Reja: Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati


Download 0.72 Mb.
bet2/2
Sana14.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1092942
1   2
Bog'liq
1-mavzu metod [Автосохраненный]

Tayyorgarlik bosqichi:
Auditoriyadan tashqarida bajariladigan murakkab ilmiy tadqiqotchilik, uslubiy va konstruksiyalash faoliyatini o‘z ichiga olib, o‘qituvchi harakatlarining quyidagi izchilligi bilan bog‘liq bo‘ladi:
-keysni yaratadi (agar tayѐr keysdan foydalanilmasa);
-ta’lim texnologiyasini loyihalashtiradi va rejalashtiradi;
-o‘quvchilarni tayѐrlaydi, ularning keys bilan mustaqil ishlashi uchun o‘quv va uslubiy ta’minotni ishlab chiqadi.
Asosiy bosqich: keys-texnologiyasini amalga oshirish:
Maktabgacha pedagogika fanining tadqiqot metodlari.
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qо‘llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog‘liqdir. Ta’lim nazariyasida о‘qitish (ta’lim) metodlari markaziy о‘rin egallaydi.
Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq pedagog faoliyatida tez-tez qo‘llaniladigan usullarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- Motivatsiyali;
- Rivojlantiruvchi;
- Tashkiliy;
- Tarbiyaviy;
- Ta’limiy.
Ta’lim metodi о‘quv materialini bayon qilishga va uni bolalar yaxshi bilib olishga qaratilgan faoliyatning yо‘li, usulidir. Ta’lim jarayoni va natijalari pedagogning bolalar bilish faoliyati harakatini belgilovchi ish usulariga bog‘liqdir. Shu sababli doimo pedagogikada ta’lim metodlariga pedagogning ish usullari va bolalarning bilish faoliyati usullari deb qaraladiki, bu usullarning har ikkalasi ham о‘quv vazifalarini bajarishga qaratilgandir.
Ta’lim metodi pedagog bilan bolalarning о‘qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yо‘lidir.
Ta’lim metodlari о‘qituvchi va о‘quvchilar faoliyatining xususiyatini belgilaydi, ta’limning maqsadi va mazmuniga bog‘liq bо‘ladi.
Ta’lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog‘liqdir, ya’ni ular falsafiy fikrlarni, ta’lim jarayonining mohiyati va tamoyillari tо‘g‘ri anglash natijasidir.
Ta’lim metodlari о‘quv materiali mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig‘iga bog‘liqdir. О‘quv materialining mazmuni tobora chuqurlashib, murakkablashib va ilmiy tus olib boromoqda, shuning uchun ta’lim metodlari ilmiy bilishning mantiqi va metodlariga tobora kо‘proq bog‘liq bо‘lib qolmoqda.
Ta’lim metodlari о‘sayotgan organizmning anatomik-fiziologik, biologik xususiyatlariga ham bog‘liqdir. Bolalarning bilish faoliyatini tashkil qilishda ularning yoshiga xos biologik о‘sishni hisobga olish kerakki, ta’limning kо‘pgina jihatlari ish qobiliyati, charchash, ijodiy kayfiyat, jismoniy sog‘liq, maktabdagi gigiyena sharoitlari aynan shu о‘sishga bog‘liqdir.
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:
- didaktik maqsad asosida;
- ta’lim mazmuni asosida;
- ta’lim oluvchilarning o‘quv ko‘nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
- o‘qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
M.A.Danilov va B.P.Yesipovning tasnifi ma’lum turdagi darslarda qо‘yiladigan vazifalarga bog‘liqdir.
1. Bilimlarni bayon qilishda: hikoya – tushuntirish, ma’ruza, suhbatlar, kо‘rsatmali qо‘llanmalarni namoyish etish.
2. О‘quvchilarda kо‘nikma va malakalarni shakllantirish: mashqlarni shaklllantirish va amaliy ishlar.
3. Bilim, kо‘nikma va malakalarni tekshirish – joriy kuzatishlar, og‘zaki sо‘rash, yozma va amaliy nazorat ishlari.
S.I.Perovskiy va YE.Y.Goland tasnifi: faol va passiv metodlarga bо‘lish:
- agar о‘quvchilar mustaqil ishlasa, faol metodlar (laboratoriya metodi, kitob bilan ishlash);
- agar о‘quvchilar faqat tinglasa va eshitsa, passiv metodlar (hikoya, ma’ruza, tushuntirish, namoyish qilish metodi, ekskursiya). Bunday tasniflar ma’qul emas, chunki u о‘quvchilarning ongliligi va faolligi prinsipini buzadi.
S.P.Baranov о‘z tasnifini guruhlar bо‘yicha taqsimlaydi. Birinchi guruhga о‘qitishning о‘kituvchi eng asosiy rol о‘naydigan hikoya, suhbat, tasniflash, tushuntirish va hokazolarni kiritadi. Bunda о‘quvchining asosiy vazifasi о‘qituvchi mulohazalarning mantiqiga ergashish, bayon qilinayotgan mazmunni tushunish, eslab qolish va keyinchalik о‘rganilgan materialni qayta gapirib bera olishdan iborat bо‘ladi. Uning fikri о‘qituvchi mulohazalarining tizimiga qanchalik yaqin bо‘lsa, о‘quv materialini о‘rganishning tavsiya etilgan yо‘li shunchalik ishonchli bо‘ladi. О‘quvchining asosiy vazifasi – о‘qituvchining gaplarini tinglash va ularni tushunib olishdir.
S.P.Baranov о‘z tasnifini guruhlar bо‘yicha taqsimlaydi.
Ikkinchi guruhga о‘qishning yо‘llari: mashqlar, mustaqil, laboratoriya, amaliy va kontrol ishlar kiradi. О‘quvchi faoliyatining xarakteri tavsiya etilgan metodning samaradorligini belgilaydi. О‘qituvchining roli bolalarning о‘qishiga mohirona rahbarlik qilishdan iborat bо‘ladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati quyidagi besh bosqichda tashkil etiladi:
1. O‘qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan anglash bosqichi.
2. Ko‘rsatma, yo‘l– yo‘riq berish bosqichi.
3. Sinov bosqichi (bu bosqichda ikki-uch nafar ta’lim oluvchi amaliy harakatlarni bajaradi, qolgan o‘qiuvchilar esa ularning faoliyatini kuzatadi).
4. Faoliyat (harakat)ni bajarish (har bir ta’lim oluvchi topshiriqni mustaqil ravishda bajaradi, ayni o‘rinda topshiriqni bajarishga qiylanalgan ta’lim oluvchilarga alohida e’tibor qaratilib, ularga yordam ko‘rsatiladi).
5. Nazorat bosqichi (bu bosqichda ta’lim oluvchilarning ishlari qabul qilinadi va baholanadi; ishning sifati, materialning maqsadga muvofiq tanlanganligi, vaqt nutqai nazardan tezkorlik, topshiriqni bajarish tizimining to‘g‘riligi va samaradorligi kabi holatlarga alohida e’tibor beriladi).
Ta’lim metodi – zamonaviy darajada o‘quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan pedagog va ta’lim oluvchilarning o‘zaro bog‘liq faoliyat usullaridir (V.I.Zagvyazinskiy).
Ta’lim metodlari – o‘quv jarayonining murakkab tarkibiy unsuri (komponenti) bo‘lib, o‘qituvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining barcha yo‘nalishlarini yoritishga xizmat qiladi, ular o‘rtasida ko‘p sonli aloqa va bog‘lanishlarni yuzaga keltiradi.
Ta’lim metodlari deganda o‘qituvchining o‘rgatuvchanligi va ta’lim oluvchilarning o‘quv materialini egallashga yo‘naltirilgan turli didaktik masalalar yechimini topishga oid o‘quvbilish faoliyatlarini tashkil etish usullari tushuniladi (I.F.Xarlamov).
Ta’lim metodi – belgilangan maqsadga erishishni ta’minlovchi algoritm lashtirilgan, muayyan mazmunga ega sharakatlar tizimidir (P.I.Podlasiy).
“Charxpalak” metodi
“Charxpalak” metodibu-pedagogik strategiya bo‘lib, u tinglovchilarni biron bir mazmunni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, tinglovchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval tinglovchilarni fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
Bu esa tinglovchilarga o‘z bilimlari, tushunishlari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi.
Ushbu metod yakka, kichik guruh, jamoa bilan ishlashda qo‘llanishi mumkin. Guruh holatida qo‘llanilishi guruhlar fikrini to‘plash va ularni bir tizmdagi qurilmaga keltirish mumkin.
1. O‘qitishni texnologiyalashtirishda metod va vositalar deganda nimani tushunasiz?
2. Ta’lim metodlari deganda nimani tushunasiz?
3. Ta’lim metodlarini ajrating?
4. I.Y.Lerner va M.N.Skatkin o‘qitish metodlarini qanday guruhga ajratadi?
5. O‘qitishni texnologiyalashtirishda vositalarning ahamiyati qanday?
6. Ta’lim vostalarini sanang.
7. O‘qitish vositalari – bu … .
Ta’lim-tarbiyani samarali tashkil etish
Vositalar
usullari
shakllari
G’oyalari
An’anaviy ta’lim shakli
noan’anaviy ta’lim shakli
Yordamchi ta’lim shakli
Y.K.Babanskiy tasnifiga ko‘ra ta’lim jarayoniga nisbatan kibernetik yondashuv maqsadga muvofiq, unga ko‘ra har qanday murakkab faoliyat, shu jumladan, ta’limiy faoliyat ham quyidagi uchta tarkibiy qismdan iboratdir:
1) tashkiliy;
2) rag‘batlantiruvchi;
3) Ana shu asosida ta’lim metodlari quyidagicha guruhlanadi:
1. O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.
2. O‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish va motivlash metodlari.
3. Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari. azorat.
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT !
Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling