Reja: Suv va suvdan foydalanib to’grisidagi qonuni yerlarning meliorativ holati
-modda. Suv to‘g‘risidagi qonunchilik
Download 32.9 Kb.
|
Melioratsiya
2-modda. Suv to‘g‘risidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasida suvga doir munosabatlar ushbu Qonun hamda unga muvofiq chiqariladigan suv to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. (2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasida suvga doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. (2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. 21-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: yer osti suvlari — yer sathidan pastda yer qobig‘ining tog‘ jinslari qatlamlarida joylashgan suvlar; er usti suvlari — yer qobig‘ining ustida joylashgan suvlar; melioratsiya obyektlari — kollektor-drenaj va yer usti tashlama suvlarini to‘plash hamda ularni sug‘oriladigan yerlardan tashqariga chiqarib tashlashga ko‘maklashadigan, kollektorlarni va kollektor-drenaj tarmog‘ini, vertikal drenaj quduqlarini, melioratsiya nasos stansiyalarini (agregatlarini) va kuzatuv tarmog‘ini o‘z ichiga oladigan suv xo‘jaligi obyektlari; suvlar — suv obyektlarida to‘plangan barcha suvlar majmui; suv iste’moli (suvni iste’mol qilish) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanish; Download 32.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling