O‘rta guruh. Besh yoshli bolalarni mehnat jarayonida uyushtirishning shakllari kichik guruxdagi bilan bir xildir. Bunda individual topshiriqlar katta o‘rin egallasa ham biroq ular uzoq muddatli xarakterni kasb etadi. Bolalar ayni bir topshiriqning o‘zini 2—3 kun davomida bajaradilar. Natijada o‘rta guruhda mehnat jarayoni murakkablashib boradi.
Katta guruhlar. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda faqat mehnatni tushunish ko‘nikmasigina emas, balki mehnat topshirig‘ini, uning natijasini ko‘rsatishni, topshiriqlarning ketma-ketligini, kerakli anjomlarni tanlashni, mustaqil mehnat qila bilishni (tarbiyachining bir oz yordamida) ham tarkib toptirish lozim. O‘simliklar va xayvonlarni parvarish qilish bo‘yicha individual topshiriqlar uzoq muddatli ishga aylanadi.
Katta guruhdagi bolalarda tabiat burchagida navbatchilik qilish joriy qilinadi. Navbatchilikni tashkil etar ekan, tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazib, unda bolalarni navbatchilikning majburiyatlari bilan tanishtiradi, tabiat burchagida yashovchi jonivorlarni parvarish qilish usullarini eslatadi, yangilari bilan tanishtiradi. Bir vaqtda 2-3 bola navbatchilik qiladi.
Navbatchilikka yaxshi ishlaydigan bolaiar bilan birga malakalari yetarlicha shakllanmagan bolalar tanlanadi. Navbatchilik bolalarda javobgarlik hissini, ishbilarmonlikni tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |