Reja: Sudralib yuruvchilar haqiqiy qu hayot kechiruvchi umrtqalilardir


Download 0.73 Mb.
bet6/11
Sana25.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1122273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sudralib yuruvchilar sinfi.Ildam kaltakesakning tashqi tuzilishi. va skeleti

Ko’rilonlar (Typhlopidae) chuvalchangga o’xshash kichkina, zaharsiz. Erni kovlab er ostida hayot kechiradi. Ko’zlari murtak holida. Tipik vakili chuvalchangsimon ko’r ilon Zakavkaz’eda, O’rta Osiyo janubida yashaydi.
Bo’ma ilonlar (Boidae) odatda juda katta ayrim hollarda uzunligi 10 mgacha boradi. Zahar tishi yo’q. Ko’pchiligi Amerika, Afrika, Osiyoning tropiklarida yashaydi. Tipik vakillari Janubiy Amerikada “bo’ma ilon”, anakonda pitonlar O’rta Osiyoda “cho’l bo’ma iloni” uchraydi.
Suv ilonlari (Colubridae) 1000 dan oshiq turi bor. Zaharsiz. Vakillari: oddiy suv ilon, medyanka, poloz, O’rta Osiyoda “o’q ilon” kiradi.
Aspidlar (Elapedae) zaharli bo’lib ko’z oynakli ilon, aspid, bungar, kobra kiradi.
Bundan tashqari dengiz ilonlari, qora ilonlar va h.k.o oilalari uchraydi. Ilonlar zahri turli hayvonlarda turlicha ta’sir qiladi. Bir xil dozadagi kobra zahri 10 ta ilonni, 25 ta itni, 60 ta otni, 300000 ta kaptarni o’ldirishi mumkin ilon chaqqanda birinchi yordam kerak. O’zbekiston territoriyasida ilonlarning 16 turi uchrab shundan 5 tasi zaharli ilonlar hisoblanadi. Ilon pitomnigi. (inkubastiyasi) zahri, vakstina zardob.
Hameleonlar kenja turkumi (Chameleontes), bular tipik kalta kesaklardan shu qadar farq qiladiki ba’zan alohida turkum ham deyish mumkin. Ayniqsa oyoq panjalari qisqich shaklida tuzilgan. Daraxtga yashashga moslashgan. Zararsiz, beozor. Lekin qanday muhitga tushsa o’sha muhitga moslashadi. Sekin harakat qiladi. Tili o’zidan uzun. Xameleonlar – Afrikada-Madakaskar, Tropik Osiyoda, Evropada, Janubiy Ispaniyada yashaydi.
Toshbaqalar turkumi – turli xil shkast va jaroxatlarga chidamli (ochlikka ham) bo’ladi. Bu hayvon yillab ovqatsiz yashagani mu’lum. Ko’pchiligi yilning noqo’lay vaqtida uyquga ketadi. Tuxum qo’yish yo’li bilan ko’payadi. Hayot kechirishiga qarab ikkita ekologik guruppaga bo’linadi. Sekin harakat qiladigan va o’simliklar bilan oziqlanadigan – quruqchilik toshbaqalari, hamda ko’pincha yirtqichlik bilan xayot kechiradigan va serharakat dengiz toshbaqalariga bo’linadi. Hammasida kosa (panster) bor.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling