Reja: Sug‘urta qonunchiligi, sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar


-modda. Majburiy davlat sug‘urtasi


Download 196.78 Kb.
bet21/28
Sana10.02.2023
Hajmi196.78 Kb.
#1187480
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
4-mavzu

961-modda. Majburiy davlat sug‘urtasi
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta’minlash maqsadida qonunda hayot, sog‘liq va mol-mulkning majburiy davlat sug‘urtasi belgilab qo‘yilishi mumkin.
Majburiy davlat sug‘urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida unda ko‘rsatilgan davlat sug‘urta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sug‘urtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu bobning qoidalari, agar sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa va sug‘urta bo‘yicha mavjud munosabatlar mohiyatidan kelib chiqmasa, majburiy davlat sug‘urtasiga nisbatan qo‘llaniladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.24.00 Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat)]
53-bob. Oddiy shirkat
962-modda. Oddiy shirkat shartnomasi
Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) bo‘yicha sheriklar (ishtirokchilar) deb ataluvchi ikki yoki undan ortiq shaxs foyda olish yoki qonunga zid bo‘lmagan boshqa maqsadga erishish uchun o‘z hissalarini qo‘shish va yuridik shaxs tuzmasdan birgalikda ish qilish majburiyatini oladilar.
Faqat yakka tadbirkorlar va (yoki) tijorat tashkilotlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasining taraflari bo‘lishlari mumkin.
Oddiy shirkat shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim.
963-modda. Sheriklarning qo‘shadigan hissalari
Sherik umumiy ishga qo‘shadigan hamma narsa, jumladan pul, boshqa mol-mulk, kasbiy va boshqa bilimlar, malaka va mahorat, shuningdek ishbilarmonlik obro‘-e’tibori sherikning qo‘shgan hissasi hisoblanadi.
Sheriklar, agar oddiy shirkat shartnomasidan yoki haqiqiy holatlardan boshqacha mazmun kelib chiqmasa, qiymati bo‘yicha teng hissa qo‘shadilar deb taxmin qilinadi. Sherikning qo‘shgan hissasini pulda baholash sheriklar o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha amalga oshiriladi.

Download 196.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling