Reja: Tabiat bilan tanishtirish metodlari haqida tushuncha


Tabiat bilan tanishtirishda bolalar mehnatini tashkil etish


Download 28.1 Kb.
bet10/11
Sana21.01.2023
Hajmi28.1 Kb.
#1107080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1534913886 72318

Tabiat bilan tanishtirishda bolalar mehnatini tashkil etish. Bolalarni tabiatdagi mehnati individual topshiriq shaklida va kollektiv mehnat tarzida tashkil etiladi.
Individual topshiriq bolalar bog'chasidagi barcha yosh guruhlarda qo'llaniladi. Bular tarbiyachiga bolaning xattiharakatini puxtaroq boshqarish: yordam ko'rsatish, qo'shimcha tushuntirish, maslahat berish, topshiriqning bajarilishini nazorat qilish, bolaning faoliyatini boshqarish imkonini beradi. Bularning barchasi malaka hamda ko'nikmalarning aniq va mustahkam shakllanishiga, shuningdek, topshirilgan ish uchun mas'uliyat his etish, g'ayrat bilan mehnat qilish odatining tarbiyalanishiga yordam beradi.
Kollektiv mehnat bir vaqtning o'zida guruhning barcha bolalarida mehnat malakalari va ko'nikmalarini tarbiyalashga imkon yaratadi. Mehnatning bu shakli kollektivdagi munosabatlarning tarkib topishi uchun zarurdir. Bunda mehnatning umumiy maqsadini tushunish, kelishib olish, o'z harakatlarini muvofiqlashtirish, ishni hamkorlikda rejalashtirish, o'rtoqlarga yordam berish, ularning mehnatini baholash kabi muhim ko'niknialar shakllanadi.
Bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri navbatchilikdir. Tabiat burchagida navbatchilik qilishni bolalar katta guruhda boshlaydilar. Mehnatning bu shakli mehnat malakalarini takomillashtirish, uning ijtimoiy sabablarini shakllantirish imko­nini yaratadi.
Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish. Kichik guruhlar. Bunda bolalar tarbiyachining tabiat burchagi va hovlidagi hayvonlar hamda o'simliklarni parvarish qilishga yo'llangan mehnatida ishtirok etadilar. Ular 1—2 ta individual topshiriqlar oladilar (qushlar uchun tayyor ozuqani olish va donxo'rakka solish, o'simliklarni oldindan hozirlab qo'yilgan suv bilan sug'orish val shu kabilar). Bu qisqa muddatli mehnatga tarbiyachi astasekin barcha bolalarni jalb qiladi.
O'rta guruh. Besh yoshli bolalarni mehnat jarayonida uyushtirishning shakllari kichik guruhdagi bilan bir xildir. Bunda individual topshiriqlar katta o'rin egallasa ham biroq ular uzoq muddatli xarakterni kasb etadi. Bolalar ayni bir topshiriqning o'zini 2—3 kun davomida bajaradilar. Natijada o'rta guruhda mehnat jarayoni murakkablashib boradi.

Download 28.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling