Reja: Talab va unga ta’sir etuvchi omillar
Download 23.55 Kb.
|
3-amaliy-1
3-MAVZU. TALAB VA TAKLIF TAHLILI ASOSLARI. Reja: 1. Talab va unga ta’sir etuvchi omillar. 2. Taklif va unga ta’sir etuvchi omillar. 3. Talab va taklif qonynlari. Bozor iqtisodiyotining ob’yektiv qonunlaridan biri talab va taklif qonunidir. Bu qonun yordamida bozor iqtisodiy mexanizmlar bilan boshqariladi. Bozordagi talab va taklifning nisbatiga qarab ishlab chiqarish sur’atlari va strukturasi tashkil topadi. Shuning uchun talab va taklif qonunini o'rganmay turib, bozor iqtisodiyoti fanlarini o'zlashtirib bo'lmaydi. Talab - pul bilan ta’minlangan ehtiyoj yoki Iste’molchilarning ma’lum narxda ma’lum davrda sotib olishni hohlagan bunga imkoni bo'lgan tovar va xizmatlar miqdori tushuniladi. Talab - ite’molchining ma'lum bir vaqt davrida talab etilayotgan mahsulotni bozor narxidagi shkala bilan xarakterlanishidir. Talab o'zgarishga baholi va bahosiz omillar ta’sir ko'rsatadi. Baho omillari - talab hajmini o'zgarishini belgilovchi egri chiziqdagi nuqtalarni ko'rsatadi. Talab dinamikasining narxga uisbatan teskari bog'liqligi 3 ta sabab bilan tushuntiriladi: birinchidan, narxning pasayishi, Iste’molchilar sonini ko'paytiradi. ikkinchidan narxning pasayishi Iste’molchilarning sotib olish imkoniyatini oshiradi chunchidan bozorlarning to’lishini, har bir qo'shimcha birlik mahsulotning foydaliligini kamaytirishga olib keladi, shuning uchun Iste’molchilar iloji boricha ushbu tovarni pastroq narxda sotib olishga harakat qiladilar. Demak. baholi omillar talab kattaligining o'zgarishiga olib keladi va talab egri chizig'i ma’lum yo’nalishda siljiydi. Shu bilan birga talabga bahosiz omillar (iste’molchilar didi, daromadi, iste’molchilar soni va boshqalar) ta’sir ko'rsatadi. Bahosiz omillarning harakati talabning o'zgarishiga olib keladi va talab egri chizig'ini, agar; o’savotgan bolsa, ongga; agar kamayayotgan bolsa, chap tomonga siljitadi. Taklif - biron bir mahsulotni ishlab chiqarish va bozorda sotish hajmidir. Taklif ham shkalalar yordamida xarakterlanadi. Unda ishlab chiqarish ma’lum davr mobaynida turli xil tovarlarni ishlab chiqarish va shu davrdagi baholarda Iste’molchilarga taklif qiladi. Taklif dinamikasiga ham baholi va bahosiz omiillar ta’sir ko'rsatadi. Taklif hajmining bahoga nisbatan bog'liqligi taklif qonuni bilan ifodalanadi va taklif egri chizig'ida aks ettiriladi. Taklif va baho o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni , ishlab chiqarish omillari unumdorligining pasayishi qonuni bilan tushuntirish mumkin. Narxning o'zgarish taklif xajmini ham o'zgartiradi. Bahosiz omillarning ta’siri natijasida ham. taklif o'zgaradi. Bunda, agar taklif o’sayotgan bo’Isa, egri chiziq o’ngga, agar kamayotgan bo'lsa chapga siljiydi. Taklifga ta’sir qiluvchi bahosiz omillarga ishlab chiqarish resurslari narxi, ishlab chiqarish texnologiyasining o'zgarishi, bozor strukturasi, davlatning soliq borasidagi siyosati kiradi. Talab va taklif qonuniga ko'ra, bozordagi talab va taklif faqat miqdoran emas, balki o'zining tarkibi jihatdan. ularning koordinaciyasi baho mexanizmi va raqobat asosida yuzaga keladi. Qoidaga asosan, bozor iqtisodiyotida talab omillari yoki taklif omillari amal qiladi, lekin talab va taklif omillarining birgalikdagi amal qilish hollari ham uchraydi. Ular o'zaro tenglashganda baho muvozanatini keltirib chiqaradi. Kelib chiqadigan mahsulotni ortiqchaligi va taqchilligi bozor iqtisodiyotining samaradorligini pasaytiradi. Download 23.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling