Reja: Tadbirkorlik subyektlarining pul oqimlari to‘g‘risida tushuncha va ularni boshqarishning uslubiy asoslari


Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi


Download 147.96 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi147.96 Kb.
#1625502
1   2   3   4   5   6
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:

  • boshqa sarmoyasiga ulush qo‘yish natijasida keladigan daromadlar;

    aksiyalar bo‘yicha dividendlar, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlardan foiz ko‘rinishidagi daromadlar;
    mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar (lizing to‘lovini olish);
    balans valyuta moddalarining ijobiy kurs farqlanishi va sarflangan mablag‘larning qayta baholanishidan olinadigan daromadlar.
    Ayrim holatlarda favqulodda holatlar (sel, jala, yong‘in, yer silkinishi va h.k.) natijasida ko‘rilgan zararni qoplash yuzasidan ham daromad olish mumkin va uni favqulodda daromadlar deb ataladi.
    Ammo moliyaviy mablag‘larning ushbu hosil bo‘lish manbalari hali subyekt ixtiyorida qoladigan haqiqiy daromad (sof foyda)ni aks ettirmaydi, chunki, kelgusi yilda takror ishlab chiqarishga jalb etish mumkin bo‘lgan mablag‘ faqatgina yilning sof foydasi hamda amortizatsiya ajratmalari hisobiga ta’minlanishi mumkin.
    Bugungi kunda amalda qo‘llanilayotgan nizomga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatining moliyaviy natijalarini shakllantirishda foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi:
    Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda. Bu mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi:
    bu yerda: YAF – yalpi foyda;
    SST – sotishdan olingan sof tushum;
    IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
    2. Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda. Bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyd bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovvut va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:

    Bu yerda: AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda;
    DX – davr xarajatlari;
    BD – asosiy faoiyatdan olingan boshqa daromadlar;
    BZ – asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar.
    Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zarar. Bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar yoki minus ko‘rilgan zararlar sifatida aniqlanadi:
    Bu yerda: UF – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
    MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
    MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari.
    4. Soliq to‘langungacha olingan foyda. Bu umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda yoki minus zararlar sifatida aniqlanadi:
    ;
    Bunda: STF – soliq to‘lagungacha bo‘lgan foyda;
    FF – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
    FZ – favqulodda vaziyatlarda ko‘rilgan zarar.
    5. Yilning sof foydasi. Bu soliq to‘lagandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyektning, ixtiyorida qoladigan hamda xo‘jalik subyekti mustaqil tasarruf etadigan foyda. U soliqlar to‘langunga qadar bo‘lgan foydadan, daromaddan soliqni hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda aniqlanadi:
    Bunda: SF – sof foyda;
    DS – daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliqlar;
    BS – boshqa soliqlar va to‘lovlar.
    Subyektlar sof foydasining bir qismini ishlab chiqarishni kengaytirishga, ikkinchi qismini esa iste’mol uchun yo‘naltirishi mumkin. Sof foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltiriladigan qismi kapitallashtirilgan foyda, deb ataladi va u:
    asosiy fondlarning qiymatini o‘stirishga;
    aylanma fondlarning qiymatini o‘stirishga;
    uzoq muddatli investitsiyalarni amalga oshirishga;
    zahira jamg‘armasini yaratishga yo‘naltirilishi mumkin.
    Sof foydaning bir qismi kichik tadbirkorlik subyektlari a’zolariga daromad tarzida taqsimlanishi va turli ijtimoiy maqsadlarga ishlatilishi mumkin.
    Subyektlarini moliyalashtirishda ichki zahiralar, ya’ni o‘z moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ichki moliyaviy resurslardan unumli foydalanish, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning samaradorligini yuksaltirish va mavjud resurslardan tejamkorlik bilan, oqilona foydalanishni nazarda tutadi.

    Download 147.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling