Reja: Tadbirkorlik subyektlarining pul oqimlari to‘g‘risida tushuncha va ularni boshqarishning uslubiy asoslari
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul oqimlari
Download 147.96 Kb.
|
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul oqimlari tadbirkorlik subyektining qo‘shimcha sarmoya sifatida mablag‘ jalb qilishini, uzoq va qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni jalb qilishni, pul ko‘rinishida dividend berish va korxona faoliyatini tashqi mablag‘lar bilan moliyalashtirishni o‘z ichiga oladi.
Biznes subyektlarining pul oqimlarining shakllanishida ichki va tashqi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tashqi ta’sirlarga tovarlar va fond bozorlaridagi vaziyat, xo‘jalik yurituvchi subyektlar orasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibi, kreditlar bilan ta’minlash, soliq va bojxona tizimlari kirsa, ichki omillarga ishlab chiqarish jarayonining davomiyligi va mavsumiylik xususiyati, tadbirkorlik subyektining eskirishni hisoblash siyosati, ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish tizimi va boshqalar misol bo‘ladi. Tadbirkorlik subyektlari doimo ijobiy pul oqimiga ega bo‘lgan taqdirda barqaror rivojlanish imkoniga ega bo‘ladi. Pul oqimlari va boshqa moliyaviy resurslarning yetarli darajada bo‘lishi nafaqat takror ishlab chiqarish va shaxsiy iste’molni kengaytirishga, balki tadbirkorlik subyektining likvidligini ta’minlashga ham imkon beradi. Tadbirkorlik subyektlarining to‘lovga qobilligi ayniqsa, moddiy resurslar ta’minoti, turli ish va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashqi subyektlar va ularning moliyaviy faoliyati uchun muhim ko‘rsatkich hisobланади. 2.Tadbirkorlik subyektlarida pul mablag‘larining tushumi va sarflanishi rejasini ishlab chiqish hamda boshqarish Pul oqimlarini boshqarish butun subyekt moliyaviy faoliyatini boshqarish tizimining muim tarkibiy qismi hisoblanadi. U subyektning moliyaviy boshqaruvida turli shakldagi vazifalarni yechishda va uning subyekt moliyaviy menejmentining bosh maqsadiga qaratilganligini talab etadi. Kichik tadbirkorlik subyektining pul oqimlarini boshqarish jarayoni quyidagi asosiy tamoyillar asosida amalga oshiriladi. 1. Axborotlarning ishonchliligi tamoyili. Har qanday boshqariladigan tizim, shuningdek, subyekt pul oqimlarini boshqarishda ham zaruriy axborot bazasi bilan ta’minlanishi kerak bo‘ladi. Bunday axborot bazalariga ega bo‘lish o‘z-o‘zidan ma’lum qiyinchiliklarni hal qilishni talab etadi. Ayniqsa, moliyaviy hisobotlar tuzish va ulardan foydalanishda yagona buxgalteriya hisobotlarini xalqaro standartlar asosida tashqil etishni shakllanitirish va boshqalar bu tamoyilga tayanilishini yaqqol ko‘rsatadi. 2. Balanslashtirilishi tamoyili. Subyektlar pul oqimlarini boshqarish ko‘proq uning tarkibiy guruhlanishidagi asosiy shakllar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu jarayonlarni bir-biriga ma’lumotlarning mosligi va turli shakldaligi bilan alohida ajralib turadi. Ushbu tamoyil subyekt pul oqimlarini asosiy shakllari, hajmi, vaqt oralig‘i va boshqa xususiyatlariga qarab muvozanatlashtirishni talab etadi. Subyektning pul oqimlarini boshqarish jarayonlarida pul oqimi va undan foydalanishni maqbullashtirilishini ko‘zda tutadi. 3. Samaradorlikni ta’minlash tamoyili. Subyekt pul oqimlarini boshqarishda ma’lum bir vaqtda pul mablag‘larining tushumini va sarflanishining bir me’yordaligini, bo‘sh turgan pul mablag‘larining aktivligini oshirish, inflyatsiya darajasini pasaytirish, muayyan vaqtdagi qiymat bahosini samarali tashkil etishga qaratiladi. Bu tamoyilga subyekt moliyaviy investitsiyalarini harakatlantirish yo‘li bilan pul oqimlarini samarali boshqarish va boshqalar kiradi. 4. Likvidlikni ta’minlash tamoyili. Subyekt pul oqimlarining alohida shakllari bo‘yicha yuqori darajadagi maromsizlik yuzaga kelishi natijasida vaqtincha pul defitsiti paydo bo‘lib, uning likvidlik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun subyekt pul oqimlarini boshqarishning davrlarida bu oqimlar likvidliligini yetarli darajada ta’minlash zarur. Pul mablag‘lari rejasini tuzishda moliyaviy hisobot moddalaridan foydalanib, subyekt to‘g‘risida atroflicha ma’lumot olinadi, shu asosda korxonada pul mablag‘larining tushumi va sarflanishi, shuningdek, moliyaviy holat, pul mablag‘larining harakatining faollik darajasi tahlil etiladi. «Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»da subyektning moliyaviy resurslari tarkibidagi o‘zgarishlar va pul mablag‘larining harakati, xususan, joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida bu mablag‘larning kelib tushishi, sarflanishi, yil boshi va oxiridagi qoldig‘i, shuningdek, investitsiya va moliyaviy faoliyatga yo‘naltirilgan qismi aks ettiriladi. Pul oqimlarini boshqarishda moliyaviy axborotlar bilan ishlash jarayonidagi eng muhim jihatlaridan biri subyekt faoliyati, xususan, uning xo‘jalik faoliyati haqida alohida xulosalar chiqarish uchun zarur bo‘ladigan qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Subyektning birorta joriy moliyaviy rejasini ham, yirik xo‘jalik operatsiyalarini ham pul oqimlari rejasi tuzmasdan amalga oshirish iloji yo‘q. Chunki, barcha shakldagi pul mablag‘larini rejalashtirishda pulning tushum va chiqimlari ko‘rsatkichlari asosiy hujjat hisoblangan joriy moliyaviy rejaning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi(9-jadval). 9-jadval Download 147.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling