Reja: suvda hamda quruqlikda
Download 1.45 Mb.
|
ABDUSALOM WORD
Skeleti va muskullari. Baqa skeletining asosiy bo‘limlari zog‘orabaliqnikiga o‘xshash suyaklardan iborat (70-rasm). Biroq quruqlikda hayot kechirishga moslashishi va oyoqlarining paydo bo‘lishi tufayli skeleti tuzilishida qator o‘ziga xos xususiyatlar yuzaga kelgan. Xususan, umurtqa pog‘onasi bo‘yin umurtqasi orqali kalla suyagi bilan harakatchan qo‘shilgan. Baqaning qovurg‘alari rivojlanmaganidan ko‘krak qafasi ham bo‘lmaydi. Dum umurtqalari birlashib, bitta uzun dum suyagini hosil qiladi.Baqaning oldingi va orqa oyoqlari skeleti kamar suyaklari orqali umurtqa pog‘onasi bilan tutashgan. Oldingi oyoqlar skeleti bitta yelka, ikkita bilak va bir qancha panja suyak laridan iborat. Ular yelka kamari: ikkitadan ko‘krak tirgak, o‘mrov va kurak suyaklari orqali umurtqa pog‘onasiga birikadi. Kamar suyaklarining ikkinchi uchi to‘sh suyagiga tutashgan. Orqa oyoq lar son, boldir, tovon, panja suyaklaridan iborat. Orqa oyoqlar kamarini o‘zaro harakatsiz birikkan uchta chanoq suyaklari hosil qiladi. Chanoq suyaklari orqa oyoqlar uchun tayanch bo‘ladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar oldingi va orqa oyoqlarining barcha suyaklari o‘zaro bo‘g‘imlar orqali harakatchan birikkan; muskullari nisbatan kuchli rivojlangan. Shuning uchun ularning harakati baliqlarnikiga nisbatan xilma-xil va murakkab. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling