Reja: Sug‘urta qonunchiligi, sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar
Download 196.78 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- OKOZ: 1.
960-modda. Ikki tomonlama sug‘urta
Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘z mol-mulklarini hamda ushbu Kodeks 915-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan boshqa mulkiy manfaatlarini ikki taraflama asosda, buning uchun ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyatlarida zarur mablag‘larni birlashtirish yo‘li bilan sug‘urta qilishlari mumkin. Ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyatlari o‘z a’zolarining mol-mulki hamda boshqa mulkiy manfaatlarini sug‘urta qilishni amalga oshiradi va tijoratchi bo‘lmagan tashkilot hisoblanadi. Ikki tomonlama sug‘urta qilish tashkilotlari tomonidan o‘z a’zolarining mol-mulki va mulkiy manfaatlarini sug‘urta qilish, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida bunday hollarda sug‘urta shartnomalari tuzish nazarda tutilmagan bo‘lsa, bevosita a’zolik asosida amalga oshiriladi. Ushbu bobning qoidalari, agar qonunda, tegishli jamiyatning ta’sis hujjatlarida yoki jamiyat belgilagan sug‘urta qilish qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyati bilan uning a’zolari o‘rtasidagi sug‘urtaga doir munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ikki tomonlama sug‘urta qilish yo‘li bilan majburiy sug‘urtani amalga oshirishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyati sug‘urtalovchi sifatida, agar uning ta’sis hujjatlarida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish nazarda tutilgan, jamiyatning o‘zi tijorat tashkiloti shaklida tuzilgan, tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lsa va qonunda belgilangan boshqa talablarga javob bersa, jamiyatning a’zolari bo‘lmagan shaxslarning manfaatlarini sug‘urta qilishni amalga oshirishi mumkin. Ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyatining a’zosi bo‘lmagan shaxslarning manfaatlarini sug‘urta qilish jamiyat tomonidan sug‘urta shartnomalari asosida ushbu bobning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyatlari huquqiy holatining xususiyatlari va ularning faoliyat yuritish shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. [OKOZ: 1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.02 Majburiy sug‘urta] Download 196.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling