Reja: Tadbir o’tkazishning obyekti
Download 28.76 Kb.
|
1 2
Bog'liqTadbirlarni o’tkazishda ularning obyekti va subyekti.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatda tadbir
- Muloqot orqali Tadbir
- Madaniy Tadbir
Mavzu: Tadbirlarni o’tkazishda ularning obyekti va subyekti. Reja: Tadbir o’tkazishning obyekti Tadbir o’tkazishning subyekti Tadbir turlari. Turistik Tadbirga tizimli (sistemali) yondoshuv nuqati nazaridan – bu muloqot, harakat, madaniyat, ijod, ko‘ngil ochish, vaqtni xushchaqchaq o‘tkazishda o‘ziga xos turistik ehtiyojlarni qondirishdir. Bu ehtiyojlarning qamrovi juda keng bo‘lib, bu to‘g‘rida mutloqo har xil fikr bildirishadi. Xususan: birov uchun dam olish – bu sayohatdir, boshqa uchun esa – kitob o‘qishdir, uchinchi kishi uchun esa bu – o‘rmonda sayr qilishdir, to‘rtinchi odamga – baliq ovlash va h.k. Ushbu talablarga muvofiq turistik xizmat ko‘rsatish amaliyotida turistlar (dam oluvchilar)ni turli ehtiyojlarini qondiruvchi Tadbirning quyidagi turlari farqlanadi: Harakatda tadbir – zamonaviy kishining harakatda ehtiyojini qondiradi, ko‘ngilli kechinmalar qoniqish bilan qo‘shilib ketadi. Kechinmalar orqali Tadbir – yangi, noma’lum hisda, kutilmagan qiyinchilikni yengib o‘tishda kashfiyotlarda, muloqotda ehtiyojni qondiradi. Muloqot orqali Tadbir – yangi va qiziqarli kishilar bilan muloqotda, odamlar ichki olamini ochish va muloqot orqali o‘zligini anglash bilan ehtiyojini qondiradi. Tinchlashtirish orqali Tadbir – odamlarning kundalik ruhiy zo‘riqishi, charchoqdan tinchlantirish ehtiyojini, hamdardlik bildirish, tabiat bilan aloqada bo‘lish orqali qondiradi. Madaniy Tadbir – shaxsning ma’naviy rivojlangan odamlar ehtiyojini yodgorliklar va mamlakatlar, mintaqalar, xalqlar, millatlar madaniyati zamonaviy namunalariga hamnafas bo‘lishi orqali qondiradi. Ijodiy Tadbir - insonning ehtiyojini ijodda, o‘z ijodiy yaratuvchanlik qobiliyatini namoyish qilishda qalban yaqin odamlar bilan aloqa o‘rnatish, birgalikda ijod qilish, yaratish orqali qondiradi. Real animatsion dasturlar ko‘pincha Tadbirning ushbu turlariga nisbatan kompleks harakterga ega bo‘ladi. Sanab o‘tilgan Tadbir turlari esa ushbu dasturlarning tarkibiy elementlari hisoblanadi. Xuddi o‘zini g‘ishtin uydek namoyon etgan Tadbir dasturlarining g‘ishtlariday. Odatda, animatsion dasturlar bir vaqtning o‘zida sof ko‘ngil ochish tadbirlari bilan xilma-xil sport o‘yinlari, mashqlar va musobaqalarni o‘z ichiga oladi. Bunday qo‘shilishlar animatsion dasturlarni sog‘lik uchun foydali, qiziqarli xillar bilan yanada boyitadi. Shuning uchun aynan turistik Tadbir va sportning o‘zaro bog‘lab qo‘yib olish borilishida ko‘proq sog‘lomlashtirish – tiklash samaradorligiga erishiladi. Kurortlarda rekreant(dam oluvchi)larning dam olishini hordiq chiqarishini, tashkil qilish – kurort ishlari va turizm mutaxassislarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ko‘psonli anketa so‘rovlari shuni ko‘rsatadiki, kurortlarda dam olishga keluvchilarning 50-70 % asosiy maqsadi dam olish, hordiq chiqarish hisoblanadi. Bu foiz dengiz bo‘yi kurortlari uchun bir muncha yuqori darajada, tor ixtisoslashuvdagi korxonalar uchun esa past ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Har qanday holatda ham dam oluvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etish og‘ir va mushkil vazifa hisoblanadi. Eng avvalo, dam oluvchilarning mehmonxonalar va kurortlarda bo‘lgan davrida bo‘sh vaqtlari juda ko‘p bo‘lishi kuzatiladi. Keyingi yillarda dam oluvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu esa bir qator sabablari bilan shartlanadi: xorijiy kurortlar tajribasini almashinishi; aholi madaniy va ta’limiy darajasining o‘sishi; bo‘sh vaqtdan foydalanish tarkibining o‘zgarishi; professional teatr, kino va estradalar konsert faoliyati, gastrollarining faollashuvi. Turistik tarmoqlar xizmatining potensial iste’molchisi bo‘lgan o‘z ta’tilini dengiz bo‘yi kurortlarida o‘tkazishni tanlagan kishi, shubhasiz, o‘z oldiga birinchi navbatda dam olish, kundalik tashvishlardan xoli bo‘lish, keyingi hayoti uchun zarur kuch-qudrat va his-tuyg‘ularga ega bo‘lishi vazifasini qo‘yadi. Aynan ruhiy holat, kayfiyat va hissiyot ushbu mehmonxonada o‘tkazilgan bo‘sh vaqtdan qoniqish hosil qilish tuyg‘usini belgilaydi. Mehmonxona korxonasi faoliyatining ko‘p rejali muhim qismi, uning yuksak darajada professionalizm (kasbiy tayyorgarlik) ifodasi Tadbirni tashkil etish hisoblanadi. Bu o‘ziga xos va ta’sirchan reklama shaklidir. U orqali mijozlarni, ularning tanishlarini qayta jalb etish, ushbu mahsulotni mehmonxona xizmatlari bozorida harakatlanishini amalga oshirish, korxona ishi samaradorligini, daromadligi va rentabelligini oshirshi mumkin. Mehmonxona raqobatbardoshligini oshirishning inkor qilib bo‘lmaydigan omili, u yoki bu dam olish joyini tanlash huquqi «mehmonxona Tadbirsi» keng ma’nodagi tushunchasini yangi yo‘nalishlar tug‘diruvchi shartlarga aylantirishi mumkin. Download 28.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling