Reja: Sug‘urta fondini tashkil etish bilan bog‘liq atamalar


Keptiv sug’urta kompaniyasi


Download 26.77 Kb.
bet12/13
Sana05.02.2023
Hajmi26.77 Kb.
#1167156
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-MAVZU SUG‘URTA MUNOSABATLARIDA QO’LLANILADIGAN IBORA VA TUSHUNCHALAR

Keptiv sug’urta kompaniyasi- ta’sischilarning manfaatlarini sug’urta himoyasiga oladigan yoki yirik kontsern, korporatsiyalar, yirik sanoat-moliya guruhlari tarkibiga kiruvchi sug’urta kompaniyasi. Raqobatdagi boshqa sug’urta kompaniyalarini keptiv sug’urta kompaniyasi mavjud bo’lgan tarmoqqa kirishi murakkabroq hisoblanadi. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan keptiv sug’urta kompaniyalariga - «ALSKOM», «Universal sug’urta» sug’urta kompaniyalarini misol keltirish mumkin.
Lloyd- 1) Angliyadagi xalqaro sug’urta bozori; Angliyadagi sug’urtalovchilarning korporatsiyasi, taxminan 1734 yilda tashkil etilgan. Hozirgi paytda Lloydga 22000 dan ortiq a’zo bor. Uning faoliyati Angliya parlamenti qabul qilgan maxsus qonun bilan tartibga solinadi. Lloyd sug’urtani barcha turlarini amalga oshiradi. Lloyd a’zolari 279 sindikatga birlashgan bo’lib, sindikat faoliyati uchun anderrayterlar javob beradi. Anderrayterlar bilan Sug’urtalanuvchilarni Sug’urta vositachilari birlashtiradi. Sug’urta vositachilari Lloyd bozorida risklarni joylashtiradi. Anderrayterlar Sug’urta shartnomasi buyicha javob berish uchun yirik miqdordagi pul mablag’larini korporatsiyaga depozit sifatida qo’yadi.
Oferta- asosiy shartlar ko’rsatilgan holda sug’urta shartnomasini tuzish taklifi. Sug’urta kompaniyasi ofertani konkret yuridik yoki jismoniy shaxsga yo’llashi mumkin.
Offshor sug’urta kompaniyasi- maxsus maqomga ega bo’lgan sug’urta kompaniyasi. Offshor sug’urta kompaniyalari soliq to’lash stavkalari eng kam bulgan offshor zonalarda (Bermud oroli, Gernsi, Men va Keymanov orollari) tashkil etiladi. Offshor zonalarda amalga oshiriladigan sug’urta operatsiyalari sug’urta kompaniyasini tashkil etishda qatnashgan ta’sischilar joylashgan davlati organlari tomonidan nazorat etilmaydi.
Prolongatsiya- o’zaro kelishgan holda sug’urta shartnomasini amal qilish muddatini uzaytirish. Prolongatsiya yozma ko’rinishda tasdiqlanishi mumkin.
Proportsional qayta sug’urtalash- qayta sug’urtalash shartnomasini tuzish shakli. Bu erda qayta sug’urtalash kompaniyasi sug’urta mukofotlarini umumiy tushumidagi va sug’urta koplamalarini to’lashda o’z ulushiga ega. Proportsional qayta sug’urtalash shartnomalari kvotali, ektsedentli va kvota-ektsedentli shartnomalarini o’z ichiga oladi.

Download 26.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling