Reja: Sug‘urta qonunchiligi, sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar


-modda. Majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari


Download 196.78 Kb.
bet7/28
Sana10.02.2023
Hajmi196.78 Kb.
#1187480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
4-mavzu

924-modda. Majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari
Qonun bo‘yicha foydasiga majburiy sug‘urta amalga oshirilishi lozim bo‘lgan shaxs, agar sug‘urta amalga oshirilmagani unga ma’lum bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi sifatida zimmasiga sug‘urtalash majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Agar sug‘urta qildiruvchi sifatida sug‘urtalash majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs uni amalga oshirmagan bo‘lsa yoki sug‘urta shartnomasini naf oluvchining ahvolini qonunda belgilangan shartlarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarda tuzgan bo‘lsa, u sug‘urta hodisasi yuz berganida basharti tegishlicha sug‘urtalangan taqdirda sug‘urta tovoni to‘lashga asos bo‘lishi kerak bo‘lgan shartlarda javobgar bo‘ladi.
925-modda. Sug‘urtalovchi
Tijorat tashkilotlari hisoblangan va tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sug‘urtalovchilar sifatida sug‘urta shartnomalarini tuzishi mumkin.
Sug‘urta tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar, ularga litsenziya berish va ularning faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.
926-modda. Sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning sug‘urta qildiruvchi va naf oluvchi tomonidan bajarilishi
Naf oluvchi foydasiga sug‘urta shartnomasi tuzish, shu jumladan u sug‘urtalangan shaxs bo‘lganda ham, sug‘urta qildiruvchini, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoxud sug‘urta qildiruvchining zimmasidagi majburiyatlar foydasiga shartnoma tuzilgan shaxs tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, ushbu shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Naf oluvchi mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini yoxud shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulini to‘lashni talab qilganida sug‘urtalovchi undan, shu jumladan sug‘urtalangan shaxs naf oluvchi bo‘lgan taqdirda ham, sug‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni, shu bilan birga sug‘urta qildiruvchining zimmasida bo‘lgan, lekin u bajarmagan majburiyatlarni bajarishni talab qilishga haqli. Ilgari bajarilishi lozim bo‘lgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki o‘z vaqtida bajarmaslik oqibatlari xavfi naf oluvchining zimmasida bo‘ladi.

Download 196.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling