Reja: Tadbirkorlik subyektlarining pul oqimlari to‘g‘risida tushuncha va ularni boshqarishning uslubiy asoslari


Download 147.96 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi147.96 Kb.
#1625502
  1   2   3   4   5   6

Pul oqimlarini boshqarish
Reja:


1.Tadbirkorlik subyektlarining pul oqimlari to‘g‘risida tushuncha va ularni boshqarishning uslubiy asoslari
2.Tadbirkorlik subyektlarida pul mablag‘larining tushumi va sarflanishi rejasini ishlab chiqish hamda boshqarish(8693)1
3.Tadbirkorlikni moliyalashtirish manbalari ularni shakllanishi va usullari
4.Tadbirkorlikni kreditlash shakllari va ularni jalb etish mexanizmi
1. Tadbirkorlik subyektlarining pul oqimlari to‘g‘risida tushincha va ularni boshqarishning uslubiy asoslari
Biznes subyektlarining moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishda pul oqimlarini to‘g‘ri rejalashtirish va boshqarish muhim rol o‘ynaydi. Pul oqimlari tadbirkorlik subyektining bir yil davomidagi barcha sarflangan va kirim qilingan pul mablag‘larining harakatini ifodalaydi. Subyektning «pul oqimlari» tushunchasi o‘zida faoliyatining uzluksizligi jarayoni davomida pul mablag‘lari tushumi va chiqimining taqsimlanish yig‘indisini aks etiradi.
Subyektlarning pul oqimlari tushunchasi moliyaviy boshqaruvning alohida obyekti sifatida nafaqat mahalliy, balki xorijiy adabiyotlarda ham moliyaviy boshqaruv bo‘yicha yetarli darajada o‘z aksini topmagan. Bu pul oqimlarining asosiy tarkibida pul aktivlarini boshqarish, moliyaviy resurslarni shakllantirishni boshqarish va bankrotlik xavfi sharoitida inqirozga qarshi subyektlarning boshqaruvi masalalari ko‘rib chiqiladi. Unga shuningdek, moliyaviy hisobotlar, pul mablag‘larining harakat dinamikasini tasvirlovchi buxgalterya hisobini yuritish kabi hisob turlari kiradi.
Pul oqimlarini to‘g‘ri rejalashtirish va boshqarish nisbatan murakkab vazifa bo‘lib, u endigina amaliyotga kirib kelmoqda. Shuningdek, moliyaviy hisobotining shakllaridan biri ham «pul oqimlari to‘g‘risida»dir.

  • Biznes subyektlarining pul oqimlaridan unumli foydalanish quyidagi vazifalarni yechishga yordam beradi:

  • u tadbirkorlik subyektining «moliyaviy qon aylanish tizimi» bo‘lib, samarali tashqil etilganda moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi;

  • pul oqimlarini oqilona shakllantirish xo‘jalik operatsion faoliyatining bir maromda va doimiy amal qilishini ta’minlaydi;

  • pul oqimlarini samarali boshqarish qarz mablag‘lariga, ya’ni chetdan jalb qilingan kapitallarga bo‘lgan ehtiyojlarni qisqartiradi;

  • pul oqimlarini boshqarishning faol tizimiga ega bo‘lish o‘z mablag‘laridan samarali foydalanishni, ichki moliyaviy manbalarni shakllantirishni ta’minlaydi;

  • pul oqimlarini to‘g‘ri boshqarish xo‘jalik kapitalining aylanishini tezlashtiruvchi moliyaviy dastak hisoblanadi;

  • pul oqimlaridan samarali foydalanish tadbirkorlik subyektining to‘lov qobiliyatini oshiradi va maqsadli foyda miqdoriga erishishga yordam beradi;

pul oqimlarini samarali boshqarish shakllariga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olishni, bevosita pul aktivlari bo‘yicha ijobiy natijalarga erishishni, ya’ni vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Tadbirkorlik subyektlari «pul oqimlarini boshqarish» tushunchasi o‘zida ho‘jalik faoliyati uchun xizmat qiluvchi turli shakldagi pul oqimlari tarkibini aks ettiradi. Buning mohiyatini pul oqimlarini boshqarishda ularning alohida xususiyatlariga qarab aniqlash talab etiladi. Bunday pul oqimlarini guruhlashtirishni quyidagi asosiy belgilari bo‘yicha tashqil qilish taklif qilinadi.
1. Pul oqimlari xo‘jalik faoliyatiga xizmat qilish jarayonlarining hajmi bo‘yicha quyidagi shakllarga ajratiladi:

  • korxona bo‘yicha to‘liq pul oqimlari;

  • korxona xo‘jalik faoliyatining alohida shakllari bo‘yicha pul oqimlari;

  • alohida tarkibiy tuzilmalari (javobgarlik markazlari) bo‘yicha pul oqimlari;

  • alohida xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha pul oqimlari.

2. Xalqaro hisob standartlariga mos ravishda xo‘jalik faoliyatining shakllari bo‘yicha pul oqimlarining turlari quyidagilarga ajratiladi:

  • operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari;

  • investitsiya faoliyati bo‘yicha pul oqimlari;

  • moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul oqimlari.

3. Pul mablag‘larining harakat yo‘nalishlari bo‘yicha pul oqimlari ikki asosiy shaklga ajratiladi:

  • ijobiy pul oqimlari («pul mablag‘larining kirimi»);

  • salbiy pul oqimlari («pul mablag‘larining chiqimi»).

4. Hajmini hisoblash usullari bo‘yicha pul oqimlari quyidagi shakllarga ajratiladi:

  • yalpi pul oqimlari;

  • sof pul oqimlari.

5. Hajmining yetarlilik darajasi bo‘yicha pul oqimlari quyidagi shakllarga ajratiladi:

  • pul oqimlarining yetarliligi;

  • pul oqimlarining yetishmasligi (defitsitligi).

  • 6. Pul oqimlari davrda baholash usullari bo‘yicha quyidagi shallarga ajratiladi:

  • joriy pul oqimlari;

  • kelgusidagi pul oqimlari.

7. Pul oqimlari ko‘riladigan davrda shakllantirilishining uzluksizligi bo‘yicha quyidagi shakllarga ajratiladi:
doimiy pul oqimlari;
vaqtinchalik pul oqimlari.
8. Doimiy pul oqimlari vaqt oralig‘ing barqarorligi bo‘yicha quyidagi shakllarga ajratiladi:
doimiy pul oqimlarining bir xil vaqtdagi oralig‘i;
doimiy pul oqimlarining har xil vaqtdagi oralig‘i.
Tadbirkorlik subektlarining pul oqimlari operatsion faoliyat, moliyaviy faoliyat va investitsion faoliyat natijasida shakllanadigan pul oqimlaridan iborat bo‘ladi.
Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schetlar, ishchilarga mehnat haqi xarajatlari va mehnatga haq to‘lash fondidan ijtimoiy ajratmalar, asosiy vositalarning eskirishi, turli ish va xizmatlar uchun to‘langan pul mablag‘lari, foiz ko‘rinishidagi xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatidagi boshqa xarajatlar, xo‘jalikni boshqarish xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va boshqa operatsion xarajatlar, budjetga turli soliqlar ko‘rinishidagi chiqimlar hamda mahsulot sotishdan olingan, ish va xizmatlar ko‘rsatishdan kelib tushgan tushum, royalti, foiz ko‘rinishidagi tushumlar va operatsion faoliyat bilan bog‘liq boshqa pul tushumlarini aks ettiradi.
Investitsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari kichik biznes subyektlarining ishlab chiqarishga sarflagan real investitsiyalari va ortiqcha asosiy vositalarni sotish, boshqa subyektlarning aksiyalarini sotib olish va sotish hamda boshqa investitsiya xususiyatiga ega bo‘lgan kirim va chiqimlarni o‘z ichiga oladi.

Download 147.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling