Reja: Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya
Ion almashinish va tanlangan adsorbsiyani biologik va tibbiy ahamiyati
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
5-амалий коллоид
Ion almashinish va tanlangan adsorbsiyani biologik va tibbiy ahamiyati.
Odam organizmida turli toksinlar va boshqalar to'qimalar va hujayralar orqali tanlab adsorbsiyalanadi. Masalan, qoqshol, botulizm va boshqa kasalliklarni qo'zg'atuvchi toksinlar avvalo markaziy asab sistemasi hujayralarini shikastlantiradi, dizenteriya qo'zg'atuvchi toksinlar — vegetativ asab sistemasini zararlantiradi, toshmali tifda ko'pincha teri, miya va qisman yurak tomirlari shikastlanib, og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Ionitlar tibbiy maqsadlarda keng qo‘llanadi. Masalan, chaqaloqlarning sun‘iy oziqlarini tayyorlashda, qon va limfalarni konservatsiya qilish jarayonlarida, sof antibiotiklar olishda, me‘da-ichak yo‘lidagi zaharli moddalar, toksinlarni tozalashda keng qo‘llanadi. Immun sistemasi faoliyatining asosiy fizik-kimyoviy mexanizmi adsorbsiya jarayoniga asoslangan. Immun oqsillari (antitelolar) juda katta tanlangan adsorbsiya qiymatiga ega. Ular organizm uchun yot bo'lgan ma'lum tur oqsillarga (antigenlarga) adsorbsiyalanib, ularni eritib yuboradi. Elektron mikroskopik tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, antitelolar, masalan, ich terlama bakteriyalari ustida bir xil adsorsiyalanmasdan, «faol markazlar» bo'yicha adsorbsiyalanadi. Buyrak va siydik yo'llarida tosh hosil bo'lishi jarayoni ham tanlangan adsorbsiyaga asoslangan. Buyrak biosuyuqliklari tarkibida Mg 2+ , Ca 2+ , PO 3 4 va C 2 O 2 4 ionlarining konsentratsiyasi ortganda ularning eruvchanlik ko'paytmalari kritik konsentratsiyasiga yetib kalsiy va magniy fosfat yoki oksalat tuzlari holida cho'kma hosil qiladi. Bu jarayon natijasida tanlangan adsorbsiya hisobiga suvda erimaydigan tuzlarga moyilligi katta bo'lgan ionlar adsorbsiyalanadi, natijada qattiq faza yiriklashib buyrak va siydik yo'llarida qum va tosh hosil bo'ladi. 109 Tibbiyotda ishlatiladigan «adsorbsion terapiya» deb ataladigan ba'zi davolash usullari adsorbsiyaga asoslangandir. Masalan, me'da-ichak sistemasiga tashqi muhitdan tushgan zaharli moddalarni yoki ichaklarga turli organlardan ajralib chiqqan zaharli gazlarni (meteorizm) karbolenga (faollangan ko'mir) adsorbsiyalantirish orqali chiqarib yuboriladi. Tibbyotda turli xil moddalar bilan zaharlanganda qo'llanadigan adsorbentlar quyidagi jadvalda keltirilgan. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling