Reja: suvda hamda quruqlikda
Download 1.45 Mb.
|
ABDUSALOM WORD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning xilma-xilligi.
Rivojlanishi. Urug‘langan tuxumdan lichinka (itbaliq) rivojlanib chiqadi (74-rasm). Itbaliqning ko‘rinishi mayda baliqchaga o‘xshaydi. Uning uzun va keng dumi, ikki yonida joylashgan ikki tutam tashqi jabralari bo‘ladi. Rivojlangan sayin tashqi jabralar halqum devorida joylashgan ichki jabralar bilan almashinadi. Itbaliqning yuragi ikki kamerali, qon aylanish sistemasi ham bitta doiradan iborat. Tanasining ikki yonida yon chiziqlari bo‘ladi. Tuxumdan chiqqan itbaliq dastlab tu xumdan qolgan oziq moddalar hisobiga yashaydi. Keyinroq u mayda suv o‘tlari, bir hujayrali hayvonlar va suv o‘tlari sirtiga yopishgan turli mikroorganizmlar bilan oziqlana boshlaydi. Rivojlanish davomida dastlab uning orqa oyoqlari, so‘ngra oldingi oyoqlari paydo bo‘ladi; jabrasi o‘pka bilan almashinadi. Qon aylanish sistemasi organlari ham qayta quriladi. Yosh baqa suv yuzasiga ko‘tarilib, atmosfera havosi bilan nafas ola boshlaydi. Dumi asta-sekin yo‘qolib ketishi bilan itbaliq yosh baqaga aylanadi va quruqlikka chiqadi. Yosh baqalar uch yildan keyingina voyaga yetadi va urchiy boshlaydi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning xilma-xilligi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarga 4 000 dan ortiq tur kiradi. Ular dumsizlar (baqalar, qurbaqalar) va dumlilar (tritonlar, salamandralar) turkumlariga ajratiladi. Dum lilar O‘rta Osiyoda uchramaydi. Ulardan eng yirigi Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan gigant salamandraning uzunligi 1,7 metrga yetadi. O‘zbekis ton hududida dumsizlardan ko‘l baqasi va yashil qurbaqa keng tarqalgan. Yashil qurbaqa baqaga nisbatan ancha yirik, rangi och yashil yoki kulrang, terisida sassiq oqish zaharli suyuqlik ishlab chiqaradigan bezlari bo‘ladi. U kunduzi kemiruvchilar inida, daraxtlar ildizi va to‘nkalar ostida, yerto‘lalarda bekinib yotadi. Faqat kechqurunlari ovga chiqadi. Uning orqa oyoqlari nisbatan kuchsiz bo‘lganidan o‘rmalab yoki qisqa-qisqa sakrab yuradi. Qurbaqaning terisi dag‘alroq, o‘pkasi nisbatan yaxshi rivojlangan. U kechqurunlari qurillab sayraydi. Qurbaqa faqat ko‘payish davrida suvga tushadi. U ko‘lmak suvlar va hovuzlarga marjon shodasiga o‘xshab tizilgan tuxumlarini qo‘yadi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling