Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko‘payishi,
rivojlanishi va xilma-xilligi
Tuxum qo‘yishi. Ko‘klam kelib, kunlar isiy boshlashi bilan baqalar qishki karaxtlik holatidan chiqib, suv havzalari yaqinida oziq axtara boshlaydi. Urchish payti yaqinlashgan sayin erkak baqa larning baland ovoz bilan sayrashi avj oladi. Urg‘ochi baqalar suvga tashla gan tuxumlariga erkak baqalar urug‘ suyuqlig‘ini to‘kib ketadi. Bitta baqa 5 000–10 000 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Urug‘langan tuxumning qobig‘i bo‘rtib, tiniq yopishqoq shilimshiq parda hosil qiladi. Tuxumning ustki qismi qoramtir tusda bo‘lganidan quyosh nuri ta’sirida yaxshi isiydi. Tuxumlar suv yuzasida to‘p-to‘p bo‘lib qalqib yuradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |