanuvchi mablag‘lar;
-ilmiy-texnika mahsuloti;
-intelektual boyliklar;
-aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar;
-maqsadli pul qo‘yilmalari;
-mulkiy huquqlar va boshqalar.
Investitsiyalarni amalga oshirishning asosiy bosqichlari qo‘yidagilardir:
birinchidan, resurslarni kapital qo‘yilmalarga aylantirish, ya’ni resurslarni investitsion faoliyat natijasi hisoblangan obyektlarga o‘tkazish;
ikkinchidan, kapital quyilmalar uchun sarflangan mablag‘lar pirovard natijada investitsiyalar miqdorini oshirish va yangi iste’mol qiymatini yaratish;
uchinchidan, ijtimoiy samara yaratish, ya’ni investitsiya faoliyatining pirovard maqsadini amalga oshirish.
Agar investitsiyalar natijasida foyda (daromad) yoki ijtimoiy samara olinmasa, investitsiya qilishga qiziqish bo‘lmaydi. Chunki investitsiya- bu hayriya yoki ehson tariqasidagi mablag‘ emas.
Boshlang‘ich va oxirgi zanjirlar tutashib, yangi o‘zaro bog‘liqliq jarayoni hosil bo‘ladi: daromadlar-resurslarga aylantiriladi, ya’ni jamg‘arish jarayoni takrorlanadi. Investitsiya faoliyati—tarmoqlarda investitsiyalarning bir marotaba to‘liq aylanishi jarayonidir. Investitsiya davri investitsiyalarning bir marta aylanishi muddatiga tengdir. YA’ni kapital mulk tariqasida mujassam bo‘lgan qiymatning pul mablag‘lari jamlangan davrdan ular qaytib keladigan paytga qadar bo‘lgan aniq harakatini o‘z ichiga oladi. Davlat korxonalari, firmalar, korporatsiyalarning investitsiya faoliyati ularga soliq-eskirish imtiyozlari (foydani soliqqa tortish bo‘yicha yoki eskirishning imtiyoli me’yorlari)ni berish yo‘li bilan rag‘batlantiradi. Investitsion jarayon investitsion komplekslarda amalga oshiriladi.
Investitsiya kompleksi deganda biz aytilgan barcha tushunchalar yig‘indisini ya’ni ularning mazmuni, investitsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishtirokchilarni, bir so‘z bilan aytganda investorlar va investitsiya buyurtmalarining ijrochilarini tushunamiz. Investitsiya kompleksi tushunchasi keng ma’noda qo‘llaniladi, u investitsiya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Nazarimizda, bu jarayonlar investitsiya kompleksining tarkibiy qismi bo‘lib, ular doimo bir-birlarini to‘ldirib boradi.

Investiiyalar iqtisodiyotning olg‘a harakatini ta’minlovchi dvigatel ekanligi to‘g‘risidagi fikr har qanday iqtisodiy nazariyaning aksiomasidir. Har bir davlat birinchi navbatda, moddiy ishlab chiqarish sohasiga mamlakat va chet el investorlarini jalb qilishi uchun harakat kilmogi lozim. Ushbu maqsadda mauyyan investitsiya dasturi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi, tegishli investitsiya muhiti yaratiladi. Mustaqil O‘zbekistonda bosqichma bosqich amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar okilona tarmoq, takror ishlab chiqarish va xududi nisbatga erishishni, birlashtirish jarayonlarini rivojlantirishni, iqtisodiy usishni ta’minlashni va hokazolarni ko‘zda tutadi. Mazkur muammolarni hal qilish tegishli investitsiya siyosatini yuritish, investitsiya jarayonlarini tartibga solish va qo‘llab quvvatlashning ta’sirchan tizimini shakllantirish bilan uzviy bog‘liqdir.

2. Investitsiya loyihasi uning tarkibi va davom etish jarayoni(108321)


Respublikamiz iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish aktiv investitsion siyosat olib borish bilan chambarchas bog‘liqdir. Bugungi kunda, keng ko‘lamda xorijiy investitsiyalar jalb qilish respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir.


Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni tug‘ri investitsiyalar ko‘rinishida hamda davlat zayomlari, halqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan kredit mablag‘lari ko‘rinishida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotining ustivor tarmoqlarini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarga horijiy kapitalni jalb etilishiga, ayniqsa, katta ahamiyat berilmoqda.
Investitsiyadan oldingi izlanishlar va loyihaning samadorligini asoslash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish ma’lum darajada mashaqqatli va qimmat jarayondir. Shu sababdan investitsiya obyektining samaradorligini baholash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda tahminiy baho amalga oshiriladi. Uning maqsadi investitsiyadan oldingi izlanishlarni tula hajmda o‘tkazishning maqsadga mo‘vofiqligini aniqlashdir. Ikkinchi bosqichda esa tulaqonli izlanish amalga oshiriladi.
Investitsiya bozori - investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish uchun zamin yaratib beradi, bu bozor investitsiya tovarlari, qurilish materiallarining barcha turlari, ishlab chiqarish fondlarining aktiv qismi, investitsiya xizmatlaridan iborat. Asosiy elementlari talab va taklif raqobat va baholardan tashkil topgan. Investitsiya bozori tuzilishiga ko‘ra 2 qismga bo‘linadi:
1.Real obyektni ivestitsiyalash bozori.
a) to‘g‘ridan to‘g‘ri kapital mablag‘larni yunaltirish bozori
b) xususiylashtirilayotgan obyektlar bozori
v) kuchmas mulk
g) boshqa real obyektlarni investitsiyalash
2.Moliyaviy investitsiyalash instrumentlarining bozori, fond bozori va pul bozoriga bo‘linadi.
Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish investitsiyalarning turlari va investitsiya bozorining faollik darajasi uning elementlari urtasidagi nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Ularni bozor konyekturasini o‘rganish orqali aniqlanadi.
Investitsion imkoniyatlarni o‘rganish jarayonida loyihaning yashovchanlik qobiliyati aniqlanishi bilanoq, investitsiyalarga kumaklashish va ularni amalga oshirishni rejalashtirish bosqichlari boshlanadi. Biroq bunda asosiy harakatlar loyihani yakuniy baholash bosqichi va investitsion fazasiga to‘g‘ri keladi. Cheklangan resusrlarning yuqotilishini kamaytirish uchun konseptual bosqichdan tortib subyektni foydalanishga topshirgungacha investitsiya loyihasini ishlab chiqishdagi harakatlar ketma-ketligini aniq tushunish kerak bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, investitsiyalar jalb qilishga kumaklashuvchi investitsiya tashkilotlar, tijorat banklari, moliyaviy muassasalar, uskuna yetkazib beruvchilar, eksport kreditlarini sug‘urtalash agentliklari va maslahat firmalari kabi turli ishtirokchilarning loyihadagi roliga ham ahamiyat berish lozim.
Investitsion loyihalarni tayyorlash uch bosqichdan iborat:
investitsiya imkoniyatlarini aniqlash (imkoniyatlarni o‘rganish);
loyihaning muqobil variantlarini tahlil qilish va dastlabki loyiha tanlash, hamda loyiha, ya’ni texnik iqtisodiy asoslashlar (TIA)ning tayyorlash;
loyiha bo‘yicha xulosa va investitsiyalar kiritish haqidagi qaror (baholash xulosasi)larni qabul qilish.
Ta’minot izlanishlari, yoki funksional izlanishlar ham loyiha tayyorlash bosqichining qismi hisoblanadi, birok lekin alohida utkaziladi. Loyihani mana shu barcha bosqichlardan utkazish ham investitsiyalar kiritishga kumaklashib, qaror qabul qilish va loyihani amalga oshirish uchun yaxshi zamin yaratadi.
Investitsiya imkoniyatlarini aniqlash investitsiya faoliyatining boshlangich nuktasidir. Oxir okibat u investitsion mablag‘larini to‘plashni boshlab yuborishi mumkin. Rivojlanayotgan yoki rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgan xususiy yoki davlat sektoridagi potensial investorlar vujudga kelayotgan investitsi imkoniyatlari to‘g‘risida axborot olishdan manfaatdordirlar. Investitsi loyihasini identifikatsiya qiladigan axborotni yaratish uchun kullaniladigan yondashuvlar iqtisodiyot sektori va subyekt darajasida bo‘lishi kerak. Ushbu yondashuvlar uchun izlanishlarning ikki yunalishi xosdir. Iqtisodiyot sektori darajasida rivojlanayotgan mamlakatlarning butun investitsiya imkoniyatlari hamda ushbu mamlakatlarning xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan umumiy qiziqishini tahlil qilish lozim. Su’bekt darajasida esa ham rivojlanayotgan, ham rivojlangan mamlakatlardagi yakka loyihachilarning aniq investitsiya talablarini o‘rganish talab qilinadi.
Investitsiya imkoniyatlarini o‘rganish nihoyatda yuzaki xususiyatga ega va ko‘pincha batafsil tahlil emas, balki umumiy baholarga asoslanadi. Xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar odatda uskuna yetkazib beruvchilar kabi manbalardan olingan axborotlarga emas, balki uxshash loyihalardan olinadi. Vaziyatga qarab yoki umumiy imkoniyatlar (sektorli yondashuv), yoki aniq bir loyihaning imkoniyatlari (subyekt darajasidagi yondashuv), yoki ikkalasi ham o‘rganilishi kerak.
Izlanishlarning mazmuni loyihaning turi va xususiyatiga qarab uzgaradi. Biroq ushbu izlanishlar loyihaning muhim jihatlariga bog‘liq bo‘lgani uchun xulosalar yetarli darajada ravshan bulmogi talab qilinadi. Chunki xulosalar loyihani tayyorlash jarayonining keyingi bosqichi uchun asos bo‘lishi kerak. Ko‘p hollarda ta’minotni o‘rganish texnik iqtisodiy asoslashlar (TIA)ni tayyorlashdan oldin yoki undan keyin o‘tkazilganda izlanishlar TIAning ajralmas qismini tashqil qiladi, va bu ҳолда ТИАнинг умумий қиймати ва унга кетадиган харажатлар камаяди.
Texnik iqtisodiy asoslash investitsiya kiritish haqida qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotni berishi kerak. Shu sababdan investitsiya loyihasi uchun zarur tijoriy, texnik, moliyaviy, iqtisodiy va ekologik sharoitlar dastlabki xulosa bosqichida ko‘rib chiqilgan qarorlarning muqobil variantlari asosida aniqlanishi va tanqidiy baholanishi kerak. Mana shu urinishlarning natijasi loyiha bo‘ladi. Uning dastlabki shartlari va maqsadlari loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad, marketing strategiyasining mumkin bo‘lgan variantlari, bozorda erishilajak va erisha olinadigan ulush, tegishli ishlab chiqarish quvvatlari, korxonaning joylashishi, mavjud xom ashyo va materiallar, texnologiya va mexaniq jihozlar, va, nihoyat, zarur bo‘lsa, ishlab chiqarishning atrof muhitga ta’sirini baholashdan kelib chiqib aniqlanishi zarur. Izlanishlarning moliyaviy qismi investitsiyalarning hajmi, shu jumladan, sof aylanma kapital, ishlab chiqarish va marketing xarajatlari, sotishdan olingan tushum va investitsiya qilingan kapitalning keltiradigan daromadini aniqlashdan iboratdir.
Investitsiya va ishlab chiqarish xarajatlarining yakuniy bahosi hamda iqtisodiy va moliyaviy daromadlilikning keyingi hisob-kitoblarini utkazish fakat barcha muhim jixatlar va ular bilan bog‘liq chiqimlarni hisobga olgan holda loyihaning chegaralari aniqlangandagina maqsadga muvofiqdir. Loyihaning butun hajmi keyingi ishlar uchun asos bo‘luvchi chizmalarda ifodalangan bo‘lishi kerak.
Baholash xulosalari nafaqat mua’yyan bir loyiha, balki u bilan bog‘liq sanoat sohalari va umuman iqtisodiyotga ham tegishli bo‘ladi. Chunonchi, avtmobilsozlik subyekti baholansa, xulosa shuningdek kompaniya va ushbu soha o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, ya’ni xom ashyo va uskuna yetkazib beruvchi, transport sektori, yo‘llarning mavjudligi va energota’minot imkoniyatlarini ham hisobga oladi.
Baholash xulosasini tuzganda yirik loyihalar uchun amaliy muhit, joylashuvi, bozor va resurslarning mavjudligidan kelib chiqqan barcha omillarning tahlili va ma’lumotlarni tekshirish talab qilinishi mumkin.
Investitsiya fazasi, yoki loyihani amalga oshirish birinchi navbatda va asosan, loyihani boshqarish sohasidagi keng qamrovli maslahat va loyiha ishlarini o‘z ichiga oladi. Investitsiya fazasi quyidagi bosqichlarga bo‘linishi mumkin:
loyihani amalga oshirish uchun huquqiy, moliyaviy va tashqiliy asoslarni urnatish;
texnologiyalar, shu jumladan, asosiy loyiha ishlarini olish va yetkazish;
loyihaga batafsil ishlov berish va kontraktlar tuzish, shu jumladan, tenderlarda qatnashish, takliflarni baholash va muzokaralar utkazish;
yer olish, qurilish ishlari va uskunalarni o‘rnatish;
ishlab chiqarish marketingi, shu jumladan, ta’minot va firma ma’muriyatini tashkil qilish;
personal to‘plash va uni o‘qitish;
foydalanishga topshirish va subyektni ishga tushirish.
Batafsil loyiha- konstruktorlik ishlari bo‘limni tayyorlash, texnologiya va uskunani yakuniy tanlash, qurilish grafigini tayyorlash va rejalashtirish, yunalish-texnologik haritalari, ko‘lam chizmalari va turli sxemalarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Tenderlarda qatnashishi va takliflarni baholash bosqichida o‘zini yaxshi namoyon qilgan ko‘p sonli mahalliy va xalqaro ta’minotchilardan loyiha uchun tovar va xizmatlar borasida keng takliflar olish muhimdir. Muzokaralar utkazish va kontraktlar tuzish texnoloiyalarni berish, inshootlar kurish, mashina va uskunalar sotib olib, urnatish hamda loyihani moliyalashda yuzaga keladigan huquqiy majburiyatlar bilan bog‘liqdir. Ushbu bosqichda, bir tomondan, investor yoki tadbirkor va, ikkinchi tomondan, moliyaviy muassasalar, maslahatchilar, arxitektorlar hamda xom ashyo, material, zarur resusrlarni yetkazib beruvchilar urtasida shartnomalar tuziladi. Muzokaralarni o‘tkazishda rivojlanayotgan mamlakatlar katta muammolarga duch kelishadi, shuning uchun tajribali maslahat firmalari bilan hamkorlik qilishga to‘g‘ri keladi. Ammo hattoki mos maslahatchi firmani tanlash ham qiyin bo‘ladi va tegishli tajriba hamda ishonchga asoslanadi.
Subyektni foydalanishga topshirish va ishga tushirish – odatda loyihani amalga oshirishning qisqa, ammo texnik jihatdan muhim davridir. U oldingi qurilish bosqichini keyingi foydalanishga topshirish (ishlab chiqarish) bosqichi bilan bog‘laydi. Mana shu bosqichda erishilgan muvaffakiyat loyihaning kelajakdagi yashovchaniligidan darak berib, uni rejalashtirish va amalga oshirishning samaradoligini ko‘rsatadi.
Loyihani yaxshi rejalashtirish va samarali boshqarish qurilish, subyektni ochish uchun zarur bo‘lgan uskuna yetkazib berish va montaj qilish, ishlab chiqarish personallarini to‘plash va o‘qitish, barcha ishlab chiqarish resurslarini yetkazib berish kabi harakatlar uz vaqtida, ya’ni loyihalashtirilayotgan subyektni ishga tushirishdan oldin qilinishini kafolatlashi kerak. Yuqorida keltirilgan bosqichlardan har birini rejalashtirishda yul qo‘yilgan har qanday xato va noaniqliklar loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga, ayniqsa, subyektni ishga tushirish bosqichida salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 44.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling