Reja: Sulfat kislata. Sulfat kislota tarkibi
Download 1.19 Mb.
|
Kimyo prizintatsiya
konsentrasiya undan pastroq yoki balandroq bo`lishi yutish kamayadi va suv bilan to`qnashishi gaz fazada kislotali tuman hosil bo`lishi bilan sodir bo`ladi. Kislotali tumanlardan tozalash ancha murakkab ish olib uni amalga oshirish uchun ho`l elektrFiltrlar qo`llaniladi. Agar shunday choralar amalga oshirilmasa, ular atmosferaga chiqib ketib, kislotali yomg`irlarni hosil qiladi. Kislotali yomg`irlar esa sanoat jarayonlariga, binolarga, odamlarga, o`simlik va hayvonlarga salbiy ta`sir etadi. Sulfat kislotasini kontakt usulida ishlash katta masshtabli, uzluksiz, mexanizasiyalashgan holda ishlab chiqariladi.Sulfat kislota (S) kimyo sanoatini ko`p tonnalik asosiy mahsulotlaridan biridir. MDH da yiliga 26 mln. tonnaga, dunyo miqyosida 150 mln. tonnaga yaqin sulfat kislota ishlab chiqariladi. U kuchli kislotalar qatoriga kiradi va shu bilan birga eng arzonlardan biridir. Sanoatda bir necha nav sulfat kislota chiqariladi. va ular o`zaro konsentrasiyasi va aralashmalari bilan bir-biridan farqlanadi. Asosiy qismi texnik kontakt kislota (sulfat kislotaning miqdori 92,5%), aralashmalarini miqdori kam bo`lgan akqumulyator kislotasi (92-94%), oleum (SO3-24%) va minora usulda olingan kislota. Sulfat kislota xalq xo`jaligining hamma tarmoslarida keng sollaniladi va uning ishlab chiqarish miqdori uzluksiz ortib bormokda. Sulfat kislota mineral o`g`itlar -superfosfat va ammoniy sulfat ishlab chiqarishda aynissa ko`p ishlatiladi.Masalan,suvsiz bir tonna superfosfat (ftorapatitdan) olish uchun 600 kg 65% li sulfat kislota sarflanadi. Umumiy ishlab chiqariladigan hamma sulfat kislotaning yarmi mineral o`g`itlar ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Suyuq yoqilg`ilarni qayta ishlash, ya`ni kerosin, parafin, surkov moylari hamda, to`yinmagan uglevodorodlarni oltingugurtli birikmalardan tozalashda ko`p miqdorda sulfat kislota ishlatiladi. Sulfat kislota ko`pgina organikm sintezlarda keng qo`llaniladi. Masalan,organik birikmalarni sulfatlab sulfokislotalar, ionitlar, turli bo`yoqlar olinadi. Bundan tashqari, sulfat kislota nitrolash reaksiyasi bilan nitrobenzol, nitrosellyuloza va nitrogliserin olishda suvni tortib oluvchi birikma sifatida ishlatiladi. Sulfat kislota suv bilan shiddatli birikadi.Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling