Reja: suvda hamda quruqlikda
Download 1.45 Mb.
|
ABDUSALOM WORD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafas olish sistemasi.
- Qon aylanish sistemasi.
- Ayirish sistemasi.
Hazm qilish sistemasi. Baqaning hazm qilish organlari baliqlarnikiga juda o‘xshash bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon va ichakdan iborat (71-rasm). Og‘iz bo‘shlig‘ida harakatchan tili va jag‘lari bor. Yuqori jag‘i va tanglayida konussimon tishchalari bo‘ladi. Baqa orqa ichagining ke yingi qismi kengayib, kloakani hosil qiladi. Nafas olish sistemasi. Baqa o‘pka va terisi yordamida atmosfera havosidan nafas oladi. O‘pkasi sodda tuzilgan bir juft xaltachadan iborat. Xaltacha devorida va terida juda ko‘p kapil lyarlar bor. Kapillyarlardagi qonga atmosfera havosidan kislorod o‘tib turadi. Nafas olayotgan baqaning tomog‘i pastga tortilib va ko‘tarilib turadi. Tomoq pastga tortilganida havo burun teshigi va og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘pkaga o‘tadi. Tomoq ko‘tarilganida o‘pkadagi karbonat angidrid gaziga to‘yingan havo yana og‘iz bo‘shlig‘i va burun teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi. Qon aylanish sistemasi. Baqaning qon aylanish sistemasi organlari yurak, arteriya, vena va kapillyar qon tomirlaridan ibo rat (72-rasm). Yurak bitta qorincha va ikkita bo‘lmadan iborat. Yurak qorinchasi bo‘lmalarning ketma-ket qisqarishi tufayli qon tomirlar bo‘ylab harakatlanadi. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat. Katta qon aylanish doirasi bo‘ylab qon yurak qorinchasidan arteriyalar orqali hamma tana organlariga boradi. U yerda qon to‘qimalarga kislorodni berib, karbonat angidrid gazi bilan to‘yinadi va yurakning o‘ng bo‘lmachasiga qaytib keladi 36-§. Ko‘l baqasining ichki tuzilishi (72-rasm). Kichik qon aylanish doirasi bo‘ylab qon yurak qorinchasidan o‘pka arteriyalari orqali o‘pka va teriga keladi. O‘pka va teridagi kapillyarlardan qon karbonat angidridni havoga beradi va kislorod bilan to‘yinib, yurakning chap bo‘lmasiga quyiladi. Shunday qilib, yurakning chap bo‘lmasida kislorodga boy arteriya qoni, o‘ng bo‘lmasida esa karbonat angidrid bilan to‘yingan vena qoni bo‘ladi. Ikkala bo‘lmaning baravar qisqarishi tufayli arteriya va vena qonlari bir vaqtning o‘zida yurak qorinchasiga tushib, qisman aralashadi. Ayirish sistemasi. Baqaning ayirish sistemasi baliqlarnikiga o‘xshash ikkita uzun tasmasimon buyrakdan iborat. Buyraklar qorin bo‘shlig‘ida, umurtqa pog‘onasining yon tomonlarida joylashgan. Har qaysi buyrakdan bittadan ingichka naycha – siydik yo‘llari chiqib, kloaka bo‘shlig‘iga ochiladi. Siydik kloaka orqali tashqi muhitga chiqib ketadi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling