Reja: Suv va suvdan foydalanib to’grisidagi qonuni yerlarning meliorativ holati


Download 32.9 Kb.
bet3/8
Sana31.03.2023
Hajmi32.9 Kb.
#1311838
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Melioratsiya

suv iste’molchilari uyushmasi — yuridik shaxs bo‘lgan suv iste’molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;
Oldingi tahrirga qarang.
suv iste’molchisi — o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan yoki suv xo‘jaligi obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
(21-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-733-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/733/1112-son — 2022-yil 2-martdan kuchga kiradi)
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha to‘planadigan va suv rejimining o‘ziga xos shakllari va belgilari bo‘lgan tabiiy (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (ko‘llar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sun’iy (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek buloqlar va boshqa obyektlar;
suv obyektlarini muhofaza qilish — suv obyektlarini saqlash va tiklashga qaratilgan tadbirlar tizimi;
suv rejimi — suv obyektlari va tuproq-gruntda suv sathi, tezligi, sarfi va hajmining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi;
suv resurslari — foydalaniladigan yoki foydalanilishi lozim bo‘lgan suv obyektlari suvlari;
suv xo‘jaligi — iqtisodiyotning suv resurslarini va suv obyektlarini o‘rganish, hisobga olish, boshqarish, ulardan foydalanish, ularni muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli ta’siriga qarshi kurashishni qamrab oluvchi tarmog‘i;
suv xo‘jaligi obyekti — suv resurslarini to‘plash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni iste’mol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida suv xo‘jaligi faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti;
Oldingi tahrirga qarang.

Download 32.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling