Reja: Sug‘urta qonunchiligi, sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar
Download 196.78 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 923-modda. Majburiy sug‘urtani amalga oshirish
922-modda. Majburiy sug‘urta
Qonunda quyidagilarni sug‘urta qilish majburiyati belgilab qo‘yilishi mumkin: qonunda ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulki ularning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimolini nazarda tutib; boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zining fuqaroviy javobgarligi xavfi. Sug‘urta qildiruvchi bo‘lish majburiyati qonun bilan unda ko‘rsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi. Qonunda majburiy sug‘urtaning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin. Fuqaroga o‘z hayoti yoki sog‘lig‘ini sug‘urtalash majburiyati qonun bilan yuklatilishi mumkin emas. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki unda belgilangan tartibda xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida davlatga qarashli mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslarga bu mulkni sug‘urtalash majburiyati yuklanishi mumkin. Mol-mulkni sug‘urta qilish majburiyati qonundan kelib chiqmaydigan, balki mol-mulkning egasi bilan tuzilgan shartnomaga yoki mol-mulkning mulkdori hisoblanuvchi yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga asoslangan hollarda, bunday sug‘urta ushbu moddaning ma’nosi jihatidan majburiy hisoblanmaydi va ushbu Kodeksning 924-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. 923-modda. Majburiy sug‘urtani amalga oshirish Majburiy sug‘urta bunday sug‘urta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sug‘urta qildiruvchi) sug‘urtalovchi bilan sug‘urta shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi. Majburiy sug‘urta sug‘urta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi, yo‘lovchilarni majburiy sug‘urtalash bundan mustasno bo‘lib, bu sug‘urta qonunda nazarda tutilgan hollarda ularning o‘z hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Majburiy sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan obyektlar, ular sug‘urtalanishga sabab bo‘ladigan xavflar va sug‘urta pulining eng kam miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Download 196.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling