Reja: Tadbir o’tkazishning obyekti


Download 28.76 Kb.
bet2/2
Sana26.12.2022
Hajmi28.76 Kb.
#1067457
1   2
Bog'liq
Tadbirlarni o’tkazishda ularning obyekti va subyekti.

Animatsion loyihani amalga oshirish shakli
Joylashtirish ob’ektida kundalik Tadbir dasturi o‘z tarkibiga quyidagilarni kiritishi mumkin:

  • kattalar uchun sport o‘yinlari va musobaqalar (plyajda yoki basseynda aerobika, voleybol, suv to‘pi, darts, armrectling, stol tennisi, komondan va pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish va boshq);

  • bolalar dasturlari (bolalar maydonchasi yoki basseynda o‘yinlar va konkurslar, kechki ko‘ngilochar dasturlari, tematik bayramlar);

  • kechki shou dasturlar (shou konkurslar, o‘yin shoulari, komik shoular, diskotekalar, estrada jamoalari, badiiy xavaskorlik chiqishlari, tematik oqshomlar o‘tkazish diskolari, jonli musiqa va h.k.).

Shunday qilib, o‘z ichiga Tadbir barcha turlarini qamrab olgan animatsion dasturlar xilma-xilligi animatsion komandalarning yuqori malakali, ishchan, xayrixoh va tashabbuskor ijodiy xodimlri tomonidan hayotga tadbiq etiladi. Bu muassasa obro‘sini oshirish imkonini beradi, uning raqobatbardoshligi ustunligini ta’minlaydi, mijozlarni ushbu mehmonxonaga yana kelishini kafolatlaydi, chunki mijoz aynan o‘ziga yoqib qolgan joyga qaytadi.
Kurort ishi va turizm sohasi mutaxassislarining eng muhim vazifalaridan biri bu – rekreantlarning kurortlarda xordiq chiqarishini tashkillashtirish hisoblanadi. Ko‘pgina so‘rovlarning ko‘rsatishicha, kurortga keluvchilarning 50-70%ning asosiy maqsadi dam olishdan iborat bo‘ladi. Bu foiz ko‘rsatkichi dengiz bo‘yi kurortlar uchun ancha yuqori hamda tor ixtisoslashtirilgan kurortlar uchun esa past bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda ham, dam oluvchilar bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazishni tashkillashtirish murakkab masalardandir. Chunki bu, avvalo kurortda bo‘lish davomida mehmonxonalarda dam oluvchilarning bo‘sh vaqtining ko‘pligi bilan bog‘liq.
Oxirgi yillarda dam oluvchilar vaqtini maroqli o‘tkazishni tashkillashtirishda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Bu bir nechta sabablar bilan asoslanadi:

  • xorijiy kurortlarning tajribalaridan foydalanish;

  • aholining ta’lim va madaniyat darajasining oshishi;

  • xordiq chiqarish industriyasi yangi texnologiyalarini tadbiq etish;

  • bo‘sh vaqtdan foydalanish tizimining o‘zgarishi, professional teatr, kino va estradaning gastrol va konsert ishini faollashtirish.

Inson turizm sohasi xizmatlarining istiqbolli iste’molchisidir. U dengiz bo‘yi kurortini o‘zining ta’til o‘tkazish joyi qilib tanlaganida, shubhasiz, birinchi o‘rinda o‘z oldiga dam olish, bo‘shashish, kunlik muammolardan qutilish, ijobiy taassurotlar olish va keyingi hayoti uchun kuch yig‘ishni maqsad qilib qo‘yadi. Aynan psixologik holat, kayfiyat va taassurotlar belgilangan mehmonxonada o‘tkazilgan vaqtdan qoniqish hissini aniqlaydi.
Mehmonxona xizmati ko‘p rejali faoliyatining muhim qismi, professionallik darajasi yuqoriligining ifodasi bo‘lib Tadbirni tashkillashtirish hisoblanadi. Bu reklamaning o‘ziga xos va o‘ta ta’sirchan shakli bo‘lib, mijozlar va ularning tanishlarini ushbu mahsulotning mehmonxona xizmatlari bozoridagi harakatini amalga oshirishga qayta jalb qiladi bu esa, o‘z navbatida korxona samaradorligi, daromadliligi hamda rentabelligini oshiradi. Mehmonxona raqobatbordoshligini oshirishning shak-sho‘bhasiz omilidan biri, u yoki bu dam olish joyining tanlovini aniqlovchi, yangi paydo bo‘layotgan yo‘nalish - “mehmonxona Tadbirsi” tushunchasi bo‘lishi mumkin.
Bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazish bo‘yicha animatsion faoliyatni tashkillashtirishning aniq shakllarini tanlash mehmonxona moddiy – texnik bazasi imkoniyatlari, uning joylashuvi hamda infratuzilmasining mavjudligi, dam oluvchilarning kontingenti(soni) hamda ushbu soha xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. Bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazishning ana’anviy shakllari bo‘lib, sport – ommaviy ishlar, ekskursiya, kinofilmlar namoyishi hamda dam olish kechalarini o‘tkazish hisoblanadi.
Hordiq oluvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi yangi yo‘nalish sifatida animatsion servisni o‘rganishga o‘tarkanmiz, ta’kidlash zarurki, animatsion-madaniy faoliyat G‘arbda anchayin to‘la ma’noda namoyon etilgan. Xorijda aholining bo‘sh vaqt hajmi asta-sekin ko‘payib bormoqda, binobarig, dam olish dasturlari va xizmatlarning sifatiy ko‘payish jarayoni ham bormoqda. Ko‘ngilochar tadbirlar industriyasi u yoqda yarim asr avvalroq rivojlana boshlab, natijasi hordiqni tashkil etishning rivojlangang tizimi bo‘ldi. Bu jabhada katta yutuqlarga AQSH, Kanada, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari (Germaniya, Fransiya, Daniya, Belgiya, Niderlandiya, Finlyandiyalar) erishishdi. Turistik animatsion servis kurortli hududlarda juda yaxshi turistik sayohatlar attaraktivligi hamda dam olish sifatining oshishishga zamin yaratadi. Butun jahon kurortli hududlarida dam oluvchilar bo‘sh vaqtini tashkil qilishning yetiladi: o‘yinli tadbirlar, faol musobaqalar, har xil shou va bayramlar kabilarga. G‘arbda animatsion sektorning asosiy faoliyati kattalar va bolalar uchun bepul Tadbir xizmatlari majmuasini o‘z ichiga olgan hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. “Tadbirlarni tashkil etish “ o’quv majmuasi

  2. “Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorti ” o’quv qo’llanmasi


https://my.gov.uz
Download 28.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling