Reja: Sudralib yuruvchilar haqiqiy qu hayot kechiruvchi umrtqalilardir


Download 0.73 Mb.
bet3/11
Sana25.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1122273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sudralib yuruvchilar sinfi.Ildam kaltakesakning tashqi tuzilishi. va skeleti

Ko’ruv organlari – ko’zida xuddi baqalarnikidek pastki va ustki qovoqlar bo’lib yumgich parda ham bor, lekin ko’z soqqasi baqanikidek ichiga botib ketmaydi-yu kuz kosasi ichida aylana oladi, buni maxsus muskullar amalga oshiradi.
Hidlov organi – tumshuqning uchida joylashgan bir juft burun teshigi bilan tashqariga, tanglayning o’rta chiziiga yaqin turadigan bir juft xaonalar bilan esa oiz bo’shliiga ochiladi. Bundan tashqari burun teshigida Yakobson organi degan organ bo’lib buning teshigi oiz bo’shliiga ochilgan. Bu ovqatni hidini sezsa kerak.
Ovqat hazm qilish – organlariichak yo’li ancha takomillashganligidan baqalarnikidan farq qiladi, halqumdan keyin ajralib turadi, bo’yin yaxshi takomil etgani uchun qizilo’ngach ancha uzun. Ingichka ichik bilan yo’on ichak tutashgan joyda ko’richak bo’ladi. Oiz bo’shliining tubida go’shtdor til joylashgan, tilni uchi ingichka tortib ikkiga bo’lingan. Tili oizda, tashqariga ajralib chiqa oladi, qo’shimcha tuyu vazifasini o’taydi.
Nafas olish organlari – o’pkasi qopcha shaklida bo’lsa ham, lekin uni ichki devori asalari o’xshash mayda-mayda murakkab to’siqchalar bilan to’silgan. Tilining orqasida joylashgan hiqildoq teshigi hiqildoq kamerasiga tutashadi. Hiqildoqdan uzun nafas olish yo’li traxeya boshlanadi, orqaroqda traxeya ikkita nayga bo’linadi va bu nayning har qaysisi tegishli o’pkaga kiradi. Bu naylar bronx deb ataladi. Ko’krak qafasining kengayishi – torayishi bilan bular nafas oladi.
Qon aylanish sistemasi - yuragi uch kamerali lekin qo’yidagi farq bilan ajralib turadi, yurak qorinchasi to’lamas to’siq bilan ajralib turadi va ikkiga: o’ng, ya’ni venez qorincha va chap, ya’ni arterial qorinchaga bo’linadi.
Ayiruv organi – bir juft kampakt tanacha shaklda bo’ladigan metanefritik bo’yrak chanoq bo’limining orqa devoriga taqalib turadi. Bu bo’yraklarning har qaysisidan bittadan siydik yo’li chiqadi va klaokaga qo’shiladi. Qorin tomonidan klaokaga yupqa devorli siydik pufagi qo’shiladi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling