Reja: Sulfat kislata. Sulfat kislota tarkibi


Download 1.19 Mb.
bet5/6
Sana14.12.2022
Hajmi1.19 Mb.
#1005592
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kimyo prizintatsiya

U organik birikmalarni parchalaydi. Suvsiz sulfat kislota (monogidrid) sulfat kislota - og`ir, moysimon qaynaydigan suyuqlik, suv bilan har qanday nisbatan aralashadi va bunda ko`p miqdorda issiqlik chiqadi. Konsentrlangan sulfat kislotaning 0 0 S.dagi solishtirma og`irligi 1,85 g/sm 3 ga teng, 304 0 S.da qaynaydi va +10 0 S da muzlaydi. Sulfat kislota moysimon bo`lgani uchun u ba`zan kuporos moyi deb ham ataladi. Bu nom temir ko`porosi qattiq qizdirilib, sulfat kislota hosil qilingan vaqtdan beri saqlanib kelmoqda. Sulfat kislota dastlab XVIII asrlarda olina boshlangan (oldingi sahifalarga qarang). U vaqtda temir ko`porosini termik qayta ishlab sulfat kislota olinar edi. Hozirgi vaqtda sulfat kislota, asosan ikki usulda: nitroza va kontakt usullari bilan olinadi.

Nitroza usuli 200 yildan ko`proq vaqtdan beri ma`lum bo`lib, kontakt usuli esa XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida sanoat tomonidan o`zlashtirildi va nitroza usulini siqib chiqarmoqda. Ikkala usulda ham avval oltingugurtdan yoki oltingugurtli birikmalardan sulfid angidrid olinadi, so`ngra bu gaz sulfat kislotasiga aylantiriladi. Buning uchun sulfid angidridni kislorod ishtirokida oksidlab, sulfat angidridga o`tkaziladi. Bu jarayonni tezlashtirish maqsadida katalizatorlardan foydalaniladi. Katalizator sifatida azot oksidlari (sulfat kislotadagi eritmasi) ishlatilsa nitroza usuli, qattiq katalizatorlar ishlatilsa kontakt usuli ( V2O5 bilan kontakti) hisoblanadi. Nitroza usulida oksidlanish, asosan, suyuq muhitda va to`ldirgichli minerallarda olib boriladi.

Shuning uchun ko`pincha bu usul minorali usul deb yuritiladi. Bunday usul bilan suyultirilgan 70-77%.li, hamda turli qo`shimchalar aralashgan sulfat kislota olinadi, u asosan mineral o`g`itlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kontakt usulda sulfat kislota olishda qattiq katalizatorlar ishlatiladi, hozir bunday usulda sulfat kislota ishlab chiqarish ancha takomillashgan bo`lib, olinayotgan kislota juda toza va konsentrasiyasi yuqori bo`ladi. Kontakt usulida ishlab chiqarilayotgan sulfat kislotaning tannarxi nitroza usulidagiga qaraganda bir oz qimmat bo`lishiga qaramasdan, hozir MDH da ishlab chiqarilayotgan sulfat kislotaning 70% i kontakt usuli bilan olinadi . Sulfat kislota ishlab chiqarish uchun xom-ashyo tug`ma (yombi) oltingugurt, metall kolchedanlari, rangli


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling